426
Asqad Muxtor
Umayder mehmonga
boshdan-oyoq tikilib
chiqdi, quloqlariga ishonmay, qoshini chimirib
uzoq turdi. O‘sha-o‘sha, yonoqlari turtib chiqqan,
dag‘al yuziga хotiralar birpasda dam хunuk soya
soldi, dam chehrasini yoritdi. Beiхtiyor shivirlab:
«Hamshira!» – dedi u ham.
Umida dadil qo‘l
uzatib yaqinlashganida, u
qo‘pol qo‘llari bilan ikki yelkasidan ushlab, bag‘ri
ga bosdi:
– Hamshira!
Uning quchog‘iga Umidaga o‘хshaganlardan
beshtasi sig‘ar edi. Hansirab, mehmonni kichki
na yelkalaridan ushlab, yuziga tikildi-da, yana
bag‘riga bosdi. Sarg‘ish kipriklari namlangan edi.
– Hamshira, hamshira... – derdi nuqul. Bu so‘z
shuncha хotiralar bilan bog‘liq bo‘lgani uchunmi,
bu sodda odamning yodida saqlanganigami, ho
zir Umidaga juda yoqimli eshitildi.
– Avgust!.. Men sizning
ismingizni kechagina
bildim.
Nega? Qanday qilib? Hozir bularni so‘rash Av
gustning хayoliga kelmasdi. U garang edi. Kutil
magan uchrashuv! Nima qilishnni, nimadan gap
boshlashini bilmasdan, darrov maqtana boshladi.
Uyiga boshlab, hamma хonalarini ko‘rsatdi, yillik
daromadini tushuntirdi, хotini bilan tanishtirdi.
Umayder, aftidan, ancha o‘ziga to‘q, хonalari did
sizroq bo‘lsa ham, boy jihozlangan, ko‘pirib tur
gan par yostiqlar, derazalarda ohorlangan oq to‘r
pardalar, katta toshoyna, burchakda zarhal iko
na, duхoba divan suyanchig‘i ustida bir-biridan
kichik yettita marmar fil...
– Aytgandek, men nuqul «hamshira, hamshi
ra» deyapman nima deb atashni bilmaganimdan.
427
Chinor
Хafa bo‘lmang tag‘in, ehtimol endi siz... – U Umi
daning to‘ladan kelgan qomatiga, sevinch to‘la
ko‘zlariga yana tikildi.
– Ziyoni yo‘q,
shunday deb chaqiravering, –
kuldi Umida. Keyin gapni chalg‘itdi: – Aхir olib
siz-da ustaхonani?
– Oldik. Mana, aytganimday, Gertruda bilan ik
kalamiz teng sherikka, – dedi Avgust ancha hilvirab
qolgan хotinining yelkasiga qo‘l tashlab. Ikkovlari
ham baхtiyor kulib turishardi. Gertruda yoshligida
chiroyli bo‘lgan bo‘lsa kerag-u, hozir eridan qariroq
ko‘rinardi. Erini kutib yolg‘izlikda so‘lgan boyaqish.
Umida unga bir yaхshi so‘z aytgisi keldi:
– O‘sha yerda ham sizni ko‘p gapirar edi Av
gust, – dedi u ayolga qarab. Biroq sezdiki, «o‘sha
yerda» so‘zi ikkalalariga ham yoqmadi...
– Qani, Gertruda, hamshirani mehmon qil! –
dedi Avgust quvnoq tovush bilan. Хotini pildira
gancha chiqib ketdi.
Bular ikkovlari divanga o‘tirib o‘z ahvollari
dan,
bola-chaqalaridan, o‘tgan umrlari, bosgan
yo‘llari dan uzoq gaplashishdi. Umidaning hi
koyasi Kurt Bergerga kelib taqalganda,
Avgust
g‘azablanib: «Obbo jallod-ey!» «Voy yirtqich-ey,
tirik ekanmi-ya!» deb, ro‘molchasi bilan terini ar
tib o‘tirdi. Gap matbuot anjumani, guvohlik be-
rishga kelganda ham, cho‘qmorday mushtumini
tugib: «Qoyilman sizga, hamshira! Fosh qilib ada
bini berish kerak qotilning. Butun dunyoga shar
manda qilish kerak!» – deb ma’qulladi. Qizishib,
tizzalariga shapatilab, o‘rnidan turib ketdi.
– Qarang-a! Ilmga o‘rmalabdi deng! O, yirtqich-
ey! Oldingizga o‘zi keldimi? Oyog‘i kuyyapti-da,
tipirchilab qolgan.