Savollar
1. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va farklarini tushuntirib bering.
2. Bozor tushunchasining tarifini bering va uning asosiy vazifalarini ko’rsating.
3. Renta va uning turlari.
O‘quv qo‘llanma “Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar” fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda zamonaviy iqtisodiy nazariya predmeti va asosiy yo‘nalishlarining metodologik muammolari, ehtiyojlar va ishlab chiqarish nazariyasi, qiymatning turlicha nazariyalari va ularning sintezi, bozor va uning amal qilishi mexanizmi, iste’molchi xatti-harakati nazariyasi, ishlab chiqarish xarajatlari, ish haqi, daromadlar va foyda nazariyalari, mukammal raqobat modeli va unda narxning shakllanish xususiyatlari, monopol hukmronlik va monopoliyaga qarshi siyosat, milliy mahsulot va ijtimoiy farovonlik, iste’mol, jamg‘arma va investitsiya nazariyalari, iqtisodiy o‘sish modellari, iqtisodiy muvozanat nazariyalari va modellari, Iqtisodiy beqarorlik, uning turlari va bartaraf etish yo‘llari, moliya tizimi va davlatning moliyaviy siyosati, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida pul-kredit tizimi va banklarning roli, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi, xalqaro valyuta tizimi va valyuta kursi, O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi muammolari, Xalqaro savdo nazariyasi va savdo siyosati, Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya tizimi yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma 5A230101-Iqtisodiy nazariya mutaxassisligining “Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar” fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA PREDMETI VA ASOSIY YO‘NALISHLARINING METODOLOGIK MUAMMOLARI Mazkur bob zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining konseptual masalalarini o‘rganish bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o‘rin beriladi. Bob so‘ngida iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari, ularning mazmuni va qo‘llanish xususiyatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
Zamonaviy iqtisodiy nazariya fani predmetining konseptual masalalari Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini o‘rganishda unga taalluqli mavzularni alohida bo‘limlarga ajratilishi mazkur muammolar to‘g‘risida yanada kengroq, izchil va to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shunga ko‘ra, bakalavriat yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida to‘rtta asosiy bo‘limni ajratib olgan edik: iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari; bozor iqtisodiyoti nazariyasi; milliy iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)ning amal qilish va rivojlantirish qonuniyatlari; jahon xo‘jaligi. 1 Hozirgi sharoitda iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bunday asosiy bo‘lim yoki qismlarga ajratishga turli mualliflar tomonidan turlicha yondashilmoqda. Jumladan, A.Bulatov tahriri ostida nashr etilgan darslikda quyidagi bo‘limlar ajratib ko‘rsatilgan: iqtisodiyot nazariyasining asoslari; mikroiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; o‘tish davri iqtisodiyoti nazariyasi; jahon xo‘jaligi. 2 E.Borisov tomonidan tayyorlangan darslikda esa bu bo‘limlar quyidagi ko‘rinishda bayon etilgan: iqtisodiyotga kirish; iqtisodiy munosabatlar tizimi mikroiqtisodiyot; mezoiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; jahon iqtisodiyoti. 3 Bundan ko‘rinadiki, ko‘pchilik darslik va o‘quv qullanmalarda mavzularni bo‘limlarga ajratishda ma’lum darajada erkinlik mavjud bo‘lsada, mazmun va mohiyat jihatidan umumiy tavsif kasb etuvchi yondashuvlar ham uchraydi. Shulardan biri – iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga iqtisodiyotning turli darajalaridan kelib chiqqan holda yondashuv hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligidagi magistratura talabalariga mo‘ljallanganligi hamda unda bakalavriat kursidagi nazariy muammolar nisbatan kengroq va chuqurroq darajada o‘rganilishi zarurligini hisobga olib, barcha mavzularni ikki – mikrodaraja va mikrodarajadagi iqtisodiy tizim nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot asosan ikki sohaga bo‘linadi: mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o‘z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini oladi: 1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari, zamindorlar, firmalar va hokazo. 2. Alohida bozorlar – ishlab chiqarish vositalari bozori, ishchi kuchi bozori, iste’mol mollari bozori va hokazo. 3. Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo. Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan bog‘langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyasiya darajasi, foiz stavkasining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab oladi. Biroq, keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara yo‘qolib bormoqda. Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi tahlilning uzviy davomiga aylanib bormoqda. Shuningdek, ba’zi bir olimlar tomonidan mikro- va makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlariniumumlashtiruvchi oraliq daraja – mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham uchramoqda. 4 Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi. Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq aniqlikka ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu
maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib, takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi.
umumlashtiruvchi oraliq daraja – mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham uchramoqda. 4 Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi. Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq aniqlikka ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib, takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi.
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan iboratdir. Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari Boshqa fanlar singari, iqtisodiyot nazariyasi fanining amalda vujudga kelishi tadqiqot predmetining shakllanishi bilan birga uning bilish usulining qaror topishiga ham bog‘liqdir. Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. U iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga umumiy yondashuv, haqiqatni yagona va yaxlit holda tushunish, yagona falsafiy asosning mavjudligini taqozo etadi. Uslubiyat asosiy masala, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi u yoki bu iqtisodiy tizimning amal qilishi va yanada rivojlanishini qanday ilmiy usullar, vositalar orqali bayon etilishini hal etishga yordam berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi uslubiyatida bir necha asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) sub’ektiv; 2) neopozitiv-empirik; 3) ratsionalistik; 4) dialektik. Sub’ektiv yondashuvda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda xo‘jalik yurituvchi alohida sub’ekt nuqtai-nazaridan kelib chiqiladi. Ayniqsa, mazkur yondashuvdan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi, alohida bozor ishtirokchilarining xulq-atvorlarini bayon etishda keng foydalaniladi. Neopozitiv-empirik yondashuv iqtisodiy hodisa va jarayonlarni nisbatan mukammalroq o‘rganish hamda baholashga asoslanadi. Tadqiqotning diqqat markazida bilishning texnik apparati maydonga chiqib, u bilish vositasidan uning predmetiga (matematik apparat, ekonometrika, kibernetika va h.k.) aylanadi. Tadqiqot natijasi bo‘lib esa asosiy kategoriyalardan iborat bo‘lgan turli ko‘rinishdagi iqtisodiy modellar maydonga tushadi. Ratsionalistik yondashuv insoniyat taraqqiyotining tabiiy yoki ratsional qonunlarini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tizimni, uni tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni, jamiyatning iqtisodiy tuzilishini tadqiq qilishni taqozo etadi. Shuningdek, iqtisodiy ratsionalizm konsepsiyasi mikroiqtisodiy
tahlilda keng qo‘llaniluvchi qoidalardan biri hisoblanadi. Uning asosida iqtisodiy sub’ektning mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal xarajatlar asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o‘z sub’ektiv manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan foydalanishning muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki, o‘zlarining ratsional hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy sub’ektlar tanlash erkinligiga ega bo‘lishlari lozim. Ratsionallik darajasiga ko‘ra uning ikki turi farqlanadi: 1. To‘liq ratsionallik. Bu ko‘proq nazariy tasavvur bo‘lib, unda iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat sharoitidagi maksimal foyda). Cheklangan ratsionallik. Bunda axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning mumkin emasligini aks ettiradi. Bunday holatda qarorlar qisman tajriba, intuitsiya va boshqalar asosida qabul qilinib, ulardan olinadigan sof foyda nisbatan kamroq bo‘ladi. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, marketing, ta'minot va moliyaviy faoliyatining turli tomonlari moliyaviy natijalar ko'rsatkichlari tizimida to'liq pul qiymatini oladi. Xulosa qilib aytganda, korxonaning moliyaviy faoliyatining eng muhim ko'rsatkichlari foyda va zarar to'g'risidagi hisobotda keltirilgan.
Ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatini baholashda foydalaniladigan foydaning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardir: balans foydasi, mahsulotni sotishdan olingan foyda, yalpi foyda, soliqqa tortiladigan foyda, korxona ixtiyorida qolgan foyda yoki sof foyda.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda foydaning asosiy maqsadi korxonaning ishlab chiqarish va marketing faoliyati samaradorligini aks ettirishdir. Buning sababi shundaki, foyda miqdori korxonaning o'z mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq individual xarajatlarining muvofiqligini aks ettirishi kerak va bilvosita ifodasi bo'lishi kerak bo'lgan tannarx, ijtimoiy zaruriy xarajatlar ko'rinishida harakat qiladi. mahsulot narxi. Barqaror ulgurji narxlar sharoitida foydaning oshishi korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun individual xarajatlarining kamayishini ko'rsatadi .
Birinchidan, foyda yakuniyni tavsiflaydi moliyaviy natijalar korxonaning tadbirkorlik faoliyati. Bu ishlab chiqarish samaradorligini, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va sifatini, mehnat unumdorligi holatini va tannarx darajasini eng to'liq aks ettiruvchi ko'rsatkichdir. Foyda ko'rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini baholash uchun eng muhim hisoblanadi. Ular uning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy farovonligini tavsiflaydi. Avanslangan mablag'larning daromadlilik darajasi va korxona aktivlariga qo'yilgan investitsiyalar rentabelligi foyda bilan belgilanadi. Foyda tijorat hisobining kuchayishiga, ishlab chiqarishni intensivlashtirishga ham rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Ikkinchidan, foyda rag'batlantiruvchi funktsiyaga ega. Uning mazmuni shundaki, foyda ham moliyaviy natija, ham korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. O'z-o'zini moliyalashtirish printsipining haqiqiy ta'minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foydaning ulushi ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, korxonaning ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Daromadning o'sishi korxona salohiyatining o'sishini belgilaydi, uning ishbilarmonlik faolligi darajasini oshiradi, o'zini o'zi moliyalashtirish, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, mehnat jamoalarining ijtimoiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun moliyaviy bazani yaratadi. Bu ishlab chiqarishga kapital qo'yilmalarni amalga oshirish (shu bilan uni kengaytirish va yangilash), innovatsiyalarni joriy etish, korxonada ijtimoiy muammolarni hal qilish, ilmiy-texnikaviy rivojlanish faoliyatini moliyalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, foyda potentsial investor tomonidan kompaniyaning imkoniyatlarini baholashda muhim omil bo'lib, resurslardan samarali foydalanish ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi, ya'ni. Kelajakda kompaniyaning faoliyatini va uning imkoniyatlarini baholash kerak.
Uchinchidan, foyda turli darajadagi byudjetlarni shakllantirish manbalaridan biridir. U byudjetlarga soliqlar shaklida kiradi va boshqa daromadlar bilan bir qatorda umumiy davlat ehtiyojlarini moliyalashtirish va qondirish, davlatning oʻz funksiyalarini, davlat investitsiyalari, ijtimoiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishini taʼminlash uchun sarflanadi hamda byudjetni shakllantirishda ishtirok etadi. byudjet va xayriya fondlari. Foyda hisobiga korxonaning byudjet, banklar, boshqa korxona va tashkilotlar oldidagi majburiyatlarining bir qismi ham bajariladi.
Foydaning ko'p kanalli qiymati davlat iqtisodiyotining bozor iqtisodiyoti asoslariga o'tishi bilan ortadi. Gap shundaki, korxonaning aktsiyadorlik, ijaraga olingan, xususiy yoki boshqa mulk shaklidagi mulkchilik shakli moliyaviy mustaqillik va mustaqillikka ega bo‘lib, soliqlarni to‘laganidan keyin qolgan foydani qanday maqsadlarga va qanday miqdorda yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. byudjet va boshqa majburiy to'lovlar va ajratmalar. Foyda olish istagi tovar ishlab chiqaruvchilarni iste'molchiga zarur bo'lgan mahsulot hajmini oshirishga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga yo'naltiradi. Rivojlangan raqobat bilan bu nafaqat tadbirkorlik maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga ham erishadi. Tadbirkor uchun foyda qiymatning eng katta o'sishiga erishish mumkinligini ko'rsatadigan signal bo'lib, ushbu sohalarga sarmoya kiritish uchun rag'bat yaratadi.
Yo'qotishlar ham o'z rolini o'ynaydi. Ularda mablag'lar, ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotlarni sotish yo'nalishidagi xatolar va noto'g'ri hisob-kitoblar yoritilgan.
Foyda tadbirkorlik faoliyatining asosiy natijasi sifatida korxonaning o'zi va umuman davlat ehtiyojlarini ta'minlaydi.
Foyda korxonaning moliyaviy natijasini tavsiflovchi eng muhim ko'rsatkich bo'lganligi sababli, ishlab chiqarishning barcha ishtirokchilari foydani ko'paytirishdan manfaatdor.
Foydani boshqarish uchun uni shakllantirish mexanizmini ochib berish, uning o'sishi yoki kamayishining har bir omilining ta'siri va ulushini aniqlash kerak. Foydaga ta'sir qiluvchi omillarni turli mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin (1.3-rasm).
Ekstensiv omillarga ishlab chiqarish resurslari hajmini, vaqt o'tishi bilan ulardan foydalanishni (ish kunining davomiyligining o'zgarishi, asbob-uskunalarning smenali koeffitsienti va boshqalar) aks ettiruvchi omillar, shuningdek resurslardan unumsiz foydalanish (nikoh uchun moddiy xarajatlar, yo'qotishlar) kiradi. chiqindilar tufayli).
Intensiv omillar - resurslardan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi yoki unga hissa qo'shadigan omillar (masalan, ishchilarning malakasini oshirish, asbob-uskunalar unumdorligi, ilg'or texnologiyalarni joriy etish) 3 .
Foydaga ta'sir qiluvchi omillar
Ular korxonaning o'zi faoliyatiga bog'liq va ushbu jamoa ishining turli tomonlarini tavsiflaydi.
korxonaning o'zi faoliyatiga bog'liq emas, lekin ularning ba'zilari foydaning o'sish sur'ati va ishlab chiqarish rentabelligiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ishlab chiqarish - foydani shakllantirishda ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlarining mavjudligi va ishlatilishini aks ettiradi - bular mehnat vositalari, mehnat ob'ektlari va mehnatning o'zi.
Noishlab chiqarish - asosan korxonaning tijorat, ekologik, da'vo va boshqa shunga o'xshash faoliyati bilan bog'liq
Intensiv: asosiy xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish, asosiy fondlar rentabelligini oshirish
Ekstensiv: ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish
Intensiv:
Inventarizatsiya va tayyor mahsulot aylanmasini oshirish
Keng qamrovli:
Ish vaqtining o'zgarishi, bozorning keng qamrovi
Foyda miqdoriga ta'sir qiluvchi iqtisodiy omillar
Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda miqdoriga ta'sir qiluvchi muhim omil mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o'zgarishi hisoblanadi. Iqtisodiy sharoitlarda ishlab chiqarish hajmining pasayishi, narxlarning ko'tarilishi kabi bir qator qarshi omillardan tashqari, muqarrar ravishda foydaning qisqarishiga olib keladi. Bu texnik yangilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosida ishlab chiqarish hajmining o'sishini ta'minlash bo'yicha shoshilinch choralar ko'rish zarur, degan xulosaga keladi.
Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog'liq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish jarayonida bu omillar bir-biri bilan chambarchas bog'liq va bog'liqdir.
Voqea sodir bo'lish xususiyatiga ko'ra barcha omillarni ikkita asosiy guruhga bo'lish mumkin: a) tashqi (korxonaning tashqi sharoitlari tomonidan yaratilgan); b) ichki (ushbu korxonaning xo'jalik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda).
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).
Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va boshqalar).
Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.
B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.
Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.
Renta (nem. rente, lot. reddita — qaytarib berilgan) — 1) keng maʼnoda — mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi; ssudaga berilgan kapitaldan foiz, yer egalarining ijaraga berilgan yer uchastkasidan, uy-joy egalarining ijaraga berilgan binolardan muntazam oladigan daromadi. Tor maʼnoda R. — qatʼiy daromadli pul kapitali va qimmatli qogʻozlar egalari foiz shaklida oladigan daromad. Aksariyat hollarda R. tushunchasi yerni ijaraga berish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi (qarang Yer rentasi); 2) sugurta polney boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan sugʻurtalangan shaxsga har yili toʻlanadigan pul summasi.[
Do'stlaringiz bilan baham: |