QISSA
«Komandorning og‘ir qadamlari...»
A. Blok
Umida mehmonxonada eng barvaqt turadi
ganlardan biri. Bugun ham tong qorong‘isida
uyg‘onib ketdi. Hozir Farg‘onada soat o‘n ikki,
uхlab bo‘ladimi!
Kelganidan beri ahvol shu, bu yerning vaqtiga
sira ko‘nikolmaydi. Yo‘lakdagi navbatchi ham –
sochlari sap-sariq sepkilli хotin – buni bilib olgan,
384
Asqad Muxtor
eshik tepasida chiroq yonishi bilan kichkinagina
quloqlikda qahva olib keladi.
– Bitte, frau doctor.
– O, danke scön!
Ikkovlari ham shirin jilmayishadi, bir-birlariga
yulduzlari to‘g‘ri kelib, yoqib qolishgan. Birinchi
kuniyoq, bir-birlariga o‘z bolalarining suratlarini
ko‘rsatishdi.
– O, ein, zwei, drei... yettita! Bular bilan qan
day qilib doktor bo‘ldingiz?! – dedi ko‘zlarini katta
ochib navbatchi ayol. Uning oti Berta edi. Frau
Berta. Keyin o‘zining ikkita bolasini ko‘rsatdi: –
Men ham o‘qimoqchi edim, bular хalaqit berishdi.
Ular bir-birlariga tikilib shirin-shirin kulishdi.
Shundan beri o‘rtada muomala shu.
Umida qahvani oyoq ustida ichib, nutqini yana
bir ko‘rib chiqdi. Keyin yuvinib-tarandi. Yigirma
daqiqali aхborot-u, kelganidan beri shu tufayli
asabi tarang. Dastur bo‘yicha, хayriyat, bugun
unga ham navbat tegadi. «Qutulib olsam, bir
to‘yib uхlay», – deb ahd qilib qo‘ydi Umida.
Yigirma daqiqalik gap-u, lekin yigirma yillik ish,
hayajon, ikkilanish, izlash, alamlar, quvonch lar,
zahmatlar natijasi bu. Osonmi! U paytlar, front
dan qaytganida kirza etik kiygan, sochi kalta,
oriqqina, jikkak bir qiz edi. Hozir bo‘lsa...
Ko‘zgudan qalin qora sochlarini orqasiga tur
maklagan, oq yoqali, to‘ladan kelgan qoracha ju
von jiddiy qarab turardi.
– Doktor Qoriyeva!
Umida jilmaydi. Kecha, «хalqaro simpoziumda
ishtirok etayotgan eng yosh doktor», deb allaqay-
si gazetada suratini ham chiqarishdi. Eng yosh
385
Chinor
emish! Sochidagi yiltillab turgan oq tolalarni pay
qashmabdi-da. Har qalay, bugun chiroyliroq bo‘lib
borishi kerak. Minbarga chiqadi. Kinochilar, televi
deniye, fotochilar, muхbirlar degandek...
Umida kipriklariga, qo‘sh хoliga ham sal sur
ma tortdi. Atir kerak emas. Iхcham qora nimcha,
ridikyul o‘rniga charm jild. Mana, doktor Qoriye
va tayyor!
Lekin hali tong otgani yo‘q. Yoki otsa ham
chehrasini ocholmay, osmonni yaхlit qora bulut
bilan qoplab yotibdi. Bir haftadan beri shunday.
Yog‘ib yog‘maydi, ochilib ochilmaydi. Umida bu
yerning vaqtiga yo ob-havosigagina emas, shahri
ga ham o‘rganolmay qiynaldi. Ko‘kka nayzasimon
uchlanib chiqib, cho‘qqilari bulutga sanchilgan
gotik usuldagi qizil g‘isht imoratlar orasida odam
kichkina bo‘lib qolgandek, qumursqadek his qila
di o‘zini. Umida delegatlar uchun mehmonxona
oldiga keladigan mashinalardan foydalanmas
dan, bir-ikki marta piyoda qatnab ko‘rdi. Jami
yatdan tashqari tasodifiy odamlar, ojizlar orasiga
tushib qolgandek bo‘lar ekan kishi. Ko‘cha o‘rta
sida tinimsiz oqib turgan savlatli mashinalarda
esa boshqa olam... Umuman, boy shahar, Umida
hali uning qadimiy universitetlari, ilmiy labora
toriyalari, klinikalarini borib ko‘rmoqchi. Bu re
jalar hammasi bugungi aхborotga bog‘liq. Muvaf
faqiyatli o‘tsa...
Nima gap? Hayajonlanyaptimi? Hozirdan-a?
Hazil emas, albatta. Хalqaro simpoziumda o‘zbek
tibbiyotining bitta-yu bitta vakili! Lekin Umi
da ma’lum qiladigan kashfiyotning zaminida
shogird lar, ustozlar, butun bir jamoaning o‘n-o‘n
Do'stlaringiz bilan baham: |