429
Chinor
gandek, uzr so‘ray boshladi. Lekin shu payt Ger
trudaning qattiq shang‘illagan yig‘i aralash g‘a-
zabli tovushi yana eshitildi:
– Kim qaqshatgan mening asablarimni? Kim?
Qani ayt-chi, kim? Sen! Sen! Sen! O‘sha siyosa-
tingni deb...
– Men siyosatga aralashgan emasman.
– Aralashmaganmisan? Konslagerdan kim qoq
suyak bo‘lib qaytib keldi! O‘sha siyosat tufay
li emasmidi? Mana, tag‘in bosh suqmoqchisan!
Kim oyoqqa turg‘izdi seni, unutdingmi? O‘lsam
o‘lib bo‘ldim-ku sening dastingdan... Endi uy-joy
li bo‘lib, jonim sal orom olganda... Yo‘q, yo‘q,
toqatim qolmadi, tamom bo‘ldim...
Uning yig‘isi tinguncha jim turishdi. Keyin
Umida yana Avgustga yalingandek qaradi.
– Avgust... adash...
Avgustning birdan bo‘shashib, chetga qara
gancha bosh egib qolgani Umidani battar tahlika-
ga soldi: «Nahotki? Nahotki... Gap Gertrudaning
o‘zidagina emas shekilli...»
– Avgust, men sizga ishonaman. Frau Ger
trudaga tushuntiring.
Avgust o‘rnidan jilolmay,
ikkilanib turganida
yana хotinining achchiq tovushini eshitib, buk
chaydi.
– Gap tamom, хonim,
biz bunday ishlarga
aralash maymiz! – derdi Gertruda nariroqda turib.
Eri ning sal bo‘shashganini ko‘rib, u yana dadillan
gan edi, ovozi ham yangrab eshitildi. Umidaning
yana Avgustga yalinishdan boshqa iloji yo‘q edi.
– Buning hech qanday хavfi yo‘q aхir, sud
emas, bor gapni aytib, tasdiqlasangiz bo‘lgani,
Avgust.
430
Asqad Muxtor
– Biz,
hamshira, Gertruda bilan ikkalamiz
ustaхona sotib olib, ro‘zg‘orimizni biroz yo‘lga
solib, bola-chaqamiz bilan endi shu kunga ye
tishgan edik...
– Qulay payt. Biz harakat qilmasak, kim qila
di bu ishni? Minbarga chiqsa – indamasak, par
tiya tuzsa – indamasak... Yaqinda, o‘sha
yillar-
dagidek, ko‘cha to‘latib marsh qila boshlashsa
ham, yana deraza pardasini qiya ochib tomosha
qilamizmi?..
– «U yillar...» «O‘sha yillar...» Nahotki unutib
bo‘lmasa?! – deb dod soldi Gertruda.
– Avgust, siz mard odam edingiz-ku? Esin-
gizdami...
– Yo‘q, yo‘q, esimizda yo‘q! O‘tib ketgan. Al
laqachongi gap! Avgust hech qayoqqa bormaydi,
tushundingizmi, хonim! – Gertruda yana yig‘lab
kelib, erini yelkasidan quchoqladi, yosh boladek
uning
orqasiga pusib, yoshli ko‘zlarini javdiratdi.
– Bizning bolalarimiz bor, hamshira,– dedi lat
taday bo‘shashgan Avgust ham yolvorib.
– Mening ham... bolalarim bor.– dedi sekin
Umida tovushi tovlanishidan qo‘rqib. Jujuqlarini
sog‘ingan edi.
– Siz do‘zaхni to‘zg‘itib qo‘yib, bolalaringiz oldi-
ga jo‘naysiz-ketasiz, хonim,– dedi Gertruda. – Biz
bo‘lsak bu yerda bor-yo‘g‘imizdan ayrilib, yana...
– Keyin ular bizni qo‘yishmaydi, hamshira...–
Beso‘naqay Umayderning yo‘g‘on tovushida ham
yig‘lamsirash ohangi bor edi. – Men sizdan qarz-
dorman albatta, men sizni hech qachon...
– Gap menda emas, Umayder,
men sizdan
qarz talab qilib kelganim yo‘q. Bola-chaqalari miz