Mavzu: Fe’lning tuzilish jihatdan turlari va yasalishi



Download 151,5 Kb.
bet5/10
Sana07.01.2022
Hajmi151,5 Kb.
#326975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ona-tilidan-mustaqil-ish (1)

5- amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yordamchi so’z turkumlari. Ko’makchi va yuklama.

1-ish turi. Quyidagi savol va topshirqlarni bajarib, bilimingiznii tekshirib ko’ring.


1.Ko’makchi deb nimaga aytiladi?

2. Sof ko’makchilar va ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar deganda nimani tushunasiz?

3. Ot ko’makchilar va fe’l ko’makchilarni izohlang.

4.Ko’makci ornida kelishik qo’shimchasi qo’llanadimi?

5. Yuklama nima?

6. Yuklamaning qanday ma’noviy turlari bor?

7.Qaysi yuklamalar o’zidan oldingi so’zga qo’shillib, qaysilari chiziqcha bilan, qaysilari alohida yoziladi?
2- ish turi. O’qing, ko’makchilarni topib, ma’nosi va vazifasini ayting.
1. Yunus Rajabiyning o’zbek muzika san’atini rivojlantirish uchun qo’shgan hissasi bebaho va ulkandir. (C. Karomatov.) 2. Goho ilon kabi buralib, Goh bo’linar mingta irmoqqa. (Mirm.) 3. Butun qo’shinda Navoiyga Musabekdan ko’ra sodiqroq kishini topish mahol edi.(L.Bat.) 4. Nag’alli og’ir etiklar endigina yoqqan qor ustida sabrsizlik bilan depsinishadi. (H.T.) 5. Shu yo’ldan jo’nagan po’lat parovoz , Xuddi shu yo’l uzra to’xtaydi sokin . (Mirm.) 6. Yoqub ...shoshilgancha Samarqand sari yo’l oldi. (K. Moiseyeva.) 7. Shu tariqa malika bu yerda qiyomga qadar bo’lar, keyin qal’aga qaytib ketar. (K. Moiseyeva.) 8. Rostgo’ylik bilan inson kamolotga yetishgay, Qo’sh til bo’lar el ichra odamlarning iloni. (Mirm.)
3- ish turi. O’qing, ko’makchilarni aniqlab, ularni asl ko’makchilar, ot-ravish ko’makchilar va ravish ko’makchilarga ajratib, o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birga uch ustun shaklida yozing.

1. Chevarasining surati kelgandan beri kampir oromini yo’qotdi. Toshkentga qarab talpinardi. (S.Ahm .) 2. Kosmonavt bo’lish uchun matematikani, fizikani yaxshi bilish kerak. (S.Ahm.) 3 Urushdan avval qanaqa yashagan bo’lsa, undan keyin ham o’zgarishsiz bir xil umr boshlandi. (S.Ahm.) 4. Navoiy she’riyat olamining ana shu sheri bilan bellashmog’i kerak. (L. Bat.) 5. Bola – chaqalardan tortib kampirlarga qadar barchasi dalada mehnat zavqini suradilar. (O.) 6. Qadimiy falakiyot olimlarning kitobati bilan tanisha borganing sari, ilgari senga muammobo’lib ko’ringan jumboqlarning sirini asta-sekin yecha borishing turgan gap. (K. Moiseyeva.) 7. Yolg’iz mayin, yengil shabboda Vodiy ishra tanho tentirar. Simob kabi tiniq havoda Shitirlashib yaproqlar titrar.(S.Ahm.)


4- ish turi.mashq. O’qing , ko’makchi otlarni va ot ko’makchilarni aniqlab , alohida –alohida ko’chiring, ular orasidagi farqni tushintiring.

1. Dokladchi o’ rtoq Azlarov mahsulot sifati haqida yolg’on gapirdi. (S. Ahm.)

2. U studentlar ichida eng yaxshi modalarni tanlab kiyar, sochini bo’lsa kuniga har xil prichyoska qilmasa , ko’ngli joyiga tushmasdi. (S. Ahm.) 3. So’zlari orasida ” Sug’d” va ” Xorazm” madaniyatlari, Navoiyning tili , Amudaryo to’g’oni masalalaridan boshlab, to atom bombasiga qadar turli mavzularda gap borar edi. (O.) 4. Ismoiljon Bashoratning qo’lidan chamadonchani olib, mashina tomonga yurdi. (S. Ahm.) 5. Po’latjon ariq bo’yida, o’rilgan pichanning ustida, chalqancha yotib ashula aytmoqda edi. (O. Yo.) 6. Kattakon bak oldida choy damlangan tunika choynakni cho’qqa qo’yib o’tirgan cholning yoniga tushib ketayotgan edi, uzoqdan mashina chirog’ini ko’rib to’xtadi. (S.Ahm.)
5- ish turi. Nuqtalar o’rniga sari, bilan, uchun, beri, keyin, qadar, dovur, ichra ko’makchilaridan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring, ularni qaysi kelishik shaklidagi so’z bilan kelganini ayting .
1. Yurak dala ... talpinardi. (Mirm.) 2. Umr- dono ... juda qisqa , tanbal ... keragidan ortiq uzun. ((Sh.) 3. U uyga yaqinlashgan ... bahona topishga shoshardi. (S. Ahm.) 4. Zebixon shu tariqa o’zini olisroqdan bir muddat namoyish qilib turgandan ... gavdasini g’alatiroq egib keskin burildi-da, ketdi.( S.Ahm.) 5. Majlis yarim kechaga... cho’zildi. ( Sh. Siddiqiy.) 6. Yunus Rajabiy xalq boyligini to’plab, besh tomlik kitob qilib nashr etdi va bu... besh bebaho haykal yaratdi. (S. Karomatov.) 7. Uzoqdan Navoiyning qorasi ko’ringuniga ... u amirning kelishiga ishonmasdi. (L. Bat.) 8. Zulmat ... nur yog’ilganday, huvillab turganda hovli bir nafasda shodlikka to’ldi. (S.Ahm.)

6- ish turi. O’qing . Yuklama va modal so’zlarni topib , ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarni izohlang.

1. Odam qo’ligina odamga abadiy haykal qo’yishiga ana o’shanda ishonganman . (S. Ahm.) 2. Aftidan, eshelon bu yerda to’xtamaydi. (I.P.) 3. Xuddi shu payt salomxona eshigi ohista ochilib, ustod ko’rindi. (O.Yo.) 4. Hali xabaringiz yo’qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku. (S.Ahm.) 5.Bizning faryodimiz hatto ota-onalarimizning ham qulog’iga kirmas edi! (A.Q.) 6. Mana, nihoyat , Dildorning qorasi ko’rindi. (S. Ahm.)
7- ish turi. O’qing, yuklama va modal so’zlarni topib, alohida-alohida ko’chiring, turlarini qavs ichida ko’rsating.
1. Toshkentdan kelgan har xil mutaxassislar proektni tuzish uchun ertagayoq cho’lga safar qilishadi. (O.) 2. Darhaqiqat, bugungi sayr umrbod esda qoladigan bo’ldi. (J. Abd.) 3. Nomini unutmas xalqlar, zamonlar, Jonajon shoirning baxti ham shu-da. (U.) 4. Balki shu turishda dunyoga keladigan yangi-yangi dalalarni, bog’larni, yaylovlarni ko’z oldiga keltirayotgandir? (J. Abd.) 5. Tiq etgan ovoz eshitilmas, faqat shamolda tebrangan terak barglarigina shitirlardi. (L. Bat.) 6. Giyoh unmagan joylarda kichik –kichik gulzorlar, shinam-shinam xiyobonlar, ikki qavatli uylar, hatto ko’chalar ham paydo bo’lgan. (J. Abd.) 7. Bu o’sha faollar majlisining natijasi edi , albatta. (J. Abd.) 8. Nima, men o’zim uchun ishlayapmanmi, rais buva? Boshqalarning ishiga aloqam yo’qmi? (H.G’) 9. Nihoyat, quyosh bulut orasini yorib chiqdi. (S.B.)
8- ish turi. Yuklamalar ishtirok etgan gaplarni ko’chirib, yuklamalarning tagiga chizing, turlari va ma’no xususiyatini izohlang.
1. Xuddi binoga yaqin joyda bir gurih odamlar doira qurib, o’yinlar tusha boshladilar. (J. Abd.) 2.Voy, ilm uvol emasmi, nega ishlamaysiz? Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko’ziga xunik ko’rinadi-ya!(A. Q.) 3.”Axir, tug’ilib o’sgan joyingiz Fayzoboddir-ku !” – dedi u. (M. Rasvo.) 4. Ammo tabiatida bir xil kiborlik ham mavzud-ki, bu, shubhasiz, hammaga yoqavermas, hatto, kishida bir oz hayiqish ham uyg’otadi. (J.Abd.)

5.Axir har bir davr o’z romantikasini yaratadi-ki! (J.Abd.)


9- ish turi. O’qing, yuklama va modal so’zlarni topib, morfologik tahlil qiling.
1.Xullas, akasiga teng keladigan yigit yo’qday edi dunyoda. (J.Abd.) 2. Mohidil uchun bu uchrashuv katta mukofot, albatta. (J.Abd.) 3. Aftidan, mustaqil hayot kechirmoqqa ilk bor qadam qo’yish ham kishida hayajon uyg’otar ekan. (J.Abd.) 4. Faqat Mastura xolagina qattiq mehr qo’yganidan, u bilan xuddi bemorga muomala qilganday juda muloyim va ehtiyotkorona so’zlashardi. (J.Abd.) 5. Axir jo’nar paytida xat yozishni ... va’da bermaganmidi? (J.Abd.) 6. Menimcha, ular mashinada ketdilar. (Yu.S.) 7. Xayriyat, shunaqa o’rtoqlaringiz ham bor ekan! (Sh.)
10- ish turi. Badiiy asarlar matni ustida ishlash.

Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish