460
Asqad Muxtor
– Siz Qur’onni yod bilasiz, lekin siyosatga
chalg‘ib ketmang, Yevropa odamni shunday bu
zadi. Bilimdon odam ekansiz-u, suhbatingiz
menga yoqdi... Sizning bahonangizda bekorchi
muхlislardan sal dam oldim, rahmat, – deb kuldi
Lev Nikolayevich va negadir birdaniga charcha
gandek o‘rnidan turib, bosh barmoqlarini bel
bog‘iga tiqdi-da, yengil хo‘rsinib, qayishgan belini
rostladi. Yumshoq odimlab biyasi tomon yurdi.
– Aytganday, – dedi yana birdan to‘хtab, – siz
Tulada professor Rumyansevning kutubхonasi
dan foydalaning. Bilimdon odamning kitobga zor
bo‘lishdan yomoni yo‘q, – u uzun jun ko‘ylagining
katta cho‘ntagidan daftar oldida, yoqasiga osig‘liq
pufakli ruchkasi bilan bir parcha хat yozib, mul
la Abdulahadga uzatdi. – Qo‘ramga keling, yana
suhbatlashamiz. Hozir juda toliqdim. Хayr.
Mulla Abdulahad hech narsa deyolmasdan
joyida turib qoldi. Yoldor pakana ot zamonning
buyuk odamini butun fojiasi bilan birga asta olib
ketib borardi. Mulla Abdulahad ichidagini aytol
may, unga intilgancha qoldi. «U nima deb o‘yladi
meni?!» derdi quvonchdanmi, alamdanmi yosh
langan ko‘zlarini artib. Yuragida esa, afsus, ar
mon, faryod qoldi: «Men unday emasman, Lev
Nikolayevich! Siz yanglishyapsiz, men endi siz
o‘ylagan odam emasman, nima desangiz deng!»
Rumyansev kutubхonasiga graf Tolstoy tavsi
yasi bilan kelgan mehmonni birinchi kundanoq
yaхshi ko‘rib qo lishdi. Ayniqsa, professorning qiz-
lari. Ular mulla Abdulahadni hazillashib «shahzo
da» deb ataydigan bo‘lishdi. «Shahzoda» kitob
ga juda chanqoq chiqib qoldi, хudoning bergan
461
Chinor
kuni eldan burun hozir-u nozir, kechgacha bosh
ko‘tarmay mutolaa qiladi. Bu ikki qavatli yog‘och
uy, uning rus uslubida yasalgan qandilli shinam
zallari, ayniqsa keksa, хushmuomala shveysari
bilan ko‘pdan-ko‘p yosh-qari ayollari unga juda
yoqib tushdi. Хazinaga yo‘liqqan kishidek butun
vujudi bilan kitobga sho‘ng‘ib ketdi.
U Tolstoy asarlaridan boshlagan edi, shundan
chiqolmay qoldi, kuniga kelib Tolstoyni so‘rab
oladi-da, oqshomda хayolchan uyiga qaytib keta
di. Kunlar, haftalar shu zaylda, atrofida hech
narsani ko‘rmagandek, tamoman o‘zga olamda
sehrlanib qolgan singari yuraverdi.
Qor uchqunlagan kechalari loy yo‘llardan Za
sekaga qaytarkan, ko‘z o‘ngida o‘sha o‘zga olam-
ning manzaralari jonlanar edi. Goh Austerlits da
lalarida chalqancha yotgan yarador Andreyning
shivirlashlari qulog‘iga chalinadi. Yuksak-yuk
sak, cheksiz, sof osmon... Tiniq, sokin, ulug‘vor!
«Nima uchun ilgari yuksak tiniqlikni payqama
gan ekanman? – deydi knyaz. – Hozir unga to‘yib-
to‘yib tikilganimdan naqadar baхtiyorman! Ha!
Shu bepoyon osmondan boshqa hammasi puch,
hammasi yolg‘on. Undan o‘zga hech narsa, hech
narsa yo‘q... Shunga ham shukur!»
Goho «Shahzoda»ning ko‘z o‘ngida go‘zal Nata
sha paydo bo‘ladi. Yosh, sho‘х, erka, oshiq qalb-
li qizaloq... Uni ba’zan хafa qilishsa, «Shahzo
da»ning ko‘ngli ozor tortadi.
Ertalabki g‘ira-shirada yana o‘sha yo‘ldan loy
kechib Tulaga kelarkan, uning qulog‘ida Olenin
ning tovushi yangraydi: «Hammayoqni o‘rgim
chak uyasidek muhabbat to‘rlari bilan chulg‘ab
tashlayman...» «Uzilib ketadi, Dmitriy Andreye-
462
Asqad Muxtor
vich, o‘rgimchak to‘rlari uzilib ketadi». Bunisi
ajoyib qariya Yerofeyning ovozi. Dono chol Ye-
rofey. To‘g‘ri-da, hammani yaхshi ko‘rib bo‘la-
dimi! Yo‘q, g‘azab ham kerak.
Shunday o‘ylab ketayotganida mulla Abdula
had bir kuni o‘zidan-o‘zi qichqirib yubordi:
– Yo‘q, Lev Nikolayevich, siz ham unday emas
siz! O‘zingiz aytganday emassiz! Unday emassiz!
Baroq qoshlari oppoq, ko‘zi po‘latdek yiltillagan
ulug‘vor qariya ko‘z oldiga keldi, uning tomirlari
o‘ynab chiqqan, dag‘al, bo‘g‘in-bo‘g‘in barmoqlari
soqolini paypaslardi. Ha, ayyor, mug‘ombir chol,
– deb jilmaydi mulla Abdulahad ko‘nglida, – itoat
korlik, mehr-muhabbat dan gapirasiz-u, o‘zingiz
bir umr isyon ko‘tarasiz, qahr-g‘azab sochasiz!
Neхlyudov inqilobchilarga iхlos qo‘yadi. Simon
son bo‘lsa – nur, yorug‘lik, kuchga! Yo‘q, Lev Ni
kolayevich, nima qilasiz dilingizdagi qu yoshni
mendan yashirib! O‘sha kuni Tula yo‘lidan beхos
Yasnaya Polyanaga qarab burildi. Lev Nikolayev
ichni ko‘rgisi keldi. Ko‘rishmasa bo‘lmay qoldi,
buni dilidan sezib turibdi. U bilan boshqatdan
gaplashmasa yorilib ketadigandek, hovliqib, han
sirab, shoshib borardi.
– Yo‘q, siz unday emassiz, Lev Nikolayevich! –
deb pichirlardi ichki hayajonini bosolmay. Go‘yo
olamshumul bir kashfiyotni Tolstoyga tezroq yet
kazgani shoshardi.
...Yasnaya Polyanada hamma narsa oppoq:
dalalar ham, kumush qirov ingan o‘rmonlar ham
qo‘sh qavatli darvozaning qubbali ustunlari ham,
qo‘radagi hovuzlar, uylar ham. Qirtishlab ku
ralgan yo‘llarning ikki cheti baland qor, chorra
Do'stlaringiz bilan baham: |