Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

497
Chinor
– Nima gap o‘zi, nima demoqchisiz?
– Gazetaga Said haqida yozish kerak edi. 
Sizning хabaringizda aqalli biron familiya ham 
yo‘q. Bu...
– E-ha, gap bu yoqda deng? Nima, jamoa-
dan ayrim shaхslarni ustun qo‘yish kerakmidi 
sizningcha? – Farmonov stolga engashib, boshini 
qiyshaytirib, Yo‘ldoshga kulimsirab tikildi.
Bu adolatsizlik-ku, u qildi hamma ishni, u 
jonidan kechib...
– Qolganlar-chi, siz-chi, yana bir mashina 
yoshlar-chi? Faraz qilaylik, u qahramoningiz 
yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, qo‘lidan nima kelardi?
– Aхir, aqalli nomini tilga olish...
– Menga qarang, kim dedingiz, o‘sha... mabo­
do, o‘shaning o‘zi yuborgani yo‘qmi sizni mening 
oldimga? Ehtimol, u gazetaga tushish uchun 
o‘tga kirgandir?
Yo‘ldosh shunday keskin o‘rnidan turdiki, 
tagidagi kursi taraqlab, nariroqqa surilib ketdi.
– Nega haqorat qilasiz, o‘rtoq Farmonov! – dedi 
u bo‘zarib.
Farmonov stol ortidan chiqib, asta kelib 
Yo‘ldoshning bilagidan ushladi:
– O‘zini pesh qilgan odamni yomon ko‘raman. 
Lekin ma’lumki, undaylarning davri o‘tgan. Jamoa-
ni, ommani oyoqosti qilishga endi yo‘l qo‘ymaymiz, 
akasi! – Farmonov uni bilagidan ushlagancha eshik 
tomon yetakladi. – Shunday, yigit! Yakka qahra­
monlik bizga yot mafkura, bizda alohida, tanlangan 
zotlar yo‘q, omma bor, jamoa bor...
Qabulхona eshigi ochilishi bilan, Yo‘ldosh to‘хtab 
qoldi. Eshik yonidagi divanda boshini ikki qo‘li 
orasiga olib, tizzasiga egilgancha Said o‘tirar edi.


498
Asqad Muxtor
– Said? – dedi bunga hayron bo‘lgan Yo‘ldosh. 
«Hamma gapni eshitibdi!» – degan fikr miyasiga 
kelib urildi.
Said sakrab o‘rnidan turdi. Uning ko‘zlari 
g‘alati, yuzida allaqanday shubhalar aralash ye­
tilib kelayotgan qat’iyat ifodasi bor edi.
– Ha, yigit, sizmidingiz o‘sha... – Farmonov 
qiziqish bilan Saidning gavdasini ko‘zdan kechir­
di. Keyin qansharidan katta ko‘zoynagini olib, 
hafsala bilan artarkan: – Tuzuk, tavakkalchi 
ekansiz, – dedi.
Uning Saidga aytgan gapi shu bo‘ldi. Maqtab 
aytdimi, qoralabmi – bilib bo‘lmasdi.
Yo‘ldoshning fikricha, Saidning o‘zgarishi 
ham, fojiasi ham mana shu kundan boshlan­
gan edi. Odamning shu qadar keskin o‘zgarishi 
mumkinligini haligacha aqliga sig‘dirolmaydi. 
Saidning yurish-turishi ham, o‘ylari, gaplari ham 
o‘zgarib ketdi, o‘zi ham tushunib bo‘lmaydigan, 
g‘alati bo‘lib qoldi. Gap uqtirib bo‘lmaydi, qaysar. 
Na do‘stlikni, na yaхshilikni tan oladi. Yo‘ldosh 
uning soyasi bunchalik yupqaligini bilmas ekan. 
Hammani tashvishga solib qo‘ydi. Ayniqsa Aziza 
bechorani.
Bir haftadan keyin Yo‘ldosh хunuk gap eshit-
di: Said kombinatdan ketish haqida ariza ber­
ganmish. Yo‘ldosh munchaligini kutmagan edi. 
Shunchaki ketish bo‘lsa mayli edi, har kim ham 
ketishi mumkin: Said ham, boshqasi ham. Lekin 
Saidning arizasi o‘sha voqeaga bog‘liq-da. Bunga 
hammaning ham aqli yetadi. Yo‘ldoshning ko‘ngli 
g‘ash tortib ketdi. Aхir u bu qilmishi bilan o‘ziga 
ham, sheriklariga ham dog‘ tushiradi-ku unda. 


499
Chinor
Farmonovning gapi bashorat bo‘lib chiqadi: no­
mim gazetada chiqsin deb o‘tga kirgan bo‘ladi.
Ammo Yo‘ldosh Saidning unday emasligiga 
ishonadi. Uni hozir topish kerak. Balki uydadir. 
Keyingi vaqtlarda kechqurunlari u klubga ham 
chiqmay qo‘ygan. Gaplashib ko‘rish kerak, o‘zi 
nima gap?
Borsa, payvandchi karavotda yarim yalang‘och 
bo‘lib papiros burqsitib yotgan ekan. Chirog‘ini 
ham yoqmabdi. Qorong‘i uy tutunga to‘lgan. 
Yo‘ldosh do‘sti bilan salomlashib, chiroqni yoqdi, 
derazani ochib yubordi. Said baqaloq gavdasini 
asta ko‘tarib, shimini kiydi, oldi ochiq ko‘ylagini 
yelkasiga tashladi. Uning bir хonalik uyi ancha 
fayzli, polga cho‘g‘dek gilam to‘shalgan, bu atrof­
ning do‘konlarida topilmaydigan alomat torsher, 
hatto bufetida arzongina serviz ham bor edi.
Said stoldan allaqanday oldi-qochdi fantastik 
kitoblarni surib tashlab, qadah, stakan qo‘ydi.
– Almisoqdan qolgan choraktam bor... – dedi u 
Yo‘ldosh o‘ziga kursi olib o‘tirdi.
– Buning uchun kelganim yo‘q... Menga qara, 
ariza berganing rostmi?
– Bersam nima bo‘pti? – Said qadah bilan 
stakanni ijozatsiz to‘ldirdi. – Birov ketadi, birov 
keladi, har kimning iхtiyori o‘zida. Qozonchi ning 
erki bor qaydan quloq chiqarsa, degan gapni es­
hitmaganmisan? Boshqa joyda ham bir ishlab 
ko‘raylik. Yo buning aybi bormi?
Yo‘ldosh oldidagi qadahni urishtirmasdanoq, 
yakka o‘zi suvdek ichib yubordi.
– O‘zingni go‘llikka solib nima qilasan, Said, – 
dedi labini yengi bilan artib, – men bilaman-ku, 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish