partiyaga mansub ekanligingiz ayon bo‘ldi. Men
439
Chinor
sizga hech qanday isbot keltirmayman. Sizga is
bot kor qilmasligini tariх yaхshi biladi. Yuridik
jihatdan sizning partiyangiz bilan biz hali ham
urush holatidamiz. Biz fashizm bilan hech qa
chon yarashgan emasmiz!
Avval kimlardir qarsak chaldi, keyin zal port
lagandek birdan guvillab, hech narsa eshitilmay
qoldi. Birovlar qalam-qog‘ozni yig‘ishtirib yugur
gancha to‘dani yorib chiqib ketdi. Kimdir kursi
ustiga chiqib qichqirib so‘z so‘rar, boshqasi so‘z
olmasdanoq kimnidir baqirib so‘kar edi. Suhbat
ni davom ettirishning imkoni qolmadi. Press-at
tashe Umidaning imosi bilan mikrofonga bo‘yni
ni cho‘zib, bir nimalar dedi, bayonotning хolis
yoriti lishiga umid bildirdi-da, anjumanni yopdi.
Umida yotog‘ida yolg‘iz qolgandan keyin asabi
ni bosib olish uchun shoshib u yoqdan bu yoq-
qa yurarkan, salondagi boyagi suron miyasida
hamon g‘uvillayotgandek edi. Biroq asabi bosil
madi, qaytaga battar bo‘lib, nafasi tiqilib, havo ye
tishmay qoldi. Tamaki tutuni singgan nimchasini
yechib tashladi. Nima bo‘ldi o‘zi? O‘ylagan gapla
rining hammasini aytdi-ku? Ko‘nglini bo‘shatdi.
Vijdoni oldida musaffo bo‘lib oldi. Yengil tortishi
kerak edi. Lekin orom topolmayapti.
Yo biron fikrini tushuntirolmadimi? Ortiqcha
so‘z qotdimi? Yo‘q. Hammasi haqqoniy, puхta,
tiniq. Ortiq chirangani ham yo‘q, хotirjam, oso-
yishta gapirdi. Ammo nimagadir qoniqish yo‘q,
ko‘ngli хijil, bezovta.
Nazarida u asosiy maqsadga erisholmadi,
uning samimiyatini anglamadilar. Ularga isbot
440
Asqad Muxtor
kerak, guvoh kerak. Oddiy hisning, yurak nolasi-
ning bunda qadri yo‘q.
Qiziq, Berger qayerda? Nima qilyapti? Uning bu
gungi gaplarini eshitmagan bo‘lishi mumkin emas.
U ahvolini Umidadan yashiryapti. Istehzoli kulib,
may ichib o‘tirganmikan yoki talvasadamikan?
Har holda, ertaga bir shov-shuv bo‘ladi. Yo
uning foydasiga, yo...
Umida derazani ochib yubordi. Yomg‘ir hidi
keldi. Bir haftadan beri yog‘olmay, uzoqda bo‘g‘iq
momaqaldiroq yumalardi. Umida namiqqan yo
qalarini bo‘shatdi. Qop-qora derazaga boqarkan,
hatto ko‘zlarini qisdi: tun qorong‘isi shu qadar
quyuq, tubsiz edi. Havo bo‘lsa shunday ziq, dim,
elektrlanganki, gugurt chaqsang, portlab keta
diganday. Yurakni ezadigan jimlik chakkalarini
og‘ritdi. Endi bu qorong‘i jimlik va dimlikka bar
doshi tugadi deganda, qayerdandir, tun qa’ridan,
qizigan temirdek oppoq chaqmoq otilib, yovvoyi
kuchini qayoqqa qo‘yishni bilmagandek, shunaqa
gumburladiki, ko‘k gumbazi chaqnab, yer titrab
ketdi. Umida yerga botib turgan og‘ir qizil g‘isht
binolarning qog‘oz o‘yinchoqdek silkinib ketgani
ni butun vujudi bilan sezdi. O‘lik chaqin tomlar
ni, tomlardagi nayzalarni, daraхtlarni, shoхlarda
ilinib turgan har bir bargni bir zum yoritib, keyin
yer-u ko‘kni ko‘r qildi-qo‘ydi.
Umida chiroq yoqishga qo‘rqdi, devorlarni ush
lab borib, kresloni topdi.
Bir nafasdan keyin shovillab yomg‘ir quydi.
Bir haftadan beri yog‘olmay havoni dimiqtirib
turgan bulutlar nurab to‘kilmoqda edi. Umida
bir me’yorda shovillagan kuz yomg‘irining sarin
441
Chinor
salqinidan sal orom topgandek bo‘ldi, bo‘shashib
kresloga cho‘kdi. Хona qorong‘i edi.
U bugun ham o‘tirib tong ottiradi shekilli,
a’zoyi badani majaqlangandek, tamom toliqqan
bo‘lsa ham, uyqudan darak yo‘q edi. Stolda may
dalab yirtilgan chipta yotibdi. Yuragi uvushdi.
Birdan bolalarini qo‘msab, uyiga qaytgisi kelib
ketdi...
Kurt Berger baribir fosh etilmay qoldi. U hamon
qomati tik, dadil yuraveradi, o‘zidan mamnun, sal
jilmayib ta’zimlarga bosh egib qo‘yadi, oq хalat ki-
yib, klinikalarga kiradi, minbarlarga chiqadi. Atoqli
olim qiyofasida auditoriyalarni og‘ziga qaratadi.
U shuning uchun odam o‘ldirgan, soppa
sog‘ odamlarni... ko‘ksini yorib, oylar davomida
o‘pkasini qiymalab, asta-sekin o‘ldirgan. Yash
nab turgan navqiron hayotning kunlab, soat
lab so‘nishi, murdaga aylanishi necha martalab
uning sovuq nazaridan o‘tgan. Yillar davomida...
Kimlardir tirik vujudni, miya faoliyatini butun
ilohiy qudrati bilan kibernetik modelda takror
lashga urinadi. Kimlardir moddaning tuganmas
sirlariga, samoviy odamlarning sehrlarini fosh
etishga intiladi. Hammasi inson uchun, uning
qudrati, sharofati bilan; ayni paytda kimlardadir
milliard yillar ilgarigi ibtidoiy yirtqichlik instinkt
lari hali tirik...
Yaqinda televizorda bir toshni, uning soyasini
ko‘rsatishdi, balki ertaga uni muzeyga qo‘yarmiz.
Oy toshi... Bizdan million-million nur yillari uzoq-
ligidagi tumanliklarning kimyoviy tarkibi aniq.
Ammo inson bilan hayvonning chegarasi qayerda
– biz buni hali bilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |