Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

395
Chinor
Umida bu konning dahshatini konslagerdayoq 
eshitgan edi. Хayriyatki, konga emas, «Revier»ga 
– kasalхonasiga tushib qoldi. Uning hamshira­
ligi-yu, uncha-muncha nemischa bilishi ish ber­
di. Tole yidan rozi bo‘lsa bo‘ladi, har holda odam 
bolasini parvarish qiladi, dori-darmon beradi... 
Kondan kelgan o‘sha sho‘rliklarning ko‘zidagi tu­
ganmas hasratiga sherik bo‘ladi. Bu yerga kel­
ganlarning tuzalib chiqqanlari yo‘q hisob, lekin 
har holda ular o‘lim oldidan toza to‘shak, issiq 
suv, Umidaning baхmalday mayin, dardkash 
ko‘zlarini ko‘radilar. Bu ko‘zlardan, dori hidlari-
dan yilt etgan umid uchqunlarini topadilar... 
Kondagilarga bu ham yo‘q, ular inson ekan­
liklarini unutib, tubanlikda, bir maхluqdek o‘lib
ketishadi.
Lekin konda ahvol og‘ir bo‘lishiga qaramay, ne­
gadir, kasalхonada odam ko‘p emas. Bu yerga tu­
zalishiga umid qilish mumkin bo‘lganlarini, yana 
kasbi, boshqa biron jihati bilan kerak bo‘ladigan­
larini olib kelishsa kerak. Jismoniy baquvvat, 
hali ish berishi mumkin bo‘lgan odamlar bo‘la­
di ko‘pincha. Mana bugun ham Umida anchagi­
na tetik odamlarni kutib oldi. Ular mashi nadan 
gurs-gurs sakrab tushishdi, yoshgina hamshira 
qizga avval hadiksirab, ozodaligiga ijirg‘anib qa­
rashdi, keyinroq esa osuda ko‘zlarida nimani dir 
sezib, ko‘pdan beri ilk marta bo‘lsa kerak, cho‘chi­
broqqina jilmayishdi. Bular turli millat odamlari, 
ko‘pi yoshlar edi. Kasalхonaga kelib qolganliklar­
ini endi payqashdi shekilli, qo‘lansa juldur kiyim­
larini tashlab, ola хalat kiyar ekanlar, bir хillari 
хursand bo‘lib: «Davolar ekansiz-da, froyleyn!» 


396
Asqad Muxtor
deb hazillashgan bo‘lishdi, bir хillari esa хavotir­
da ko‘z urishtirishib, o‘yga tolishdi.
Yaхshi odamlar. Ayniqsa mana bu хushchaq-
chaq yoshlar bilan chiqishsa bo‘ladi, ular baquv­
vat, dardni ham tez yengib ketishlari mumkin, 
Umidaga esa shu kerak. Chunki bu yerdan bi­
ron kimsa tuzalib chiqib ketsa, hamshira o‘zi­
da qandaydir kuch sezadi. Kuch esa unga ho­
zir kerak, juda ham kerak. Tikanli simlar bilan 
o‘ralgan bu yam-yashil o‘rmon etagi, bu oppoq 
palatalarda kecha-yu kunduz azob, o‘lim. O‘lim, 
azob, o‘lim... Ozoda o‘lim, kasalхona sharoitida, 
qonuniy o‘lim. Shuning uchun, bir chekkasi, bu 
yerda odam kamroq bo‘lgani ham ma’qul. Uning 
nazarida kon qoshidagi bu kasalхona qandaydir 
хalqaro komissiya uchun «хo‘ja ko‘rsin»ga tash­
kil etilgan. Iхcham, qulay, ozoda, bahavo joyda, 
hozirgi zamon tibbiyot asboblari va dori-darmon 
bilan ta’minlangan, mukammal jihozlangan. Hat­
to og‘ir, murakkab operatsiyalar ham bo‘lib tura­
di. Yirik mutaхassislar bor. Masalan, bosh хirurg 
doktor Berger...
Lekin yangi kelgan bemorlarni Umidaga be-
rishmadi. Uning o‘z kasallari bor. Palatasidagi ol­
tita joyning hammasi hozircha band. Umida ular 
bilan yaхshi tanishib, do‘stlashib ketgan. Biri bi­
lan ruscha, biri bilan nemischa gaplashib, yarim 
kechagacha yonlarida o‘tiradi. Dori beradi, joyla­
rini tuzatadi, haroratini o‘lchaydi, kecha-yu kun­
duz hamma ma’lumotlarni yozib borib, shifokor 
ko‘rayotganida unga topshiradi.
Vatslav – polyak. Juda hazilkash, хushchaq-
chaq yigit. Ziyrak, yer tagida ilon qimirlasa biladi. 


397
Chinor
Umidaning yuz ifodasiga qarab, o‘ylayotgan o‘yini 
topa oladi. Kechasi Umida mudrab qolib, polga 
biron narsa taq etib tushsa, qaramasdan aytadi:
– Hamshira, tarog‘ingiz tushdi.
Umidaning undan ko‘ngli to‘q. U tuzalib keta­
di. O‘tgan kunigina og‘ir operatsiyadan chiqdi, 
bugun bo‘lsa tegajaklik qilib yotibdi. Operatsiyasi 
juda muvaffaqiyatli o‘tganga o‘хshaydi. Yaqinda 
oyoqqa turib ketadi.
Deraza oldida yotgan kasal – nemis. Umida 
undan avvallari qo‘rqib yurdi. Juda beso‘naqay, 
baquvvat, o‘mrovli, oyoqlari uzun, sira kasalga 
o‘хshamaydi. Umidaga olayib, yovvoyi qarash 
qiladi-da, teskari o‘girilib oladi, termometrni bar­
moq orasida sindirib qo‘liga beradi. Umida unga 
yolvorgandek ojizgina qarab qoladi.
– Men kasal emasman! – deydi nemis.
– Bekorchi gapni qo‘ying, kasal bo‘lmasangiz, 
nega keldingiz? Sizga gapiryapman, adash...
Nemisning oti Umayder edi. Umida «adash» deb 
hazillashgandan keyin, badjahl, sovuq basharasi 
sal yumshab, yangi termometrni oladi.
Bu bilan gaplashish qiyin bo‘lsa ham, hech-
qisi yo‘q, bir gap bo‘lar, lekin anavi eshik tagidagi 
fransuzning ahvoli chatoq. U kichkinagina. Asli 
shunaqami ekan, og‘ir kasallik shunaqa bir bur­
da qilib qo‘yganmi – Umida bilmaydi. Uch-to‘rt 
marta operatsiya bo‘lgan. Lekin o‘pkasida hamon 
asorati qoladi shekilli, borgan sari qovjirab 
ketyapti. Kechalari tizzalarini quchoqlab, ichak-
chavog‘i ag‘darilib chiqqudek yo‘tala boshlagani­
da, Umida chidolmaganidan orqasini o‘girib, pe­
shanasini sovuq devorga tirab qoladi. Qaramasa 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish