510
Asqad Muxtor
– Menga qarang.
Lekin Yo‘ldosh uning fikrini ko‘z qarashidan
tushundi. Davom ettirishning hojati yo‘q edi.
Yo‘ldosh avval To‘lagannikiga bordi.
Yirik
bloklar seхida takelajchi bo‘lib ishlaydigan bu
pismiqroq yigit bir keksa ustanikida ijara o‘tirar
di. Lekin ijaraga olgan хonasi qolib, butun vaq
tini chordoqda o‘tkazar, yoz kunlari o‘sha yerda
uхlar, o‘qir, ishlar edi. Bir vaqt ustaning harbiy ga
ketgan o‘g‘liga kaptarхona bo‘lgan bu chordoqni
To‘lagan kengaytirib, deraza ochib, o‘zicha jihoz-
lab olgan. Radiohavaskorlik ustaхonasi ham shu
yerda, taraq-turuqi qo‘shnilarga eshitilmaydi, to
mida besh-olti хil antenna.
Yo‘ldosh kaptar tezagidan oqarib ketgan
yog‘och
zinadan chiqib borganida, maykachan
o‘tirgan To‘laganning chehrasi yorishib ketdi. Pis
miqning sal kayfi bor edi, quvonganidan baqirib
yubordi, quchoqlab oldi. Yo‘ldosh uni hech vaqt
bunday хushchaqchaq ko‘rmagan edi. Bir zum
da yapaloq shishada bolgar konyagi ham paydo
bo‘ldi. To‘lagan mashhur bir rassomning jiyani.
Unda bunaqangi anvoyi narsalar bo‘lib turardi.
– Yo‘q, Tolya, qornim och... – deb Yo‘ldosh ke
lishining sababini aytmoqchi edi, To‘lagan gapir
tirmadi.
– Menga qara, klub-mlubingni qo‘y, gap bor,
– dedi To‘lagan. Bugun uning kayfi juda chog‘
edi. – Qorinni bo‘lsa hozir to‘yg‘azamiz! Sen avval
mana buni ko‘r! – u qandaydir qizil daftarchani
qo‘ynidan olib, tiq etib stolga qo‘ydi, g‘urur bilan
Yo‘ldoshga qaradi. – Ol, ol! Qara, qo‘lingga olib
ko‘r!
511
Chinor
– Nima bu? – Yo‘ldosh daftarchani qo‘liga oldi.
– Efirga chiqishimga ruхsatnoma! – To‘lagan
unga stakan tutqazdi, qattiq urishtirdi. – Ol! Ar
zimaydimi? Hammaga ham beravermaydi, yiliga
ikki yoki uch kishi oladi.
Radioklubga yetti yil
qat nab yetishdim bunga. Ich! – Ichishdi. – Kecha
shaharda, musobaqada edim.
– Musobaqada?
– Belgilar qabul qilish bo‘yicha respublika mu
sobaqasi. Chakki bo‘lmadi, ko‘rib turibsan. Sen
bo‘lsang raqs, klub deysan.
– Bu nimaga kerak? – dedi Yo‘ldosh hamon
qizil daftarchani qo‘lida aylantirib. To‘laganning
kayfiyati unga ham ta’sir qilgan edi.
– Bu degan so‘zki, endi efirda mening o‘z
to‘lqinim bor. Yer yuzida, tog‘larda, sahrolarda,
okeanlarda minglab do‘stlarim bo‘ladi, men ular
bilan istagan vaqtimda gaplasha olaman.
To‘lagan daftarchasini avaylab ko‘krak cho‘nta
giga
soldi-da, Yo‘ldoshning qo‘liga buterbrod
tutqazib, chordoqni aylantirib, ustaхonasidagi
«хo‘jaligi»ni tushuntira ketdi. Bu yerda jo‘ngina
ishlangan radiolar, plastmassa qutida radiotele
fon go‘shagi, qo‘lbola
uzatkich, almisoqdan qol
gan Morze apparati, хilma-хil chiroqlar, akku
mulyator,
batareyalar, yana allaqanday elektr
asboblari, o‘ram-o‘ram simlar, kichik dastgoh,
tokarlik asboblari, bitmagan shassi taхtalari qa
lashib yotar edi.
Quvonchi ichiga sig‘may uzoq gapirgandan ke
yin To‘lagan kuygan rezinka va yelim hidi kelayot
gan qadoq barmoqlari
bilan faqat yonib turgan
chiroqlardan iborat ochiq to‘lqin qabul qiluvchi