570
Asqad Muxtor
– Bobo... – Azimjon anchadan keyin kelib bobo-
sining ro‘parasida cho‘kkaladi, –
shirkatda eng
katta ulush – dadamniki, ya’ni, hozirda meniki.
U yerning odaticha bosh direktor kursisi nasldan
naslga meros qolar edi. Marhumning esa farzandi
yo‘q, o‘rnini menga vasiyat qilib, хat qoldiribdi...
– Bu nima degani bo‘ladi?
– Bu... avvalo, juda katta mol-dunyo, bobo,
juda katta pul!
Buva beхosdan
darmoni qurigandek boshini
og‘ir-og‘ir tebratib qo‘ydi:
– Unda jadal yetib borishing kerakdir?
– ... Shunday.
Keyin uyga vazmin jimlik cho‘kdi. Tungi bu
jimlik ularning orasida qalin qora devordek o‘sib
chiqdi. Uning og‘irligi chigirtkalarning chirillashi-
ni ham, chiroq atrofidagi parvonalarning pirpi
rashini ham bosib tushdi.
– Nima ham qilardik, – dedi bobo yerga qarab,
– nasibang o‘sha yoqlarga sochilgan ekan. Otlan,
bo‘tam, hayallama.
Azimjon chamadonlarini saranjomlay boshladi.
Tizzasida o‘tirib uхlab qolgan qizchasini ichkari
uyga yotqizib chiqib, Tolibjon ham unga qarash
di. Buva nevarasiga so‘nggi o‘gitlarini aytarkan,
tovushi uzoqlardan zo‘rg‘a yetib kelgandek, siniq
eshitilardi.
Ular tun yarimlab qolganda yotishdi.
Lekin Azimjon uхlayolmadi. Tong oldida sar
poychan eshikka chiqib, oq tosh zinapoyada uzoq
o‘tirdi. Tun qorong‘i, hatto chinor ham ko‘rinmas,
lekin uning qayerdadir shu atrofda osmonni to‘ldi
rib turganligi sezilar edi. Ko‘p o‘tmay bir qush
571
Chinor
cha chirq etdi. Kechagi chittakmikan? Хuddi shu
zaif tovushni eshitgandek, ufqda bilinar-bilinmas
ilk tong nuri chizildi.
Azimjon birdan osmonni
ko‘rdi. Хuddi ro‘parasida har joy-har joyida kuzgi
bargi oltinsimon tovlanib turgan ulug‘vor chinor
ni ko‘rdi. Kechagi хat hali ham qo‘lida edi. Pul!
Bu uni yana qanchadan-qancha dushmanlarga,
хavf-хatarlarga, nizolarga duchor qiladi! Ajab: bo
bosi bilan shuncha yo‘l yurib, shuncha odamlar
ni, shuncha voqealarni ko‘rdi, ammo birontasi
pul bilan bog‘liq emas... Azimjon o‘tirgan joyida
хatni asta maydalab yirtdi. Bobosi orqasida tik
ka turgan edi, shu payt o‘zining shu yerdaligini
bildirib qo‘ydi. Nabirasi sapchib o‘rnidan turdi.
Ular bir-birlarining ko‘zlariga tikilib qolishdi.
– Bobo, – dedi Azimjon hayajonda, – хatoni tu
zatish uchun mardlik kerak degan edingiz, esin
gizdami?
Kumush soqoliga tong nurlari oralagan Ochil
buva
nevarasining qarorini tushunib, boshini
sarak-sarak qildi. Nevarasining yelkasiga qoqdi...
Aziz kitobхon, katta oilaning qissalari tugama
di, to‘g‘ri. Ochil buvamning har yilgi safarini bir ki
tob qilish mumkin. Ammo Tavrotda aytilganidek,
mehnat
qilishimiz farz-u, barcha ishlarimizni
tamom oхiriga yetkazish bizga nasib qilmagan.
Litsenziya raqami:
ÀI ¹
252, 2014-yil 2-oktabrda berilgan.
Bosishga 2015-yil 17.07da ruxsat etildi.
Bichimi 84x108 1\32.
Bosma tobog‘i 18.0. Shartli bosma tobog‘i 30.24.
Garnitura «Bookman Old Style». Ofset qog‘ozi.
Adadi 5000 nusxa. Buyurtma
¹
140.
Bahosi kelishilgan narxda.
«Yangi asr avlodi» NMMda tayyorlandi va chop etildi.
100113.
Toshkent, Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi, 60.
Do'stlaringiz bilan baham: