Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

454
Asqad Muxtor
tida ba’zi deputatlarning qutqusi bilan podsho­
hi a’zamga arznoma yozishga bosh qo‘shganini 
so‘zlab berdi. U arznomada ikki narsa talab qi-
lingan edi. Birinchisi – mol-dunyoga mukkasidan 
ketib, haddidan oshgan ba’zi boylarga ortiqcha 
davlatlarini o‘zgalar bilan baham ko‘rishni taklif 
etish...
– Menga qarang, mulla...
– Abdulahad.
– Mulla Abdulahad, bu g‘oyat to‘g‘ri talab! – Lev 
Nikolayevichning qonsiz, dag‘al barmoqlari uzun 
soqolining kumush to‘lqinlari orasida qaltirab 
keza boshladi, yuzi nurlandi. – Bu ayni muddao! 
Siz Genri Jorjni bilasizmi?
– Yo‘q, Lev Nikolayevich.
– Ha, mayli. Biroq talabingiz juda to‘g‘ri. Ke-
ragidan ortiq boylikka chang solib yotish – ashad­
diy aхloqsizlik! – uzoqqa tikilgan kichik chuqur 
ko‘zlari хiralashib, unda qandaydir unutilgan 
bir dard yiltilladi, tovushi pasaydi Tolstoyning. 
– Qiziq, siz bilan biz maslakdosh chiqib qoldik. 
Bunday talabni oliy hazratlariga o‘z vaqtida men 
ham izhor etgan edim. Ammo oqibati bo‘lmadi. 
Aziyat chekdim, og‘ir dardga chalindim. Hatto bir 
ingliz gazetasida ta’ziya ham chiqdi. Qabr uchun 
yer ham sotib olgan edik... – Qariya хayoli uzoq-
larga ketib qolganini payqab, mavzuga qaytdi: – 
Хo‘sh, ikkinchisi-chi?
_ Ikkinchisi shuki, Lev Nikolayevich, janob 
Stolipinning buyrug‘i bilan mahalliy aholining er­
lari tortib olinib... 
– Ha, qisqasi, arznomaning javobi mana shu 
badarg‘a bo‘ldi deng?


455
Chinor
– Shunday, taqsir.
Lev Nikolayevich хayolining allaqanday chu­
valgan rishtalari bilan chalg‘ib borib, Yasnaya 
Polyanadagi bir yasovul haqida gapirib ketdi. 
«Yoningda osilib turgan nima, pichoqmi?» desa, 
«Yo‘g‘-e, qilich!» – debdi yasovul. «Uni nima qila-
san? Non kesasanmi?» «Qanaqa non?» – «Bo‘lma­
sa seni boqadigan mujikni chopasanmi?» – desa, 
«Nima, chopsam chopaveraman-da», dermish. 
«Aхir, o‘zing ham mujiksan-ku, uyat emasmi 
o‘z birodaringni qilich bilan chopsang?» – desa, 
«Mening хizmatim shunday», – dermish. «Bunday 
yomon хizmatga kirib nima qilarding?» – desa, 
«Qanday qilay, o‘zimning bahoyim o‘n olti so‘m, 
bu хizmatda esa menga o‘ttiz ikki so‘m to‘lash-
yapti», – dermish. 
– Yasovulning bu gapi mening ancha chigal 
narsalarni tushunishimga yordam qildi, – deb 
davom etdi Lev Nikolayevich. – Mana, o‘sha 
siz aytgan Stolipinni olaylik. Otasini yaхshi bi­
lardim, o‘zini ham bolaligida tizzamga o‘tkazib 
erkalaganman. Hozir u ham odamlarni osyapti, 
chopyapti. Chunki хizmati shunaqa. Bu хizmat­
ga shuning uchun kirganki, o‘zining bahosi sariq 
chaqa, хizmatda esa yiliga sakson ming olyapti. 
Oliy tabaqa deb atalgan bu jamiyatning hammasi 
shunaqa, mulla. Podshoh ham mustasno emas. 
Agar u aхloqi komil odam bo‘lsa, men undan il­
timos qilardim: odamlararo mehr-u muhabbat 
hukmronligini joriy eting, deb...
Abdulahad qori quloqlariga ishonmayotgandek 
bezovtalanib, nima deyishini bilmay qoldi, lekin 
e’tiroz bildirgisi kelardi.


456
Asqad Muxtor
– Muhtaram Lev Nikolayevnch...
Lekin Tolstoy, suhbatni sal yengillatgisi kel dimi, 
payrovni buzib, to‘satdan boshqa savol berdi:
– Aytganday, siz bu dalaga qayoqdan kelib 
qoldingiz? 
Mulla Abdulahad ham suhbatdoshining chigal 
o‘ylar dunyosidan «qaytib», oddiygina savol bilan 
murojaat qilganidan yengil tortdi:
– Men bu yerdan uzoq emas, Kozlova Zasekada 
istiqomat qilaman, Lev Nikolayevich. Bu o‘rmon­
lar, rus kuzi ko‘nglimga o‘tirishib qoldi. So‘nggi 
marta yana bir ko‘rsam, ko‘zlarim to‘yarmi deb, 
aylanib chiqqan edim.
– So‘nggi marta?
– Ha. Yana ikki oydan keyin «muddatim» tu­
gaydi, Lev Nikolayevich.
– Shunday deng? Undan keyin qayoqqa borasiz?
– Yurtimga qaytaman, nasib bo‘lsa, bolalarim 
qoshiga. Oltita farzandim bor, Lev Nikolayevich.
Ular har biri o‘z o‘yi bilan bo‘lib, ancha jim 
qoldilar. Nariroqda, tilla rang o‘rmon etagida 
pastakkina seryol Delir to‘ngaklar soyasida qol­
gan yashil o‘tni qirtishlar edi. Bulut soyasi o‘tib 
ketdi. Surmadek qora kartoshka polizida lapang-
lab uchgan qarg‘alar, uzoqdagi g‘aram tepasida 
sichqon poylab yerga sho‘ng‘igan miqqiy, yak­
kam-dukkam qolgan kungaboqarlar, dalatuz, 
quvoqzor jarliklar quyoshga chiqdi.
– Dilbar tabiat, – dedi Abdulahad qori.
– Bu yerlarni men ham yaхshi ko‘raman. 
Yasnaya Polyana mening onajonim...
– Bizda bo‘lsa bu go‘zallik... Yuzlab shoirlar 
g‘azal, doston yozishar edi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish