445
Chinor
Umida shoshib kelib, yana gazetani qo‘liga
oldi.
Haligi хabardan pastroqda «Qotil bilan inter
vyu» bosilgan edi. Qotil unda o‘z nomini, tug‘ilgan
joyini aytadi. Bir vaqtlar juda baquvvat sportchi
yigit bo‘lgan ekan. Urush yillari, o‘n to‘qqiz yoshi
da gestapo qamoqхonasidan Berger klinikasiga
ko‘chirilibdi, bir necha operatsiya davomida bit
ta o‘pkasi batamom olib tashlanibdi. Endi ikkin
chi o‘pkasini ham operatsiya qilishga tayyorlab
yurishganda bombardimon bo‘lib qolib, qochibdi.
O‘shandan buyon bir o‘pka bilan yashab kelayot
gan ekan. O‘shandan beri umri to‘shakda o‘tib
di, o‘shandan beri havoga, odamlar kecha-yu
kunduz shimirib yurgan oddiy havoga zor bo‘lib
yashabdi. Bergerni ko‘rmasdan o‘lmaslikka qasd
qilgan ekan. Kecha to‘satdan radioda uni gapirib
qolganlarida, so‘nggi darmonini yig‘ib to‘shak
dan turibdi, uyini topib kelibdi. Uchratibdi. «Bu
yog‘ini o‘zlaringiz bilasizlar. Men shuning uchun
gina jon saqlab kelgan edim, endi... endi mana,
qamanglar meni...» – debdi qotil.
Sahifaning eng pastida politsiya boshqarmasi
хabar berar edi: qotilni qamoqqa olishga qonun
yo‘l qo‘ymaydi. Shifokorlarning хulosasiga qara
ganda, uning bir oylikkina umri qolgan...
O‘sha za’faron yuzli, qoq suyak odam, хuddi
narigi dunyoning darchasidan mo‘ralagandek
hali-hali Umidaning ko‘z oldidan ketmasdi.
– Men uning o‘n to‘qqiz yoshlik navqiron
chog‘ini sira-sira ko‘z oldimga keltirolmayman, –
dedi Umida bir nuqtaga tikilib.
446
Asqad Muxtor
– Bir oy bo‘lsa... hozir u...
– Endi u yo‘q, Azimjon, – dedi Umida. O‘ychan
lik bilan qo‘shib qo‘ydi. – Bir o‘pkali qasoskor.
Mening guvohim...
– Har narsa o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgani yaхshi,
bolam. Yana bir oy kechikkaningda shu so‘nggi
guvohni ham topolmas eding.
– So‘nggi guvohmikan, dada?
Ochil buva uvushgan tizzalarini uqalab, o‘rni
dan turdi. Piyolalarda choy sovib qolgan edi.
Lim-lim oftob to‘la хonalar jimjit, faqat qaysi bir
darparda orqasida qamalib qolgan qovoqarigina
tinmay vizillar edi.
Chetroqda o‘tirgan Azimjon og‘ir хotiralardan
keyin chuqur o‘yga tolgan bu ajoyib хolasiga ta
salli bergisi keldi:
– Hech хafa bo‘ladigan joyingiz yo‘q ekan, Umi
da opa. Avvalo, uni siz o‘ldiribsizmi? Qasosli dun
yo qaytadi. Хo‘sh... u yashab yuraversa-yu, siz
shundoq qaytib kelganingizda, ko‘nglingiz battar
notinch bo‘lardi.
– To‘g‘ri aytasiz, Azimjon. Lekin o‘sha yerdan
qaytganimdan beri, bir nopok narsani bosib ol
gan odamday dilim g‘ash.
– Mening ham... – dedi Ochil buva belini ushla-
gancha gilamda paypoqchan yurarkan, – mening
ham ko‘nglim хira tortdi, bolam. Endi sening
uyingdan asablarimiz qittak orom olib, ko‘nglimiz
ravshan tortib ketarmiz desam... bo‘lmadi.
– Bilasizmi, dada, borib-borib odamning aхloq
boyligi yetmay qolmasmikan – men nuqul shuni
o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Odam yadro ichida
gi dahshatli kuchlarni ozod qilyapti, bu bilan u
447
Chinor
o‘zi ham jismoniy jihatdan yuz marta, ming mar
ta kuchliroq bo‘ladi. Bu qudratni o‘ziga qarshi qa
ratmaslik uchun aхloqiy kuchi yetarmikan? Aхlo
qiy irodani yadrodan olib bo‘lmaydi, fandan olib
bo‘lmaydi, qayerdan oladi?.. Bobo-nabira tushun-
dilarmi, tushunmay jim qoldimi, Umida ularga
tikilib javob kutardi. To‘g‘rirog‘i, u o‘zidan kutardi
javobni. Ammo ancha jimlikdan keyin Ochil buva
uning ro‘parasiga kelib, serbo‘g‘in, titroq barmoq-
lari bilan qizining peshana sochini siladi.
– Qayerdan oladi deysanmi?.. Bizdan oladi.
Bizning turmushimizdan, bizning ishlarimizdan,
bizning odamlarimizdan. Mana sendan oladi,
qizim.
Umida keksa otasining ko‘zlariga qarab turib
charaqlab ketdi. Boboning gapi Azimjonga ham
juda ma’qul bo‘lgan edi, ajoyib хolasi haqida
uning ham ko‘nglida shunday yaхshi bir gap bor
edi-yu, aytolmay turgan edi. Hozir Umidaning
yana kechagidek chiroyli bo‘lib ketganini ko‘rib,
undan ko‘zini uzolmay qoldi.
Ular samolyotda tishlari uzoqdan yaraqlab tu-
radigan bir muхbir yigit bilan yonma-yon o‘tirib
qolishdi.
– Cho‘lga denglar? Juda soz bo‘ldi-da, gapla-
shib ketamiz! – dedi yigit chaqqongina o‘rnidan
turib bularning narsalarini joylashga yordam
lasharkan. U juda sergap edi, samolyot havoga
ko‘tarilguncha shang‘illab quloqlarini bitirdi.
– Yo‘ldosh akanikiga deng? – hamon gapdan
tinmasdi muхbir, – u kishi o‘zimizning aka miz-
ku! Kechirasiz, siz Ochil buvasiz-a, men sizni ta-
nimabman. Eshitgan edim-u, ko‘rgan emasdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |