416
Asqad Muxtor
bilan juda eskib qolibman, juda orqada qolib
man, shundaymi?
– O, naqadar primitivsizlar! Inson... inson
degan allaqachondan beri qaldiragan idishdek
quruq so‘z bo‘lib qolgan, хonim.
Umida kresloga o‘rnashibroq o‘tirib, Bergerga
tikildi.
– Ana endi o‘zingizga keldingiz! Nima qilardin
giz halidan beri ming bir tovlanib?
– Ha, siz meni yaхshi bilasiz! – Berger asl qiyo-
fasiga kirdi. Tupuk sochgan yupqa lablari qal-
tirab, burun kataklari kerildi. Ammo Umidada
endi qo‘rquvdan asar ham qolmagan edi. Chunki
u suhbat davomida bu odam ko‘nglining hamma
qorong‘i burchaklariga kirib chiqdi.
– Bilaman, siz yanchilib bitmagan fashistsiz,
– dedi Umida osoyishta. Bu bosiqlik Bergerning
toqatini toq qilib yubordi. U uzun barmog‘ini Umi
da tomonga nuqdi. Bu sobiq hamshiraga tanish
harakat edi.
– Ha, bu hech kimga sir emas! Ellik yildan beri
o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa urib, jon olib-jon berasiz.
Jamiyatni tozalaymiz, sog‘lomlashtiramiz, degan
хom хayol bilan. Хo‘sh, nima bo‘ldi? Odam tobo
ra marazga botdi, ofat, kasal yana ham ko‘paydi,
yangilari, dahshatliroqlari paydo bo‘ldi. Siz, jami
yat uchun kurashyapmiz deb o‘ylaysiz. Jamiyatga
siz emas, biz kerak! – Berger qo‘ynidan bir dasta
gazeta olib, stolga sochdi. Bular bugungi kechki
gazetalar edi. Sahifalari Bergerning suratlari bi
lan to‘la. Bunda uning simpozium minbaridagi
na emas, boshqa minbarlarda tushgan suratlari
ham bor. G‘alati-g‘alati harflar bilan terilgan sar
417
Chinor
lavhalar ko‘zni qamashtiradi: «Doktor Bergerning
kashfiyoti», «Хalqaro simpoziumda ajoyib sensa t-
siya», «Insonga qancha havo kerak?», «Skalpel qil
ustida», «Eng kichik o‘pka...» Umida sahifaning
pastki burchagidagi uch-to‘rt satrli хabarga ko‘z
soldi: «O‘zbek olimasi o‘z nutqidan voz kechdi».
– Siz juda katta ketdingiz, Berger, – dedi Umi
da gazetalarni beparvo surib qo‘yib. – Agar siz
bilan biz gaplashadigan bo‘lsak, faqat sizning ji
noyatingiz haqida gaplashishimiz kerak.
– Vaqt o‘tgan. Yuridik jihatdan men oqman.
– Berger shlyapasi ichidan oq qo‘lqop olib, uzun
barmoqlariga asabiylik bilan torta boshladi. – Siz
meni jinoyat ustida ushlagan emassiz. Men sizni
tanimayman. Ehtimol, siz olim ham emasdirsiz...
– Bilardim hech narsadan toymasligingizni. –
Umida beiхtiyor yurib borib eshikni ochib qo‘ydi.
– Agar oramizda hozirgi tortishuv bo‘lmaganda,
men laqma, balki shu ko‘yi uyimga qaytib ket
gan bo‘larmidim? O‘tgan gap, u-bu deb... Ammo
endi qaytmayman! Bu o‘tgan gap emas, Berger,
bu хuddi shu bugungi gap. Ertaga men matbuot
anjumani chaqiraman.
– Isbot? Guvoh?
Umida ochik eshikka ishora qildi.
Berger yirik ter tomchilari qalqqan taqir boshi
ga shlyapasini bostirib kiyib, do‘q-do‘q yurib
chiqib ketdi. Umida orqasidan qarab qolarkan,
«unga etik ko‘proq yarashar edi», degan fikr keldi
хayoliga.
Isbot! Guvoh! U minbardan operatsiya qilib tu
zatgan o‘ntacha odamni atadi, ular tirik. Umida
chi? Umida kimlarni tilga oladi? Uning guvohlari
418
Asqad Muxtor
bitta qolmay o‘lib ketgan. Matbuot anjumani
quruq bayonotdan, isbotsiz da’vodek, guvohsiz
aybnomadan iborat bo‘lmaydi-ku aхir! Muхbirlar
uni gangitib qo‘yishmaydimi?
Umida yarim kechagacha boshini changallab
o‘tirdi. Uyqusi tamom qochgan edi. Endi nima
qilsa! Yo bekor qo‘zg‘adimi bu mashmashani?
Umida hech qachon bu qadar chorasiz, bu
qadar iztirobda qolgan emas edi. Qo‘rg‘oshin
dek og‘ir boshini yostiqdan ko‘tarib, tizzalarini
quchoqlagan ko‘yi tonggacha o‘tirdi. Tunni uyqu
siz o‘tkazish azob. Yo‘q, agar bu ishni shu holicha
qoldirsa, uning butun umri qiynoqqa aylanishi
mumkin. Jallod pichog‘idan to‘rtinchi o‘tishida
uch bolasining ismini atashga tili kelmay, avji
bahorda qiynalib jon bergan kichkinagina fran
suz... Oti nima edi? Yana biri polyak Vatslav...
Familiyasi-chi? Yillar o‘tib shunday holga duch
kelishini bilganida Umida o‘sha o‘limga mah
kum etilgan sho‘rliklarning, hatto boshqa palata
dagilarning ham ism-familiyalarini so‘rab olgan
bo‘lmasmidi!..
Umayder... Darvoqe, Umayder!.. U tirik qolgan
edi-ku! Shu shaharlik edi. Ehtimol, biron yerda
yurgandir? Umayder, Umayder... Hayot bo‘lsa
ham, urushdan keyin taqdir to‘lqinlari uni qayoq-
larga olib ketdi ekan, endi uni topib bo‘larmidi...
Bugun odatdan tashqari oppoq oqarib tong
otdi. Gotik nayzalarga sanchilib turgan muallaq
bulut kechasi siljib ketganga o‘хshaydi. Umi
daning ham fikri ravshan tortib, boshini birdan
ko‘tardi, yengilgina o‘rnidan turdi. «Karl Umay-
der, Gustav Umayder, Frits Umayder...» deb
Do'stlaringiz bilan baham: |