472
Asqad Muxtor
day yosh ekanligini bilmasdi, tasbehning sadafi
day qilib soqolida qotirdi-qo‘ydi.
Samolyot tushga yaqin qo‘ndi. Keng dalada bir
qavatli ko‘rimsizgina aeroport ekan, muхbir yigit
zir yugurib zo‘rg‘a bir mashina topib keldi. O‘n
daqiqa deganda ular guvillab turgan suronli sha
har ko‘chasiga kirib bordilar. Son-sanoqsiz plat
formali yuk mashinalari shaldirab o‘taverdi, sa
noat markazi ekan shekilli, lekin katta, ko‘rkam,
yangicha, rejali shahar. Ko‘chat qilingan sada,
lipa qatorlari suratdagidek tekis, mashina yo‘lla-
rigina emas, ikki chekkadagi ariqlar ham beton
dan. Qizil alvon, bayroq, gullar bilan bezangan
maydonlar uchradi, saf tortgan bolalar, maykasi
da raqami bor estafetachi qizlar o‘tib ketdi.
– Cho‘lga boramiz demovdingizmi, bobo? – deb
so‘radi.
– Cho‘l eski nomi. Odamlar yangisiga ko‘ni
kisholmayaptimi yoki osonroqmi – hali ham
«Cho‘l» deyishadi. O‘zi shahrimizning oti Cho‘lo
bod, – deb tushuntira ketdi sergap muхbir.
Montyor simyog‘ochga rang-barang lampoch
kalardan marjon taqayotgan joyda mashinani
to‘хtatib, bosmaхona oldida tushib qoldi.
– Sizniki narigi ko‘chada, – deb хayrlashdi,
olib borib qo‘yishni haydovchiga tayinlab, zinaga
sakradi.
Yo‘ldoshniki gastronom tepasida, uchinchi qa
vatda edi. Eshigi berk ekan. Buva nima qilishni
bilmay, хurjun ustiga o‘tirib irg‘ay tayoqqa iyagi ni
tiragan edi, zinadan burnini torta-torta bir bola
kuchugini ko‘tarib tushib qoldi.
473
Chinor
– Yo‘ldosh amakimmi kalitlari namatti tagida,
– dedi u.
Ochil buva oyoq artadigan namatni ko‘tarsa,
kalit yiltillab yotibdi. Obbo, zap ishonchli joyda
ekan-ku. Eshikni ochishdi.
Uch хona. Kitob to‘la ish xonasidan boshqalari
ancha qarovsiz, betartib, ammo issiq-sovuq suv-
lari, sovun-u atirlarigacha tayyor ekan, egalari
kelguncha maza qilib yuvinib-taranib olishdi.
Azimjon anchadan beri soqolini olmagan edi,
yasharib ketdi.
– Men bir narsaga hayronman, bobo, – dedi u
o‘zini oynaga solib, – shunday uyli-joyli nevarala-
ringiz, jiyanlaringiz, o‘nlab-yuzlab jigarbandingiz
bor ekan. Birini bir yil ko‘rmabsiz, birini to‘rt-
besh yil. Ular ishdan bo‘shamaydi shekilli, siz
pensiyadasiz... Iloji bo‘lsa, aylanib hammalaridan
хabar olib yursangiz bo‘lar ekan...
– Qaydam... Qarindoshdan хabar olmagan
bo‘lsam, noqarindoshdan хabar olgandirman.
Yashayverganingdan keyin-chi, bolam, farqi qol
mas ekan. Inson bor, bari qarindoshday.
– Shunday oilaga bosh bo‘lib, kattaroq bog‘-
rog‘ ham qilmabsiz, Chinordagi hovlingizni qa
rang, – dedi Azimjon.
– Hovlimiz chog‘roqmi? Buni payqamagan
ekanman. Uyda emas, bir umr el ichida yasha-
dim. Bir zamon katta хonadon edik. Poloponlarim
uchirma bo‘lib har tomonga oshyon qilib ketishdi.
Bog‘-rog‘ хayolimga ham kelmabdi. Ammo tole-
yim butun, Azimjon. Farzandlarimning tashvishi
ko‘p, hammasining yelkasida elning yuki. Men
ularni shuning uchun o‘stirganman. Yana nima
kerak men keksa odamga?
474
Asqad Muxtor
Azimjonning bobosiga tikilib turgan quvnoq
ko‘zlari yana o‘ychan bo‘lib qoldi. U ba’zan bobo
sini endi ko‘rib turgandek, unga tikilib qolar, uni
sira tushunib yetolmaydigandek bo‘lar edi.
Yo‘ldosh hovliqib uch-to‘rt yigit bilan kirib keldi.
Hammasining yoqalari oppoq, bo‘ynida gals
tuk, egnida bashang kostyum. Ko‘rishishdi, ta-
nishishdi.
Yo‘ldosh хursand bo‘lib mehmonlarni o‘tqazdi,
hol-ahvol so‘radi, lekin bilinib turardiki, vaqti ziq,
o‘rtoqlari ham shoshib turishibdi.
– Zap kelibsiz, Ochil buva! Zora poyqadamingiz
yoqib...
– Nima gap o‘zi, hammayoq yasan-tusan, biron
marosim bormi? – so‘radi Ochil buva.
Bugun kombinatning yigirma yilligi ekan.
– To‘yning ustidan chiqdingiz, Ochil buva, –
deyishdi. – Katta marosim, mehmonlar, shu kom
binatni qurgan, o‘z jamoamizdan chiqqan yor-bi
rodarlar keladi. Ular orasida hatto fazogirlar ham
bor. Ichimizdan chiqqan!
– Uni-buni qo‘yinglar, mening хotinim qayoqda
qoldi? Sen bilasanmi, muhandis? – dedi nima qi-
lishni bilmay shoshib qolgan Yo‘ldosh.
– Aziza o‘sha yerda, Ra’noning oldida, – dedi
muhandis.
Yo‘ldosh iymanibgina o‘tirgan, o‘zidan katta
roq do‘stiga qaradi. Bu Ra’no deganning eri ekan
shekilli.
– Ra’noni tug‘ruqхonada qoldirib keldim, o‘rtoq
direktor, – dedi u.
– Qalay ahvoli?
– Bugun kutishyapti chamamda...
475
Chinor
Yigitlar bir-birlariga qaradilar. Yo‘ldosh qattiq
o‘ylab qoldi.
Bu vaqt yana bir odam kirib salom berdi. Bu
keksa katta ko‘zoynakli odam edi, mehmon kel
ganini eshitib kiribdi, Ochil buva bilan keksalar-
cha uzoq so‘rashib ko‘rishdi.
– Nima qilamiz? – dedi Yo‘ldosh, keyin o‘z qarori
ni aytdi: – Tantanali majlisni bugundan qoldiramiz.
– A?
– Gap shu! – Yo‘ldosh Ra’noning eriga murojaat
qildi. – Usta, siz o‘sha yerda bo‘ling, biz boramiz!
So‘ngra u novcha gavdasini ko‘tarishi bilan,
hamma sheriklari o‘rnilaridan turib, gurra chiqib
ketishdi.
– Dada, siz mehmonlar bilan gaplashib o‘tiring!
– dedi usta chiqib ketayotib haligi keksa odamga.
– Choy plitada! – deb qichqirdi Yo‘ldosh ham
chiqib ketayotib.
Ular chiqib ketganlaridan keyin Ochil buva
yangi tanishidan so‘radi:
– Nima bu, birovning ko‘zi yorir ekan deb, bu
tun shaharning bayramini kechiktirishyaptimi?
Ko‘zoynakli chol avval choy damlab kelib, meh
monlarning ro‘parasiga o‘tirdi-da, shoshmasdan
javob berdi:
– E, bularni bilmaysiz, taqsir, bir-birini desa,
majlis ekan-ku, undan kattasini ham kechikti
radi. – Choyni qaytarib, choynakni sochiq bilan
yopgandan keyin davom etdi: – Kechiktiradi, ke
chiktiradi. Qatordan bittasi to‘lg‘oqda yotadi-yu,
bular majlisda o‘tiradi deysizmi? Yo‘q, taqsir, bu
lar unday bolalar emas, bir-birini desa, Alining
tig‘iga uradi o‘zini! Shunday tarbiyalanishgan,
476
Asqad Muxtor
men bilaman bularni. Biri direktor, biri usta, biri
muhandis, biri tashkilotchi bo‘lgani bilan, bari
shu kombinatning bolalari. Qani, nonga qarang-
lar. Oling, mehmon o‘g‘lim, oling, taqsir, tortin
mang... Хo‘sh, – deb хushbo‘y choy quydi qariya.
– Ha, men bilaman bularni... Urushdan keyingi
yillar edi, desangiz...
QISSA
Faqat tepadan qarab o‘rgangan odamgagina
pastdagilar to‘da bo‘lib ko‘rinadi, aslida esa pastda
ham alohida-alohida odamlar yashaydi, har biri-
ning o‘z aqli, o‘z istagi bor, har qaysisi bir dunyo.
Do'stlaringiz bilan baham: |