Daryo
Daryo tabiiy suv manbasi boʻlib,
[1]
odatda
okean
,
koʻl
,
dengiz
va boshqa daryoga quyiluvchi
toza suvdir.
Daryo - tabiiy oʻzanda doimiy yoki mavsumiy oqadigan va daryo havzasidagi yer usti va yer osti
suvlari hisobiga toʻyinadigan suv oqimi. D.larni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi
boʻlimi oʻrganadi.
Daryo
Vikiomborda "Daryo" nomli sahifa mavjud
Daryo
Har bir D.ning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib ketadigan joyi —
mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan D. bosh D. hisoblanadi,
bosh D. ga kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh D. barcha irmoklari bilan birga daryo
sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac,
Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar muzliklardan, Rossiya
Federatsiyasidagi Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy
Sibirdagi aksariyat D.lar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi D.lar
koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi,
jumladan Oʻrta Osiyodagi D.larning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi
(Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi D.lar). D. sistemasi oʻzining suvini yigʻib
oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining D. sistemasi
joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi D. havzasi deyiladi (qarang
Daryo
havzasi
).
Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan
toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va
Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik
D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo.
Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).
Oʻzbekistondagi va Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi daryolarning asosiy gidrologik
koʻrsatkichlariDaryo va soylar Umumiy uzunligi (km)Amudaryo 1415Dashnoboddaryo 58Jarsoy
(Qashqadaryo irmogʻi)64Jinnidaryo 52Zarafshon 877Zominsuv 58Isfayramsoy 122Isfara
107Katga Oʻradaryo 100Kichik Oʻradaryo 114 1670 1670 Qulqishloq q.
Kofarnihon 387 11600 9780 Tortki q.
Koʻgartsoy 105 1370 1010 Mixaylovka q.
Koʻksuv (Chatqol irmogʻi) 60 398 372 Burchmulla q.
Maydontol 50 471 475 Kuyilish joyiNorin 578 59900 58400 Uchqoʻrgʻon sh.
Oygaing 72 1100 1100 Quyilish joyiOqbura 136 2540 2430 Toʻleken q.
Okdaryo (Zarafshon irmogʻi) 154 IshtixonOqjarsoy (Anjirimsoy) 51 157 33 Kambarbolo q.
Oqsuv (Qashqadaryo irmogʻi) 104 1280 845 HazornavOqtepasoy 77 722 722 Quyilish
joyiOhangaron 233 5260 1290 Turk q.
Piskom 73 2840 2830 Quyilish joyi (ChorPochchaotasoy (Namangansoy) 130 443 366 Tostu
daryosi quyilSangardakdaryo 106 932 901 Kengoʻzar q.
Sangzor 198 3220 540 Qirq q.(Baxmal)Sirdaryo 2212 21900 Fargʻona vodiysidanSumsarsoy 86
229 90 Sumsarsoy q.
Surxondaryo 175 13500 9500 Shoʻrchi sh.
Soʻx 124 3510 2840 Sarikanda q.
Tanxozdaryo 93 1910 1910 Nushkent q.
Tentaksoy 126 4130 1300 Chorvoq q.
Toʻpolondaryo 112 3080 3040 Dashnobod d. quyiliToʻsinsoy 76 1100 1100 Egarchi q.
Ugom 68 870 869 Xoʻjakent q.
Xoʻjaipok (Halqajarsoy) 91 765 577 Bozorboy q.
Chirchiq 161 14900 10900 Xoʻjakent q.
Chodaksoy 76 566 350 Julaysoy d. quyiliChortoqsoy 67 715 493 Pishkaran q.
Sheroboddaryo 177 2950 949 Darband q.
Shirinsoy 108 780 444 Uguk q.
Shohimardon 112 1300 1300 Poulgʻon q.
Yakkabogʻdaryo 99 1180 504 Tatar q.
Qashqadaryo 378 12000 511 Varganza q.
Qoradaryo 180 30100 12400 Kampirrabot q.
Qoratogʻdaryo 99 2430 684 Qoratogʻ q.
Qumdaryo (Kalkamasoy) 103 866 354 Chambil q.
Gʻovasoy 96 724 657 Gʻova q.
Gʻuzordaryo 86 3400 3170 Yortepa q.
D., odatda, relyefning choʻziq pastliklarida — vodiylarda oqadi, uning eng past qismi oʻzan, daryo
suvi koʻpayganda oʻzandan chiqib bosib ketadigan vodiy tubining oʻzanga tutash qismi esa kayir
yoki qayir terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va sayoz joylari almashinib boradi. Oʻzanning eng
chuqur joylari — farvater, oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa tezoqar joy deyiladi. D. yoki
D.larning ayrim qismlari balandliklari farqining uzunligiga nisbati D. nishabligi deyiladi.
Relyefga bogʻliq ravishda togʻ D.si va tekislik D.siga boʻlinadi. Togʻ D.si nishabi kattaligidan, tor
vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻ
D.laridir. Tekislik D.lari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik D.lari oʻzan
va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo
va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan D. dan
ajralgan tarmoqlar boshqa D. bilan qoʻshilishib ketadi (qarang
Daryoning ikkiga ayrilishi
).
Yer shari yuzasida D.lar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar —
oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga:
AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shimoliy Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim
Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada D.lar zich
boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil mintaqalarda,
ayniqsa togʻli rayonlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda D.lar qor eriganda yoki
jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).
D.da oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik D.sila) 6–7 m/sek gacha (togʻ D.sida) oʻzgarib
turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda
kamayadi. D.da suv temperaturasi issiq mavsumda havo temperaturasi bilan deyarli bir xil, D.
muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.
D.larda muzlash hodisalari quruklik hududining taxminan 1/4 qismida, asosan Shimoliy yarim
sharda kuzatiladi. D.lar Rossiya Federatsiyasida dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sentabr
oxirida), kechroq Yevropa qismining janubi-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dekabr oxiri — yanvar
boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir D.larida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5–2 m)
kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ D.larida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami
hosil qilmaydi, koʻpgina D.larda qishda shovush oqadi.
D. da suv sathining tebranishi suv sarfining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suv sathi va suv sarfi hamda
ularning tebranishi — suv rejimining asosiy tavsifidir.
D.lar — Yerda suv aylanishit muhim vosita. U quruklikda chuchuk suvni taqsimlaydi va Dunyo
okeaniga kaytaradi. D.larning Dunyo okeaniga jami yillik oqimi qariyb 42 ming km
3
.
D.ning toʻyinish manbalari — yogʻin, qor qoplami, baland togʻ qorlari va muzliklar, yer osti suvlari.
Toʻyinish xususiyatlariga koʻra, D.ning asosiy suv rejimi fazalarga: toʻlinsuv davri, vaqtincha suv
toʻlib oqishi va kamsuv davriga boʻlinadi.
Togʻ D.lari alohida suv rejimiga ega. Ularning toʻyinishi va sersuvligi balandlik mintaqalari
qonuniyatlariga bogʻliq. Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Karst
shakllari rivojlangan joylarda.baʼzan yer ostida oqib, yana yuzaga chiqadigan D. ham bor.
D. eroziya (yemirish) ishlarni bajaradi. Oʻzan va qayirida daryo oqimlari, suv yigʻish maydonida esa
yuza suvlari okimi tuproqni yuvadi. D. suvining loyqaliligi turlicha. Oʻrta Osiyo D. lari suvi nisbatan
loyka (1 m3 suvda 200—300 g dan 1–5 kg gacha loyka bor).
D. oqimi chuchuk suv resurslarining muhim manbaidir (qarang
Suv resurslari
). D. oqimlari kelib
chiqishi va xoʻjalik ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer
osti oqimidan yil davomida foydalanish mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari yordamida
tartibga solib foydalaniladi.
D.ning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. D. tubining tuzilishiga qarab qar xil
daryo tubi hayvonlari uchraydi. D.ning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi.
Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga
yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va
suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. D.larning
quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv omborlari barpo qilish planktonlarning
sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa
losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit
beradi. D.larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari,
shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir
kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shimoliy Amerikaning sharqi va Gʻarbiy
Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan.
Suv resurslaridan
oqilona
foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena chora tadbirlari koʻrilmoqda
(qarang
Tabiatni muhofaza qilish
).
D. qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli,
muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda
kollektor vazifasini oʻtab kelgan. D.lardan anchagina baliq ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi
unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport
yoʻllari (temir yoʻl va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar
joylashgan. D. suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.
Ad.:Shulʼs V. L., Reki Sredney Azii, ch. 1-2, L., 1965; Shuls V.L., Mashrapov R., Oʻrta Oyeiyo
gidrografiyasi, T., 1969; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi,
T., 2002.
Fazliddin Hikmatov.
[2]
1.
River {definition} (http://www.merriam-webster.com/dictionary/river)
from Merriam-
Webster. Accessed February 2010.
2.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Geografiyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Daryo&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Daryo&oldid=2143871
"
dan olindi
Amazon daryosi
deltasining samodan koʻrinishi
Havolalar
Soʻnggi tahrir 7 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |