Uning yuzidan nur yog‘ilardi. Issiq nur taralib turardi, bu nur odamni o‘ziga chorlardi. Buning sirini men keyinroq bildim. Yuziga termulib o‘tirgim kelardi, ammo uyalardim. Ovozi ham juda shirali edi



Download 13,48 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13,48 Kb.
#334970
Bog'liq
azizm ali


Uning yuzidan nur yog‘ilardi.Issiq nur taralib turardi, bu nur odamni o‘ziga chorlardi.Buning sirini men keyinroq bildim.Yuziga termulib o‘tirgim kelardi, ammo uyalardim.Ovozi ham juda shirali edi.Doimo tabassum bilan so‘zlardi.Tabassum qilganida esa chehrasi yanayam yorishib ketardi

Koplab yigitlarni uchratganman, ammo u ularning hech biriga o‘xshamasdi.Hamshiralarga, doktorlarga, umuman atrifidagi barcha insonlarga faqat xushmuomalada bo‘lardi, yaxshi so‘zlar bilan murojaat qilardi.Bu qadar yuksak madaniyatli insonlar borligini bilmasdim.Ayrim hamshiralar uning shirin so‘zlarini xushomad o‘rnida qabul qilib lab lunjlarini yig‘ishtira olmay qolishardi, ammo u xushomad qilmasdi.

Bora bora uni korganimda hayajondan qaltirab qoladigan bo‘ldim.Tilim o‘zimga bo‘ysunmas, tomog‘imga nimadir tiqilib gapira olmay qolardim.Tomiriga dori yuborayotganimda shu qadar qo‘llarim titrardiki, buni o‘zi ham sezdi.U men bilan ham juda muloyim va o‘sha halovatni o‘g‘irlaydigan tabassumi bilan gaplashardi.Ammo umid qiladigan hech narsa bermasdi.Qizi bo‘lsaya o‘ylab qolardim ba’zan.Bo‘lishi mumkin, nega bo‘lmasin, shundoq kelishgan, ko‘rkam, xushmuomala, aqlli, odobli yigitning qizi nega bo‘lmasin??? Shuni o‘ylashim bilan vujudim rashkdan olov bo‘lib yonib ketardi.Yo‘o‘q yana taskin berardim o‘zimga qizi bo‘lsa ko‘rgani kelmasmidi.Qancha bo‘ldiyu davolanayotganiga.Hali biror qiz uni yo‘qlab kelmadi.Balki ijtimoiy tarmoqlarda faoldir juda.Tavba hech qilmagan ishimni qilib tarmoqlardan uni qidira boshladim, ommaviy tarmoqlardan faqat bittasidan uni topa oldim.Unda ham bittagina surati bor ekan, boshqalardek o‘zini ko‘z ko’zlab (garchi maqtanishga loyiq kelishgan qomatiyu, go‘zal chehrasi bo‘lsa ham ) qadamini suratga olib, joylamagan.

Aksincha, judayam aqlli gaplar, yaxshilik qilishga, ilm olishga ma’rifatli bo‘lishga undovchi hikmatli so‘zlar.Mana shunisi meni ko‘proq taajjubga soldi.Uning yoshidagi yigitlar faqat o‘zini maqtashdan bo‘shamaydi.

Unga bo‘lgan qiziqishim va e’tiborim yanada ortdi.Kecha hamkasbim Ozoda qiziq gap aytdi.U ham menga befarqmasmish.

Dugonamning gaplaridan osmonga uchib ketganim yo‘q.O‘zim ko‘rib turibmanku hammasini.To‘g‘ri u men bilan juda ham yaxshi muomalada, ammo u hamma bilan ham shunday.Uni deb tungi navbatchiliklarda ko‘proq qoladigan bo‘ldim(Axir uyga borganimda hayolim baribir kasalxonada qolib, qo‘lim ishga bormay qolyaptida).



Bir kuni navbatchiligimda uning palatasi oldidan o‘tayotgan edim, ichkaridan uning shirali ovozda qiroat bilan kitob o‘qiyotgani eshitildi.Arabcha talaffuzdan angladimki, u Qur’on o‘qimoqda edi.Ovozi past bo‘lsada juda yoqimli edi.Beixtiyor to‘xtab qoldim.Qiya ochiq eshikdan bildirmay mo‘raladim.U oppoq kiyinib olgan, boshidagi do‘ppisi ham o‘ziga juda yarashgan, boshdan oyoq nurga chulg‘angandek edi go‘yo! Sehrlangan kabi qotib qoldim.U berilib mutolaa qilar, mening esa ich ichimdan negadir yig‘i toshib kelardi, ko‘zlarimdan asta yoshlar quyula boshladi.Uning ovozidanmi, so‘zlarining ta’siridanmi bilmayman.Yig‘lagan sari yengillashardim.Qancha vaqt o‘tganini bilmayman.Bo‘shashdimmi, qo‘limdagi kasallik tarixi daftarlari tushib sochilib ketdiyu, uning ovozi to‘xtab, ilkis boshini ko‘tarib qaradi.O‘zim ham cho‘chib ketdim, shosha pisha daftarlarni yig‘a boshladim.Xonzoda! Uning tilidan ismimni eshitib, yuragim bir qalqib tushdi.Xuddi o‘g‘irlik ustida qo‘lga tushgandek duv qizarib ketdim.U men tomon kela boshladi.Uzr dedim g‘o‘ldirab.Sizni chalg‘itdim
Download 13,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish