Biz yot g’oyalarga qarshimiz
Mana biz shunday rivojlangan texnologiyalar va ilm-fan taraqqiy etgan davrda yashayabmiz.Shu fursatdan foydalanib ba’zi tashqi yoki ichki kuchlar bizning g’oyalarimizni o’zgartirishga,turli yo’llarga kirishga undayabdi.Biz yoshlarning ongi va tafakkurini zaharlashga harakat qilayotgan kuchlarga qarshi o’zimizda aks ta’sir qila olishimiz va bunday kuchlardan ularni himoya qilishimiz lozim.
Masalan misol qilib Internetni oladigan bo’lsak.Hozirda hamma o’rta yoshdagi kishilar va bolalar orasida juda katta hajmni qamrab olgan bir dastur sifatida aytishimiz mumkin.To’g’ri kimdir undan yaxshi niyatda,boshqalar esa o’zining ba’zi yomon niyatlarini amalga oshirishda foydalanyabdi deb bemalol ayta olamiz.Hozirgi kunda internet yaratuvchi va buzg’unkor g’oyalar jamlangan tarmoqqa aylanib bo’ldi.Uni cheklash orqali ham ko’zlangan maqsadga erisha olmaymiz.Chunki kimdir o’zining buzg’unkor maqsadiga erishmaguncha yana va yana boshqa turli xil,bundan kuchliroq ta’sirga ega bo’lgan dastur yaratishi mumkin.Qachonki o’zimizda bularga qarshi biron kuch topa olmas ekanmiz bulardan qutila olmaymiz.
Har doim globallashuv haqida gap ketar ekan men Mahatma Gandining so’zlarini eslayman.U aytadiki, “Men tashqaridagi bo’rondan qo’rqib ,derazamni yopib qo’ya olmayman,chunki menga toza havo kerak .Shu bilan birga ,toza havo kerak ekan,deb derazamni katta ochib ham qo’ya olmayman,chunki mening uyimni chang-to’zon bosib ketishini xohlamayman”.Bu bilan u nima demoqchi?Hozirda internetsiz hayotimizni tasavvur qilib bo’lmaydi.U hayotimizning bir bo’lagiga aylanib qolgan .Bolalarimizni yomon yo’llarga kirib ketishini oldini olish maqsadida ularni yoshligidan 1-sinfga borishidan yoki undan ham oldindan ijobiy xususiyatlar haqida gapirishimizni.Hamma narsaning faqatgina yaxshi tomonlarini tushuntirib,yomon taraflari qanday oqibatlarga olib kelishini aytib o’tishimiz kerak shundagina bola katta bo’lganda salbiy holatlarga qarshi o’zida kuch topa olishiga men bemalol ishonaman.Undan oldin biz o’rta yoshdagilarni fikrini ijobiy tarafga o’zgartirishimiz kerak.Chunki aynan qaysidir davlatdan qanaqadir oqimga kirib qolgan kishilar shularning orasidan kelib chiqayabdi.”Yoshlikda olingan bilim-toshga o’yilgan naqsh” deb bejizga aytishmagan.Yoshlarimizga bilim bilan bir qatorda tarbiya haqida singdirib borsak yaxshiroq bo’lardi deb o’ylayman.A.Avloniy ham bilim bilan bir qatorda hatto undanda oldinroq tarbiyani 1-o’ringa qo’yadi.
Men o’ylaymanki bu fikrlarim yoshlarimizning ongida ijobiy holat kasb etib,ularni yaxshi tarafga o’zgartira olishiga ishonaman.Hozirgi kunda O’zbekiston yoshlariga bilim va tarbiya borasida tenglasha oladigan yoshlarimizni men hali uchratmadim.
O’zbekiston Milliy Universiteti
O’zbek tili filologiyasi
I boshqich talabasi Askarov Ravshanbek.
Do'stlaringiz bilan baham: |