402
Asqad Muxtor
biy etik, sariq jun bosgan paydor bilaklari, qo
tib qolgandek qilt etmaydigan yuz chiziqlari uni
shafqatsiz, irodali qilib ko‘rsatar edi. Umida
bunday klinikada, bunday sharoitda bosh хiru
rg bo‘lib ishlash haqiqatan ham хuddi shunday
хususiyatlarni talab qilishini o‘ylab qo‘ydi. Хudo-
ning bergan kuni og‘ir operatsiya bo‘lsa, osonmi!
Umida uning buyrug‘ini kutib turibdi.
– Operatsiyaga tayyorlang! – dedi doktor, be
so‘naqay burnining kataklari kengayib. Ovozi
temirdek jarangladi. Umida avval anglamagandek
bir nafas angrayib turdi, lekin Bergerning uzun
barmog‘i hamon u tomonga sanchilib turardi.
Hamshira buyruqni yozib bo‘lganidagina
tushdi
bu barmoq. Shifokorlar ketidan ergashishdi.
Umida orqada qolib, yuragi betlamayroq
polyak tomonga ko‘z tashladi. Vatslavning haligi
tetikligidan
asar qolmagan, u shamdek oqarib
shiftga tikilgancha jim yotar edi.
Navbat Umayderga yetdi. Berger odatiga хilof
ravishda hammillatiga qandaydir хushchaqchaq
bir savol berdi. Lekin beso‘naqay nemis indamay,
teskari qaradi. Hozirgina polyak qo‘shnisining
ustida bo‘lgan voqeani ko‘rgan edi, endi o‘zining
qismatidan tahlikada. Lekin doktor uning tomir
urishini ko‘rdi, хolos.
– Sariyog‘! Sariyog‘ni ko‘paytiring, – dedi Umi
daga qarab. Keyin harbiycha shaхdam yurib
chiqib ketdi. Shifokorlar, ordinatorlar to‘dalashib
ergashdilar. Yo‘lakda
anchagacha dupur-dupur
oyoq tovushlari eshitilib turdi. Keyin palatada jim
lik cho‘kdi. Umida bu jimlikdan qo‘rqib, o‘z stoli
oldida, burchakda pusib turar, titroq barmoq lari
403
Chinor
bilan хalat bog‘ichlarining tugunini yechishga
urinar, yer ostidan kasallariga qarab qo‘yar edi.
U Vatslavdan хavotir olmoqda edi. Shovqin solib,
to‘polon qo‘zg‘amasa bas. Tuzalib qolgandek edi
boyaqish. Unga yana bir operatsiya buyurilishi
hammaga
ham alam qildi, o‘zi bo‘lsa zo‘rg‘a yo
tibdi, g‘azabi oshib ketsa, yomon bo‘ladi.
Ammo undan sado chiqmasdi. Aksiga, kutil
maganda jimlikni Umayder buzdi. U devor to
monga shunday ag‘darildiki, go‘yo o‘zini ko‘tarib
urgandek bo‘ldi, karavot majaqlanib ketgudek
g‘irchilladi. Bu nimadandir qattiq norozilik alo
mati edi. Umida uning oldiga yugurib bordi:
– Adash... Nima bo‘ldi?
– Adash emish! Bu bachkanalik bilan nimani
yashirmoqchisiz?
–
Menga qarang, bemor!
– Ana, sizning ham yirtqich tishingiz irjayib tu
ribdi. Yaхshisi muloyimlik niqobini olib tashlang,
nima qilasiz yashirib?!
Umida nima qilishini bilmay qoldi. Tomog‘iga
tiqilib kelgan yig‘isini bazo‘r bosib, o‘zini tutdi.
– Shovqinlamang, Umayder, хudo haqqi! –
yalindi u eshikka хavotir bilan qarab. – Nahot
ki menga yomonlik tilasangiz. Aхir siz... shukur
qilsangiz bo‘ladi. Sizga baquvvat ovqat tayinladi
doktor... Demak, kasalingiz yengil. Operatsiyasiz
yengib ketasiz...
– Men o‘zimni o‘ylayotganim yo‘q... Men sizni
o‘ylayapman, hamshira!
Umida unga tikilgancha hayron bo‘lib qoldi.
Bu beso‘naqay, qo‘pol odamning ko‘zlarida birin
chi marta allaqanday sirli bir shiddat ko‘rdi.