1- amaliy mashg’ulot
Mavzu: Fe’lning tuzilish jihatdan turlari va yasalishi.
1- ish turi. Berilgan savollarga javob bering.
1. Fe’lning tuzilish jihatdan qanday turlari bor?
2. Chopmoq, savalamoq, ko’rsattirmoq fe’llarining tuzilishini izohlang.
3. Sodda yasama fe’llarga misollar keltiring.
4. Qo’shma fe’llar qanday hosil bo’ladi? Misollar keltiring.
5. Juft fe’llarni izohlang.
6. Takroriy fe’llar qanday ma’no anglatadi?
2 - ish turi. Berilgan rasmni diqqat bilan kuzating va bog’lanishli matn tuzing.
3 - ish turi. O’qing, tub va yasama fe’llarni aniqlab, ularni ikki ustun shaklida yozing. Yasama fe’llarning qanday usul bilan yasalganini tushuntiring.
1. Ayni vaqtda qo’sh surnay va to’rt chirmanda havoni kuchli va tantanali sadolar bilan yangratib yuboradi.
Bir necha qiz o’z – o’zidan raqsga tushib ketdi. Mana qulochkash chapak chalib, ovozini qaldiroqday gumburlatayotgan Sobir Ermatov – Anorxon noz va sho’xlik bilan o’yin girdobida kirganda – bardosh qilolmaydi, uzun, qudratli qo’llarini mardona silkib, o’ynab ketdi. Qaynoq yigit davrada bir aylandi – yu, bir qo’li bilan O’ktamning quyishiga chang solib, do’stini o’rtaga tortdi. O’ktamning yuzi olovlandi, bir dam tixirlik qilib, keyin o’z bilganicha o’ynadi, Sobirning atrofida aylana boshladi. Tevarakda qiyqiriq avjga chiqdi.
...Xadicha xola guldor ko’ylagining keng, uzun yenglarini xilpiratib, ... maqom bilan yo’rg’alay boshladi. (Oybek)
4 - ish turi. – la, - lan, - lash, -r (- ar), - ir, - a, - y, - ay, - sira affikslari yordamida fe’llar yasang. Yasalgan fe’llardan qatnashtirib, 4 ta gap tuzing.
5 - ish turi. O’qing, sintaktik usulda yasalgan fe’llarni toping va izohlang.
1. U yangilikka ishonch bilan qaraydigan o’tkir zehnli odam sifatida boshliqqa juda yoqib qolgan edi. (J. Abd )
2. Uni qaytadan 1 – kursga qabul qilishdi. (S. An)
3. Haqiqat doim g’alaba qilib kelgan... ( J. Abd )
4. Amir Alisher devonga kelganga, deyarli hamma yig’ilib bo’lgan edi. ( L. Bat )
5. Men xazinani, qo’shinni, shaharlarni himoya qilaman. (S.B)
6. Qirq olti yoshli, zuvalasi pishiq Alisher vodiy va daryolarni cho’l- biyobonlarni otda bosib o’tdi. (L. Bat)
7. Alisher jilmaydi va Jomiyga ta’zim qildi. (L. Bat)
6 - ish turi. O’qing, fe’llarni toping, tuzilishiga ko’ra turlarga ajrating va quyidagi
jadvalga yozing hamda qatorlarni o’zingiz mustaqil davom ettiring.
Sodda
|
Qo’shma
|
Juft
|
tub
|
yasama
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1. Qulmuhammad o’zi yaratgan kuylar bilan shuhrat topgandi. Ammo barcha sozlarni chalishda, ayniqsa, nay chalishda Shayxiyning oldiga tushadigan kimsa yo’q edi. Navoiyga ko’zi tushishi bilan Shayxiy shoirni qutlab nay chala boshladi. Kuy goh bahor kunlaridagi qushlar navosini eslatar, goh uyquga ketayotgan xasta bolasi tepasida kuylayotgan onaning allasi singari o’ychan va mungli yangrardi; ammo keyinroq borib, quvonch sadolari tantana qildi. Shayxiy kuyni rosa avjiga olib chiqib, shartta to’xtatdi – da, Navoiyga ta’zim qildi. “Bag’oyat g’o’zal, tengi yoq maqom! ” – dedi ko’zlari yoshlangan Navoiy va mashshoqni bag’riga bosdi. (L. Bat)
2. Ba’zilar ertalab ko’rishishga va’dalashib omonatgina xayrlashib ketishgani bilan, boshqalar kelib davra yana to’ladi, suhbat qizigandan – qiziydi. (H. G’.)
3. Bu tegirmonda Mirhaydarning o’zi ham bir necha yil qarovul bo’lib ishlagan, alloflarning qop – qanorlarini ko’tara – ko’tara yelkasi yag’ir bo’lgan edi. ( O.)
7 - ish turi. O’qing, qismlari vertikal chiziqlar bilan ajratib berilgan fe’llarni imlo qoidasiga muvofiq yozing.
1. “O’z hayotida sizningdek do’st orttirgan kishi baxtiyordir”, - dedi u eshitilar /eshitilmas, o’z his – tuyg’ulari haqida kamdan – kam gapiradigan Jomiyning bu so’zlari Navoiy qalbining eng nozik yerlariga borib/ yetdi. Ustozning biror so’zini eshitolmay qolmaslik uchun Alisher u tomonga engashdi. (L. Bat)
2. ... Agar birdan yomg’ir quyib /bersa, chiqib yer bag’rida chirish mumkin yoki hali murg’ak g’o’zalarni tasodifiy izg’irin sovuq bir kechadayoq unniqtiradi / ketadi. (O.)
3. Husayn Astrobod aholisi o’zining dono hokimisiz yashay olmaydi degan dalilni dastak qilib / olgandi. (L. B)
8 - ish turi. Badiiy asarlardan tanlangan gaplarni o’qing, fe’llarni aniqlab, namunadagidek tahlil qiling.
Bolalar o’qituvchisiga xat yozishdi. Yozishdi – fe’l, harakar ifodalagan, birgalik nisbatda, bo’lishli, xabar maylida, o’tgan zamon fe’li, 3 – shaxs, ko’plik, tub, sodda, fe’l – kesim.
9 - ish turi. Badiiy asarlardan fe’llarning tuzilish jihatdan turlariga 8 ta gap yozing va izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |