1. Кўчмас мулк савдоси бўйича тўлиқ шериклик иштирокчилардан бири бўлган фуқаро Исломов коммандит ширкат шаклида бошқа корхона ташкил этиб, ўз фаолиятини кенгайтиришга қарор қилди



Download 24,97 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi24,97 Kb.
#561600
  1   2
Bog'liq
Fuqarolik huquqi


KAZUSLAR:
1. Кўчмас мулк савдоси бўйича тўлиқ шериклик иштирокчилардан бири бўлган фуқаро Исломов коммандит ширкат шаклида бошқа корхона ташкил этиб, ўз фаолиятини кенгайтиришга қарор қилди. Ушбу таклифга қизиқиш билдирган фирма топилиб, Исломов унга янги ташкилотни тўлиқ ширкат кўринишида ташкил этди. Исломов ўзини мақомини ҳисса қўшувчи сифатида белгилаб, таъсис шартномасида Исломовнинг ўзи директор сифатида юридик шахсга масъул бўлиши кўзда тутилиши кераклигини кўрсатди. Вазиятни муҳокама қилинг. Коммандит ширкатнинг ҳуқуқий ҳолатини аниқланг ва тўлиқ ширкат билан нисбатини ёритинг.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Шартноманинг шартлари тарафларнинг хоҳиши билан белгиланади. Бироқ, тегишли шартнинг мазмуни қонун ҳужжатларида ҳам кўрсатиб қўйилиши мумкин. Муҳокама қилинг.
2. Тарафлар фақат қонунда назарда тутилган шартномаларни тузишлари мумкин. Қонун ҳужжатларида назарда тутилмаган шартномани тузилишига бу борада низолар вужудга келишига сабаб бўлиши мумкин. Муҳокама қилинг.
JAVOBLAR:
1. Muammoli vaziyatlar:
1) Islomov yangi tashkilotni toliq shirkat korinishida tashkil etilishi qonuniymi?
2) Kommandit shirkat va toliq shirkatning nisbati qanday?
Birinchi holatda fuqaro Islomov kochmas mulk savdosi boyicha toliq sheriklik ishtrokchisi bolib, yangi tashkilotni toliq shirkat korinishida tashkil etdi. FKning 61-moddasi va “Xojalik shirkatlari togrisida”gi qonunning 28-moddasiga muvofiq Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘zida hissa qo‘shuvchi va boshqa to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas. Demak, fuqaro Islomov yangi tashkilotni to`liq shirkat shaklida tuzishi qonuniy emas.
Ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to‘liq shirkat hisoblanadi. Shaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit shirkat hisoblanadi.
Toʻliq shirkat ishtirokchilari shirkatning majburyyatlari yuzasidan oʻz mol-mulklari bilan solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar. Kommandit shirkatda ishtirok etayotgan toʻliq sheriklarning huquqlari va ularning shirkat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi toʻliq shirkat ishtirokchilari javobgarligi kabi boʻladi. Shaxs- faqat bitta kommandit shirkatda toʻliq sherik boʻlyshi mumkin. Toʻliq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda toʻliq sherik boʻla olmaydi. Kommandit shirkatdagi toʻliq sherik oʻsha shirkatning oʻzyda hissa qoʻshuvchi va boshka toʻliq shirkatda ishtirokchi boʻlishi mumkin emas.
MANTIQIY SAVOLLAR
1) Шартноманинг шартлари тарафларнинг хоҳиши билан белгиланади. Бироқ, тегишли шартнинг мазмуни қонун ҳужжатларида ҳам кўрсатиб қўйилиши мумкин. Муҳокама қилинг.
Shartnoma-ikki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash,o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o`zaro kelishuvdir.Ikki tomonlama bitimlarning hammasi ya`ni oldi-sotdi,ijara,qarz va boshqalar shartnoma hisoblanadi.Bir tomonlama bitim masalan vasiyatnoma shartnoma bo`la olmaydi.Har qanday shartnoma bitim deyilsa ham,ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo`lmaydi.
FKning 8-moddasiga ko`ra,shartnomalar taraflar o`rtasida fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishining asoslaridan biridir. Bugungi kunda shubhasiz shartnomalarga e`tabor berilmoqda,chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda,taraflarning erki-irodasi to`la ifodalanadi.Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan,qancha ,qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo`lgan pul,Tovar,ashyolarni qaysi muddatlarda,qanday transportlarda yetkazilishini,to`lov amaldagi qanday shakllarda bo`lishini mutlaqo o`zlari ,mustaqil hal qiladilar.Ular shartnoma tuzishda erkindirlar,shartnoma tuzishga majburlashga yo`l qo`yilmaydi.
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo`linadi. Shartnomaning narsasi to`g`risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko`ra kelishib olinishi zarur bo`lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Ba'zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan belgilanadi. Chunonchi, “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunning 10-moddasida, “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishini monitoringini olib borish tartibi to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning II bandiga muvofiq, shartnomalarda quyidagilar ko`rsatiladi:
–shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo`yicha);
–shartnomaning umumiy summasi;
–tomonlarning huquqlari va o`zaro majburiyatlari;
–mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish – qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);
–idishga, markirovka qilishga, o`rash-joylashga qo`yiladigan talablar;
–hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to`lov, pochta va yuklab jo`natish rekvizitlari;
–shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi;
–nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham ko`rsatiladi.
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni mayda (joriy) ta'mirlash shart qilib ko`rsatilsa ham, ko`rsatilmasa ham bo`ladi, chunki bu shart to`g`risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko`rsatma berilgan.
Tasodifiy shartlar umumiy huquq me'yorlari bilan tartibga solinmagan masalalar bo`yicha o`zaro kelishuv bo`lib ko`riladi. Chunonchi, ijaraga olingan mulkni ta'mirlash muddati to`g`risidagi masala tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi.
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo`llaniladi (FKning 359-moddasi).
2. Тарафлар фақат қонунда назарда тутилган шартномаларни тузишлари мумкин. Қонун ҳужжатларида назарда тутилмаган шартномани тузилишига бу борада низолар вужудга келишига сабаб бўлиши мумкин.
Download 24,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish