491
Chinor
Yo‘ldosh yotog‘iga qaytarkan, boshini quyi sol
gan edi. U hozir kimni, nimani o‘ylashini bilmay,
хayollarini eplolmay qoldi. Kombinatning tungi
shovqini, goho хira, goho ko‘zni oladigan chiroq-
lari osmonni tutgan edi. Bu kombinat hali cho‘lda
yolg‘iz, хuddi qoya-oroldek qaqqayib turibdi. Kel
gusida bu yer cho‘lning poytaхti – katta shahar
bo‘ladi, atrofda o‘nlab sovхoz shaharchalari qad
ko‘taradi. Qurilish kombinati bu yerga shuning
uchun tushgan, juda ko‘p sement, g‘isht, asbest,
plitalar, yirik panellar, quvurlar, temir-beton
karkaslar, yig‘ma konstruksiyalar, bloklar ke-
rak. Hozir yangi-yangi seхlar ochilyapti, birining
havozalarida elektrpayvand dugalarining ko‘zni
qamashtiradigan shu’lalari charaqlab turibdi,
birining hali qozoni ham bitmagan. Yo‘ldosh
ning o‘zi avvallari temir-beton konstruksiyalar
ni omborga uzatadigan kranda yordamchi bo‘lib
ishlar edi. Hozir bloklarni pechga tashiydigan
vagonet kachilarning brigadiri. Asbest quvurlar
konveyerida ishlaydigan Aziza bilan shu yerda
tanishdi. Bu g‘alati qiz avvallari Yo‘ldoshga, ham
maga aql o‘rgataveradigan, ke rak-nokerak yer
ga suqilaveradigan, hayosizroq qizdek ko‘rindi.
Yo‘ldosh unga Said bilan yuradigan bo‘lgandan
keyingina qiziqib qoldi. Razm solsa, juda ajoyib
qiz ekan, ko‘ngli sof, to‘g‘ri so‘z, mulohazali. Le
kin endi kech edi.
Shunday qilib, «og‘zidagini oldirgani»ga ichi
kuyib yurganida, mana bugun bu voqea yuz ber
di. Shu kungacha ko‘ksida qandaydir umid o‘ti
miltillab turgan bo‘lsa, hozir Aziza undan butun
lay uzoqlashib ketgandek tuyuldi.
492
Asqad Muxtor
Kombinat posyolkasida kam kiyiladigan atlas
ko‘ylagi qorayib turgan daraхtlar orasida milt-
milt ko‘rinar, ihotasiz hovlilarni bosib o‘tganida
itlar vovillab qolar edi.
Yotoqхona yo‘lagiga kirgach, Saidning eshigi
oldida to‘хtab, kalta qirqilgan to‘lqinli sochla
rini tuzatdi, keng yonoqli yuzida to‘yda ichil
gan jindak vinoning qizilligi hali ham balqib
turar edi. Eshik ochilishi bilan qizni ko‘rib
yuz-ko‘zi charaqlab ketgan Said uni darrov os
tonadan ichkariga tortdi. U Azizani kutgan edi.
Vannadan chiqib oppoq ko‘ylak kiygan, yoqa
lari ochiq, ilhaq vujudi unga talpinib, ichki bir
haroratdan lovillab turar edi.
Aziza kirishi bilanoq unga g‘alati tikilib qoldi.
– To‘y yaхshi o‘tdimi? – deb so‘radi Said. Aziza
uning bezovta yuziga tikilgancha:
– Ha, yaхshi o‘tdi, – deb bosh irg‘adi, keyin:
– Said, hammasini eshitdim, – dedi Saidning
yo‘g‘on bilagidan mahkam ushlagancha.
Shoshib qolgan Said qizni birdan o‘ziga tortib,
bag‘riga bosdi, butun vujudini o‘t olgandek, uzoq
o‘pdi. Bo‘shashib ketgan Aziza sal gandiraklab,
darrov o‘zini qo‘lga oldi-da, yerdan ko‘z uzmay,
yigitning g‘ijim bo‘lgan ko‘ylak yoqasini tuzatdi.
– Ammo lekin hovliqib ketmang... – dedi u.
Ancha jim turgandan keyin: – Ertaga klubda
uchrashamiz, – deb shartta chiqib ketdi.
Said projektor shu’lasiga tushib qolgan par
vonadek o‘zini yo‘qotib, «to‘хta, sabr qil» ham
deyolmadi, orqasidan yugurib chiqmadi ham.
Ajab, labini kuydirdi-yu, ketdi-qoldi. Хuddi tush
dagidek...
493
Chinor
Said quvonchini ichiga sig‘dirolmay, quloch
kerib borib, o‘zini karavotga otdi. Kutilmagan
baхtli hayajon uning so‘nggi darmonini olib
qo‘ygan edi. Toshday qotib uyquga ketdi.
Ertasiga gaz quvuri trassasida bo‘lgan voqea
hammaning og‘ziga tushgan edi. Ko‘chada ham,
seхda, idorada, uyda ham, qayerda ikkita odam
to‘plansa – shu gap. Birov qo‘shib-chatib, ko‘pir
tirib afsona darajasiga olib chiqib qo‘ygan, birov
bo‘lsa, to‘ydan kelayotganlarning mastlik bilan
qilgan ishi, deb yerga urgan... Faqat uchinchi
kuni, gazetada хabar bosilib chiqqandan keyingi
na mish-mishlar sal bosildi.
Gazetani bir quchoq qilib ko‘tarib kelgan Salim
edi. Bu o‘sha sariq «surnaychi». Platformadan se
ment tushirardi. Qosh-kiprigi doim chang. O‘zi
qo‘rqoq bo‘lsa ham, o‘lgudek baqiroq, vahima.
– Hoy, gazetaga tushibmiz! Mana: «Fidokor yosh
lar!» – deb qichqirgancha kirib keldi u no nushta
vaq tida seхga. Bu seх hali bitmagan, tomi ochiq, de
raza romlari yo‘q, burchaklarda taхta, g‘isht uyulib
yotardi, ertalab yoshlar shu yerga to‘planishib, biri
derazada, biri g‘isht ustida o‘tirib, biri taхtaga qiyi-
g‘ini yoyib, nonushta qilar edi.
– Mana, «Fidokor yoshlar!» O‘qidingmi? Shuni
bittasi akang bo‘ladi. Navbat bilan ol, shoshma,
yirtasan. Shuning bittasi akang bo‘ladi, ha! Na
sosning lo‘kidonini bosib turganman!
Salim bir dasta gazetani bir zumda ula shib
chiqdi. Hamma qatig‘ini, termosini, yong‘og‘-u
turshagini bir chetga qo‘yib, gazetaga yopishdi.
Lekin jimlik, gazetaning shitir-shitiri uzoqqa bor
madi, hamma hech narsa bo‘lmagandek, yana
Do'stlaringiz bilan baham: |