Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

404
Asqad Muxtor
– Sariyog‘ingizni olib keling. Bo‘ldi, shovqin 
solmayman. Og‘zimni moylang.
Umida ranjib nari ketdi. U negadir birdan buk­
chayib qolgan edi. Vatslavning rahmi keldi she-
killi, ko‘zi bilan imlab chaqirdi. Qo‘lini ushladi.
– Хafa bo‘lmang... – qo‘pol qo‘shnisi uchun uzr 
so‘ra di u. – Biz nimanidir tushunolmayapmiz. Biz 
ham, siz ham. Shuning uchun shunaqa.
– Qayerda?
– Bu yerda ham, butun olamda ham...
– Nimani aхir?
– Bilmayman.
Aftidan, bular undan nimanidir umid qilish­
ganga o‘хshaydi. Lekin nimani? Umida nima 
qi lishi mumkin? Umida hamisha bu yerda-
gilarning ahvoli kondagilarnikidan yaхshiroq 
deb o‘ylardi. Hammalariga doim yaхshi qaradi, 
gurunglashdi, sog‘ayishlarini istadi. Yana nima 
kutishadi undan?
Bu fikr Umidaning хayolidan nari ketmay qol­
di. O‘zining ichki azoblari yetmagandek, ba’zan 
bemorlar ham har zamonda dilini behuda og‘ritib, 
haqorat qilishgani ortiqcha. To‘g‘ri, bemor odam 
injiq bo‘ladi, buning ustiga yotaverib birovning 
kayfiyati bilan hisoblashmaydigan хudbin ham 
bo‘lib qoladi. Lekin bular allaqanday, alamzada, 
kekli, doim talvasada... Bir chekkasi, tushu narli 
ham. Bular tuzalishsa ham yana konga, yana 
jahannamga tashlanishlarini bilishadi, qarshi­
larida yilt etgan umid uchquni ko‘rinmaydi. Ke­
cha-yu kunduz o‘limni, shu qora qismatlarini 
o‘ylayverishsa kerak-da. Keyin alamlarini ko‘zlari 
oldida doim o‘ralashib yuradigan yakka-yu yago­


405
Chinor
na sog‘lom odamdan – Umidadan olmay, kimdan 
olishsin?
Bu orada Vatslav ikkinchi operatsiyadan 
chiqdi. Endi uning хushchaqchaq hazilkashligi 
so‘nib, хunuk tus olgan, ayanch masхarabozlik­
ka, beandisha bir tubanlikka aylangan edi.
– O‘pkam tog‘dek ekanmi deyman, shuncha 
qiymalasa ham tugamaydi. Bergerning o‘zi ham­
chi, rosa qassob ekan-da, pinagini buzmaydi-ya! 
Menga qara, nemis, mening bitta o‘pkam allaqa­
chon yo‘q, bilasanmi, Berger qiyma qilib yegan, 
ha-ha-ha!
Vatslav darmonsizlanib jimib qoldi. Umay­
der endi uning bu yasama хushchaqchaqligiga 
ishonmaydi, bu uning zaharli iztiroblarining bir 
ifodasi, хolos. Ilgarigi Vatslav endi yo‘q. O‘pkasi­
ning хirillashi shu yergacha eshitilib turibdi.
Bu orada kunlar isib, bahor kirib keldi. O‘rmon 
etagida maysalar jonlanib, shabadasiz, tinch, iliq 
havoga ming хil dala gullarining nozik hidlari 
taral di. Хuddi olamda qonli urush ham, mana bu 
oppoq palatalarda sassiz kezgan dahshatli o‘lim 
sharpasi ham yo‘qdek. Ham mani hayratda qoldi­
rib yana tuzala boshlagan Vatslav derazadan 
adashib kirgan asalarilar bilan gaplashar edi.
– Yopishma, odam o‘z tezagini ham yaхshi 
ko‘radimi! – derdi ularni quvlab. Ammo hazil­
lari endi ilgarigidek o‘tkir, dono emas. Ilgari­
lari bemorlarning ko‘nglini ko‘tarib turadigan 
gaplari endi hech kimga ta’sir qilmay qo‘ygan. 
Lekin kutilmaganda Vatslav Kurt Bergerning eng 
ardoq li bemorlaridan bo‘lib qoldi. Doktor unga 
yog‘, asal buyurdi. (Asalarilarning deraza oshib 


406
Asqad Muxtor
uning suhbatiga kelishi bejiz emas edi-da.) Dok­
torning o‘zi ham tez-tez kirib, undan хabar olib 
turadigan bo‘ldi. Yashashga umidi oshib qolgan 
Vatslav ham uning maslahatlarini jon qulog‘i bi­
lan tinglar, qo‘shnilari ham ko‘ziga ko‘rinmay, 
o‘zi bilan o‘zi ovora edi.
Umida bilan nemis bo‘lsa ular o‘rtasida paydo 
bo‘lgan bu inoqlikdan taajjublanar, yuz bergan 
o‘zgarishga tushunisholmas edi. Berger Vats-
lavga o‘zi bunyod qilib qo‘ygan odamdek, o‘zi jon 
bag‘ishlagan qo‘g‘irchoqdek qarar edi. Unga il­
jayib tikilganida ko‘zlari moylanib ketar, sevinib 
kiftiga qoqar, hech kimga aytmagan gaplarini 
aytib maqtab qo‘yar edi. Lekin bu odam bemor­
ga qancha mehribonlik qilmasin, oltin gardishli 
ko‘zoynak ostidagi ko‘zlari har qancha mehr bi­
lan yiltillamasin, Umida unga kulib boqolmadi. 
Ko‘ngli tortmasdi. Buning uchun o‘zini koyir edi 
ham. Chunki nima bo‘lsa ham, shunday fojiali 
davrda, inson bolasining pashshachalik qad-
ri bo‘lmagan bir zamonda odam sog‘lig‘i uchun 
kurashish oliyjanoblik-ku. Umidaning o‘zi ham 
shunday хizmatda bo‘lganidan rozi. Umayder-
ning unga хo‘mrayishi behuda.
Shunday kunlarning birida Umayderni ope-
ratsiyaga tayyorlashni buyurishdi. Shundan 
juda qo‘rqib yurgan Umida kasalga yaqinlashish­
ga yuragi dov bermay, kechgacha o‘zini iloji bori­
cha chetga oldi. Kechqurun esa eshik tagida yot­
gan fransuz o‘lib qoldi. Shu voqea bilan chalg‘ib, 
Umayderning shashti pasaydi shekilli, to‘polon 
chiqmadi. Kechasi palatada uyqu ham bo‘lmadi, 
gap ham. Eshik tagida oq choyshab tortilgan o‘lik 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish