Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 8-idum boshlang‘ich ta’lim



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#306397
Bog'liq
4-sinf o'qish 21-oktabr



Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani

8-IDUM boshlang‘ich ta’lim

o‘qituvchisi Hasanova Ashuraning

4 –sinf o‘qish fanidan tayyorlagan

dars taqdimoti



Mavzu:

“Jiyron” hikoyasi

Sobit G‘afurov



O‘tgan m avzuni mustahkamlash

Bilimingizni sinang

1.”Mardlik va aql yorug‘ligi “ she’ri muallifi kim?

2. “Alisherning yoshligi” qissasida Alisher o‘rtoqlari bilan nima

haqida suhbatlashadi?

3. Takya so‘zining ma’nosi nima?

4.” Yomonlik go‘yo o‘t, yondirar, yoqar,

o‘tishga keching yo‘q: u soy tez oqar.  Misralar muallifi kim?

5. “Kitobga ixlos” qissasini kim yozgan?

6. Chol “ma’rifat o‘chog‘i” deganda nimani nazarda tutadi? 




Yangi mavzu bayoni

Jiyron


-

Uyga vazifa. Har kim o‘zi yaxshi ko‘rgan hayvon rasmini chizib keladi.

Yanagi rasm darsida ko‘rib, baho qo‘yaman, -dedi o‘qituvchi.

-Opa, men velosiped rasmini chizib kelsam,maylimi? –deb so‘radi Shukur.

Orqada o‘tirgan Avaz bilan Nigora piq-piq kulishdi.

-

Nega kulasanlar, so‘rasam yomonmi? –dedi Shukur hayron bo‘lib.



-nima, velosiped hayvonni?

-senga hayvon rasmini chizinglar deyaptilar,-dedi Nigora va tilini chiqarib:

“A,-a-a” –deb qo‘ydi.



Bunga yana hamma bolalar kulishdi. Shukur bo‘lsa portfelini olib, o‘qituvchi

ketidan jo‘nab qoldi.

Dam olish kuni ham o‘tib, yana rasm darsi bo‘ldi.Munira opa bolalarning

rasm daftarini bir chekkadan ko‘rib, baho qo‘ya boshladi.Navbat men o‘tirgan

partaga keldi. Daftarimda chiroyli jiyron toy rasmi chizilgan edi. Munira opa

rasm daftarimga qarab: “Yaxshi” dedi. Keyin qo‘lidagi qizil qalam bilan katta

qilib “5”yozdi-da,tagiga chizib qo‘ydi.Men suyunganimdan terimga sig‘may

ketdim. Sekin orqaga ham qarab qo‘ydim. Nigora “necha” degan bo‘lib

qoshini uchirdi. Men boshimni qashimoiqchi bo‘lib,Nigoraga besh panjamni

Ko‘rsatdim.

- Rostdanmi?-dedi Nigora. Men yonimda o‘qituvchi turgani uchun

javob qaytara olmadim.




O‘sha kuni rasm darsida Nigora “4”, Avaz “3”, oldi. Ikkita quyon rasmini

solib kelgani uchun Shukur ham “4” oldi. Erkinvoy bo‘lsa” Rasm daftarim

Uyda qolibdi” degani uchun “2” oldi. Bitta men “5” olibman. Buni keyin

Munira opa aytdi. Mendan rasm daftarni olib, hamma bolalarga ko‘rsatdi.

-

Sobir jiyron toy rasmini juda yaxshi chizibdi. Mana qaranglar, bo‘yoqlari



ham o‘rnida ishlatilgan-deganlarida jim turolmay:”Men chavandoz

bo‘laman”-deb qo‘ydim. 

-obbo, maqatanchoq-ey, echkini ko‘rsang qochasan-u tag‘in chavandoz

Bo‘lasanmi?-dedi Avaz menga qarab.

-jim, bolalar, -deb qo‘ydi Munira opa. Biz jim bo‘ldik.

-Hammangiz ham harakat qilsangiz, albatta maqsadga yetasiz.




Faqat xohish va istak kerak. Sobir chavandoz bo‘lmoqchi ekan, harakat

qilsa bo‘ladi. Nigora doctor bo‘lmoqchi. Agar u chindan istasa, albatta

bo‘ladi.-dedi. Bu gaplar menga yoqib ketdi. O‘zim ham bir qop semirdim.

Yuragim iliq tuyg‘ularga to‘lib ketdi. Dars tugagach, hamma o‘rtoqlarim

meni “5” baho bilan tabriklashdi. Ba’zilari: “Qanday qilib chizding” 

o‘zing chizdingmi? Juda boplabsanku, Sobirjon” –deyishdi.

“Jiyronning peshanasidagi chiroyli qashqasini qaranglar”, “Xuddi chopib

ketayotganga o‘xshaydi”.”Oyoqlari taqalangan” “Yaxshi” deyishardi

o‘rtoqlarim. 

- Sobir qanday qilib xuddi o‘ziga o‘xshatding, bizga ham aytib ber?

dedi Shukur yalingan bo‘lib.



-

xohish va istak kerak. Sizlarda xohish yo‘q. Bor bo‘lsa ham kam. Bildingizmi?

Daftarni bu yoqqa ol, surkatasan, -dedim.

Bolalarning jahli chiqib ketdi. Shukur rasm daftarimni partaga qo‘yar ekan,

menga yomon ho‘mrayib qo’ydi.

-“5”oldim deb muncha kekkayasan, aytmasang, aytma. Sobir maqtanchoq.

sensiz o‘zimiz ham bilib olamiz, -dedi Avaz.

Maqtanchoq degani uchun bir musht tushirgim keldi. O‘sha-da, hammaga

laqab qo‘yib yuradigan! Tag’in Sobirjon otim “Sobir maqtanchoq” bo‘lib

ketsa-ya? O‘zingiz o‘ylab qarang, “maqtanchoq” so‘zini shu bugunning o‘zida

uch marta eshitdim. Alam qilmaydimi?!



Shularni o‘ylab-o‘ylab kechqurun yaxshi ovqatlanmay uxlagani yotdim.

Keyin o‘rnimdan turib, rasm daftarimni olib, yana jiyron tiyimni tomosha

qildim. Jiyron rasmiga o‘qituvchimiz qo‘ygan bahoga qarab-qarab uxlab

qolibman.





Savollar:

1.Munira opa kelajakda maqsadga erishish to‘g‘risida o‘quvchilarga

qanday maslahat berdi?

2. O‘rtoqlari Sobirni “maqtanchoq” deyishlariga nima sabab bo‘ldi?  




Yangi mavzuni mustahkamlash

“Mosini top” o‘yini

O’quvchilar berilgan so’zlardan otlarga qo’yiladigan

nomlarni topadilar.

Qorabayr


Mallavoy

Ko‘kyol


Vladimir             Govmish

Momiqvoy


Boychibor

Ziyrak


Qashqa

G‘irko‘k


Mosh 


Uyga vazifa:

“Jiyron” hikoyasini so‘zlab berish.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish