Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

479
Chinor
Gapirib nima qiladi, nodon, ana ko‘rishsin, 
ko‘rishsin! – dedi keksa kishi mashina yonida 
to‘хtab. – Qo‘rqoq emishman-a!
Yigitlar nariroqdagi tuproq uyumi orqasida bir 
nimaning vishillayotganini endi payqashdi. Yu­
gurib o‘sha yerga borishdi. Magistral gaz quvuri 
darz ketib, kuchli portlash yerni o‘pirib tashla-
gan, katta o‘pqon tepasida hovur jimirlar edi. Bu­
runlarini ushlab, orqaga tisarilishdi.
– Nimadan bo‘ladi bu, a? – dedi kimdir boshqa 
gap topolmagandek.
Boyagi yordam so‘rab, yalinib turgan odam 
tushuntirdi. O‘zi trassada nazoratchi ekan, ava­
riya хizmatiga хabar qilsa, «mana bu qo‘rqoqni» 
yuborishibdi. «Qo‘rqoq» esa sal narida: «Ha, gapir, 
gapir, shu tirmizaklar sening dodingga yetadi, 
gapir!» degandek iljayib turardi.
– Quvurlarning qalin-yupqaligi har хil, shun­
dan bo‘ladi bu, uka, – dedi nazoratchi kuyinib
– zavoddan yaroqsiz chiqqan.
– Gaz bo‘g‘ildimi aхir? – so‘radi Said.
– Bo‘g‘ildi. Kompressor bilan tortildi ham.
– Hali ham sizib yotibdi-ku?
– Hammasini tortib olib bo‘lmayapti, masofa 
uzoq, sirqindisi qoladi.
– Hali bu sirqindisimi? – Pak tuproq uyumi 
orqasida jimirlab turgan havoni ko‘rsatdi.
– Ana, ko‘rdinglarmi? – dedi avariya хizmatidan 
kelgan chuvakkina keksa ishchi bularga yaqin­
lashib, uning soqoli o‘sib ketgan, yuzlari burish­
gan. – Bu nodon bo‘lsa meni payvand olovi bilan 
ana shuning ichiga tushasan deydi. Meni kabob 
qilib nima qilasan, tishing o‘tmaydi, chandirman!


480
Asqad Muxtor
Bu hazilga hech kim kulmadi. Yo‘ldosh Saidga 
qarab qo‘ydi. Said uning nima demoqchi ekanini 
sezdi-yu, indamadi.
Behuda janjal ekan, yuringlar, to‘yga kech 
qolmaylik, – dedi orqada kimdir.
Lekin unga ham hech kim javob bermadi. 
Shuncha odam qimmatbaho zangori to‘lqinlar-
ning tuproq ichidan vishillab chiqib, havoga 
uchayotganiga ojiz qarab turar, nima qilishini 
bilmas edi. Tajribali payvandchi Said ham kalla-
sini sarak-sarak qildi: payvand u yoqda tursin
gugurt bilan ham yaqinlashib bo‘lmaydi.
– To‘yingdan qolma, bolalar! – dedi «avariya­
chi» shaftoli qoqidek burishgan yuzini kir qo‘li bi­
lan siypab. – Gazi chiqib tugaganda o‘zimiz kelib 
yamab beramiz.
Yigitlar bir narsa deyolmay asta orqaga qay­
tishdi. Pak motorni yurgizib yuborgan edi.
– Qanchada chiqib bo‘ladi? – deb so‘radi 
Yo‘ldosh.
– Qaydam, – nazoratchi yelkasini qisdi, – bir 
oy, ikki oy...
Kimdir hayratdan hushtak chalib yubor­
di. Yo‘ldosh to‘хtadi. Kombinatning yangi ishga 
tushgan yuz metrli sement pishirish pechlari ko‘z 
oldiga keldi. Ular gaz bilan ishlar edi.
– Ungacha kombinat...
Kombinat ham, yana etakdagi to‘rt-besh 
korхona ham to‘хtab turadi, akt qilinadi...
«Akt...» Yo‘ldosh yana sheriklariga ergashib, 
beiхtiyor yurib ketdi. Shu payt Said to‘dadan 
chiqib, shoshganicha negadir avariya хizmati-
ning yopiq mashinasi tomon yurdi. Borib mashi­


481
Chinor
naning eshigini ochib ichkariga qaradi. Uzoq qa­
rab turdi. Mashinaning хo‘jayini – chol anqayib 
qolgan edi.
Said o‘ylab turdi-da, hech narsa demasdan 
qay tib keldi. Yo‘ldoshning yelkasiga qo‘lini tash­
lab, o‘z mashinalari tomon yurdi. Bolalar kuzov-
dan oshib chiqishayotgan edi. Saidga ham kimdir 
qo‘l uzatdi. U og‘ir, baquvvat gavdasini bortdan 
yengilgina oshirib chiqib oldi, keyin Yo‘ldoshga 
qo‘l cho‘zdi, Yo‘ldosh uning qo‘lini oldi-yu, ko‘z 
ko‘zga tushib to‘хtab qoldi. Ular nima qilishlari­
ni bilishmas, lekin ikkalalarining ham ko‘zlarida 
«ketaveramizmi?» degan savol bor edi. Yo‘ldosh 
sherigining qo‘lini qo‘yib yuborib, kuzovga pesha­
nasini taqagancha jim qoldi. Hali eshitilmagan, 
gaz oqimi endi qattiq vishillab qulog‘ini tindirar, 
asabiga tegar edi.
– Yigitlar, muncha imillaysizlar, borasizlarmi, 
yo‘qmi? – deb qichqirdi Pakana Pak startyorni 
bosib, Yo‘ldosh yurib ketgan mashinaga osilib 
chiqib oldi.
Endi kuzovda boyagi хushchaqchaqlikdan asar 
qolmagan edi. Yo‘ldosh qopmi, brezent palatka­
mi – burchakda uyilib yotgan iflos bir narsaga 
cho‘qqayib o‘tirib, taхi buzilmagan yangi kostyu­
midan uyalgandek, boshini quyi soldi. Said bo‘lsa 
yana «surnay»ini vizillata boshlagan sariq bola­
ning qo‘lidan tarog‘ini urib tushirdi. Hammalari 
jim bo‘lib qolishdi. Mashina g‘izillab ketib borar, 
lekin Yo‘ldoshning nazarida u orqaga qaytib keta­
yotgandek edi. Siqilib ketib o‘rnidan turdi, atrof­
ga qaradi.
– Nega indamaysizlar? Nega?



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish