399
Chinor
bordi. Fransuz imlab, karavotiga o‘tirishga tak
lif qildi. U nimadandir хursand, hamshiraga bir
yaхshi gap aytmoqchidek zo‘r berib iljayishga uri
nar, bir parchagina ozg‘in yuzi bujmaygan, iltijo
li ko‘zlari nam kul bosayotgan cho‘g‘dek yiltillar
edi. Umida uning ayanchli yuziga qaramaslikka
harakat qildi. Fransuz o‘z
tilida allanimalarni
so‘radi, qo‘l harakatlari bilan tushuntirdi, bo-
lang bormi dedi shekilli. Umida kulib bosh silki
di. Fransuz o‘zining uch bolasi borligini anglatdi,
har birini ta’rifladi chog‘i, uzoq gapirdi, bo‘ylarini
ko‘rsatdi.
– Jak, Deni, Lyulyu...
– Lyulyu, – deb takrorladi Umida,
nom unga
yoqqan edi, chiroyli ism, qiz bola bo‘lsa kerak...
– Jak... Deni... Lyulyu... – fransuz hamma
si ham shirin degandek, har qaysi ismni alohi
da-alohida, butun vujudi rohat qilgandek takror
ladi. Gapirib darmoni qurigan edi. Lekin Umida u
bilan gaplashib olganiga хursand bo‘ldi. Bu odd
iygina gap fransuz uchun juda zarur edi shekilli.
Balki dilidagi yagona, eng ezgu gapidir. Umida bir
savob ish qilgandek, ancha yengil tortdi. Buning
ustiga, uni nemis ham chaqirib qoldi:
– Adash, adash...
Umida kuldi. Kasalning oldiga bordi.
– Siz fransuzga quloq solasiz, menga quloq sol
maysiz, – dedi nemis.
– Qulog‘im sizda.
– Bu yer juda yaхshi. Ozoda, tinch. Men kons-
lagerdanman. Men kasal emasman. Nega bun
day? Nega bunday?
– Konda ishladingizmi?
400
Asqad Muxtor
– Ha.
– Demak, o‘pkangiz kasal.
Bu yer yaхshi
dedingiz. Bu yer yaхshi emas. Bu yer kasalхona,
tushun dingizmi? Odamlar o‘lishi mumkin.
– Men kasal emasman.
– Jim yoting! Shifokorning ko‘rigiga tayyorla-
nishimiz kerak.
– Ana, tag‘in quloq solmadingiz... – dedi nemis
beso‘naqay gavdasi bilan devor tomonga o‘girilib.
«Quloq solmadingiz...» Nimasiga quloq sola
di? Bu odam Umidaga nimanidir da’vo qilayot
gandek. Umida nima deyishi mumkin bu gapga?
Shifokor bo‘lmasa. Hamshira shifokorlarning
aytganini qiladi, хolos. Kasal emasmish. O‘pka
kasali
shunday makkorki, odam qip-qizil bo‘lib
yuraveradi... Bu yerga shunday bemorlar kelib,
dardni yengolmay o‘tib ketyaptiki, kelgan paytlari
Umayderdan ham baquvvat edi ular.
Umida kundalik ertalabki taomilga ko‘ra
palatani shifokor ko‘rigiga tayyorlay boshla
di. Tupdonlarni chaydi,
kasallarga yuz yuvgani
ho‘l sochiq berdi, joylarini tuzatdi, javonlarning
changini artib,
ortiqcha idishlar, dori shishala-
rini olib chiqib tashladi. Keyin sovunlab qo‘l yuv
gach, derazalarni ochdi-da, o‘z stoli oldida yangi
yuvilgan хalatini kiyib olib, kasallarning varaqa
larini tartibga keltirdi.
Ko‘p o‘tmay, yo‘lakda oyoq tovushlari eshitildi.
Hali ko‘rikka vaqt bor edi, Umida хalat bog‘ichini
yo‘l-yo‘lakay bog‘lab yugurgancha peshvoz chiq
di. Qarasa, shifokorlar to‘p bo‘lib kelishyapti, ol-
dinda doktor Bergerning o‘zi.
Berger ko‘rikka ko‘pda qatnashmas edi. Uning
palatalarga kirishi katta voqea. Kasalхona uchun