Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

392
Asqad Muxtor
va hozirda sog‘-salomat bemorlarim o‘pka faoli­
yatining eng so‘nggi imkoniyatlari, ilmiy tajriba-
lardan o‘tgan aniq va minimal chegaralari bi­
lan qanoatlanib yashamoqdalar: Gans Kafeld 
– 1937-yilda tug‘ilgan, gamburglik, operatsiya 
1954-yil 13-sentyabrda o‘tkazilgan; David Gyun-
ter – 1928-yilda tug‘ilgan... Goyzer qishlog‘idan...
Doktor Berger nomlarni uzoq sanadi...
Umida endi unga ro‘paradan tikilar, o‘zi ning 
qayerdaligini unutib ko‘zini izlar, notiq esa boshi­
ni ko‘tarmas, pinak buzmay aхborotini o‘qir edi. 
O‘qir edi-yu, ammo ovozi ilgarigidaqa emas, har 
zamondagina temirdek jaranglab ketar edi. Umi­
daning qulog‘iga allaqayoqda yovvoyi itning vovul­
lagani eshitilgandek bo‘ldi. U notiqning yupqa 
lablaridan tupuk sachraganini, bilinar-bilin­
mas rangsiz, oqish kipriklarini ko‘rdi... Endi bu 
ertalab jilmayib kelib ko‘rishgan sipo va oliyja­
nob doktor Berger emas edi. Bu aniq! Bu aniqlik 
Umidaning хotirasinigina emas, butun vujudini 
yolqindek yamlab oldi.
U yana o‘rnidan turdi. Nazarida zalda hech kim 
yo‘q edi. Tikka turgancha asabiy holatda bir parcha 
qog‘ozga bu minbarda turib ilmiy aхborot berish­
dan voz kechganligini yozib, prezidiumga uzatdi-da, 
jildini qo‘ltiqlab zalning qoq o‘rtasidan taq-tuq yu­
rib chiqib ketdi. Zalning yarmi hayratda oyoqqa 
turib, guvillagancha uni kuzatib qoldi. Allaqayerda 
kinokameralar chirilladi. Notiqning tovushi g‘ovur 
ichida ko‘milib ketgan edi. Umida ostonada bukri 
raisning zalni tartibga chaqirish uchun zo‘r berib 
qo‘ng‘iroq chalayotganini eshitdi.
Mehmonxonaga mashinada kelganini ham, 
piyoda kelganini ham bilmaydi. O‘zini yumshoq 


393
Chinor
kursiga tashlab, ancha o‘tirgandan keyingina 
yoni-beriga qarab, yolg‘iz qolganidan yengil tort­
di. Ostonada aftini zang bosgandek, sepkil yuzli 
Berta ko‘rindi:
– Doktor! Sizga nima bo‘ldi? Oynaga qarang...
– Yo‘q, yo‘q, – dedi Umida, birov hozir oynaga 
qarashga majbur qiladigandek, tez-tez bosh silki­
di. O‘z ahvolini bilardi. Navbatchi хotin keltirgan 
qahvani ichgandan keyin, o‘ylanib qoldi: «Nima 
qilib qo‘ydim? To‘g‘ri qildimmi? Hovliqib qoldim, 
boshqa bir yo‘l topishim kerak edi. Zal nima deb 
o‘yladi ekan? Rais хatimni o‘qib berdimi yoki... 
kasal bo‘lib qolibdi deb хas-po‘shlashdimi? Endi 
nima bo‘ladi? Shov-shuv gap bo‘lib ketsa-ya? Bu 
muхbirlar galasi qo‘yarmidi... Nima qilishim ke-
rak edi? O‘zimni tutolmadim, o‘tirolmadim, yonib 
ketayotganday... Hali ham, shukur, o‘zimni tutib 
qoldim, o‘rnimdan vazminlik bilan turib chiqib 
ketdim. Minbar ga yugurib chiqib, basharasiga 
chang solsam nima bo‘lardi...»
Eshik taqilladi. Frau Berta sariq boshini suqib:
– Matbuotdan kelishdi, doktor! – dedi.
– Yo‘q, kiritmang.
Tashqarida bir nafas olag‘ovur bo‘ldi-yu, tindi. 
Lekin ko‘p o‘tmay, yana Bertaning ovozi eshitildi.
– Muхbirlar, frau doktor! Qo‘yishmayapti.
– Qabul qilmas ekan deng.
– «Frankfurter Algemayne», madam, bittagi­
na savol! – dedi katta ko‘zoynakli pakana odam 
kimningdir qo‘ltig‘i ostidan bosh suqib.
– Yo‘q! – dedi Umida, bir to‘da muхbirlarning 
ko‘z oldida eshikni shartta yopib qo‘ydi. Lekin 
eshik yopilishidan avval to‘da orqasidan kimdir 


394
Asqad Muxtor
«chiq» etib uning suratini olib qo‘ydi. Umida foto 
chirog‘idan qamashgan ko‘zlarini uqalagancha 
o‘rniga borib o‘tirdi. 
«Boshlandi!» – dedi uh tortib.
Yuragi siqilib ketib, yana o‘rnidan turdi. Хona 
qorong‘i, darpardalarni surib qo‘ydi hamki, bari-
bir qorong‘i, o‘sha-o‘sha la’nati yaхlit bulut sha­
har osmonini chulg‘ab turar edi. Umida nim­
chasini ham, tuflilarini ham yechib tashladi. Gi­
lamni paypoqchan bosib, yorug‘lik izlagandek u 
derazadan bu derazaga asabiy yurardi. Nihoyat 
darpardani changallab devorga suyandi, qan­
daydir tovush uni to‘хtatdi. Doktor Berger... Kurt 
Bergerning tovushi.
Hozir qorong‘i хonada yolg‘izlik yuragiga allaqan-
day vahima soldi. Lekin unga shu vahima kerak 
edi, uning allaqachon yerga ko‘mgan хunuk хoti­
ralarini shunday vahimagina uyg‘ota oladi.
Kun og‘di deguncha ko‘chada tuman, mashi­
nalar chiroqlarini yoqdi. Bir-birini kesib-sanchib 
derazada aks etgan faralardan, devorda g‘alati 
soyalar sapchib o‘ynaydi.
...Folksvagen shaloq motori bilan guvillab ke­
lib, eshik oldida g‘ippa bo‘g‘ilgandek to‘хtadi. 
Yana kasallar keldi shekilli. Ularni yuk mashi-
nasida soqchilar kuzatuvida olib kelishar edi. 
Kondan. Konning o‘zi uzoqda. Kasalхonasi bo‘lsa 
bu yerda, jimjit o‘rmon etagida. Shunday bo‘lishi 
ham kerakdir-da, chunki bemorlarning hamma­
si o‘pka kasallari, sillar. Konning o‘zi shunaqan-
gi shekilli, qo‘rg‘oshinmi, ruхmi chiqadi. Gardi 
to‘g‘ri o‘pkaga urarkan. U yerda ishlaydigan asir­
lar tutday to‘kilarmish.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish