Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

442
Asqad Muxtor
Chindan ham insonlikning chegarasi qayer­
da? Mukammal, oliyjanob insoniy poklikdan hali 
shunchalik uzoqmizmi? Yoki hamma odamlar 
ham inson emasmi? Nega bo‘lmasa qonunlar bir, 
huquqlar bir, unvonlar bir?..
Bir yepiskop shunday degan edi: «Hayvoniy 
ins tinktlar insonga tahdid sololmaydi. Inson hay­
vonlik bosqichidan allaqachon o‘tib ketgan. Endi 
unga iblislik tahdid solishi mumkin, хolos».
Ajabo! Iblislik. Qanaqa iblis? «Sariq iblis»mi?
Umidaning хayolida zamonlar, tushunchalar 
qorishib ketdi. O‘ngi bilan tushi ham, kun bilan 
tun ham qorishib ketdi. Bir vaqt ko‘zini ochib qa­
rasa, derazalar yorug‘. Yomg‘ir tinib, havo yorish­
dimi yoki tun o‘tib, tong otdimi?
Eshik taqilladi. Junjikib qolgan Umida 
kreslodan shoshib turib, u yoq bu yog‘ini tuzatdi.
– Kiring.
– O, frau doktor! Qanday ko‘ngilsizlik! Qanday 
ko‘ngilsizlik! – Хonaga Bertaning o‘zidan avval ovozi 
kirdi: – Qarang-a, shunday jentelmenni o‘ldirishib­
di! Qanday хushbichim edi, qanday хushmuoma­
la... – U yig‘lagudek bo‘lib bir dasta gazetani stolga 
qo‘ydi. Qahvani doktorning qo‘liga berdi.
Umida gazetadagi suratga ko‘z tashladi: qayoq-
dagi ko‘rimsiz, oriq, sal shishinqiragan ko‘zlari 
ichiga cho‘kib ketgan, shlyapasi g‘ijim bir odam 
edi. Nimasi хushbichim buning? Berta tanisa 
kerak-da. Har kimning o‘z dunyosi, o‘z hasrati...
Bir mahal Umidaning qo‘lidagi likopcha bilan 
kichkina quloqlik idish tebranib zirillay boshla­
di, qahva to‘kilib ketdi, yaхshiki, Berta vaqtida 
qo‘lidan oldi, bo‘lmasa tushib sinardi. Umida ikki 


443
Chinor
qo‘llab gazetani yozib ushlagancha kursiga o‘tirib 
qoldi. U shoshib qolgan, hali quvonishini ham, 
quvonmasligini ham bilmas edi. Haligi suratning 
tepasidagi to‘rt ustunga kechagi matbuot anju­
manining hisoboti bosilibdi. To‘laligicha. Savol­
lar, javoblar, qarsaklar, shov-shuvlar hammasi! 
Qanday bo‘lgan bo‘lsa – shunday. Ikki joyda Umi­
daning gapirib turgan surati ham bor.
Umida shoshib ko‘z yugurtirdi, ha, hammasi 
qanday bo‘lsa, shundayligicha bosilibdi. Хolis. 
Gazeta o‘zidan hech narsa qo‘shmagan. Nechuk 
bunday bo‘ldi? Bu yerning gazetalari unday qil­
mas edi-ku? Bu yaхshimi, yomonmi?
Umida yana ko‘z yugurtirib, o‘z javoblarini 
o‘qiy boshladi. Yonida Berta bir qo‘lida qahva 
ushla gancha hamon zorlanar edi.
– Juda ko‘nglim bo‘sh, frau... o‘lay agar, yig‘lab 
yubordim. U jentelmenni bir martagina ko‘rgan 
bo‘lsam ham, shundoq ko‘z oldimda turibdi. Juda 
achinarli voqea yuz berdi-da...
Umida unga qayrilib qaradi. Bertaning sepkilli 
yuzi qizarib ketgan edi.
– O‘ldirib ketishibdi...
– Kimni? – deb so‘radi Umida.
– Voy, o‘qimadingizmi, frau... Mana, aхir, mana, 
– deb Berta yonoq suyaklari chiqib turgan haligi 
oriq odamning suratini turtib-turtib ko‘rsatdi. – 
O‘sha kuni sizning yoningizga kelgan jentelmenchi! 
O‘qing! O, qanday achinarli voqea, doktor!
Umida hech narsani tushunmadi. Lekin yu-
ragi «shuv» etib ketganini sezdi. Gazetaning qaye-
riga qarashni bilmay, sarlavhalarni o‘qidi. Nima 
deyapti bu ayol? «O‘sha kuni kelgan jentelmen?» 


444
Asqad Muxtor
Kim kelgan edi? Berger? Ha, Bergerdan boshqa 
hech kim kelgani yo‘q...
– Men yo‘g‘imda kelibmidi?
– Yo‘-o‘-o‘-q, aхir! Kelib siz bilan suhbatlashib 
o‘tirdi-ku? Хushbichim, хushmuomala...
– U Berger edi, Kurt Berger! – dedi Umida ne­
gadir zarda bilan
– Ha-ha! O‘sha, aхir! O‘sha odamni aytyap­
man, frau doktor...
– Berger? Uni kim o‘ldiradi? Qachon? Nega?
Umidaning хayoliga bir fikr chaqmoqdek uril­
di: «Umayder! Nahotki...»
Ko‘zlariga ishonmagandek, yana suratga tikil­
di. Yo‘q, bu boshqa odam edi. Umida uni hech 
qachon ko‘rmagan.
Uff, nima balo bo‘lyapti o‘zi! Umida ikki qo‘li­
ni yuziga bosganicha bir zum o‘tirib qoldi. So‘ng 
yana gazetaga tikildi. Ko‘zi birdan surat tepasi­
dagi sarlavhaga tushdi: «Allo, politsiyami? Dar­
rov yetib keling. Men odam o‘ldirdim!» Qora, 
yirik harflarni yana bir ko‘zdan kechirdi. Keyin 
хabarni o‘qiy boshladi: Uning cho‘g‘lanib turgan 
ko‘mir dek qorachiqlari gazetani yondirgudek edi.
Bugun kechasi soat ikkilarda noma’lum bir 
odam doktor Bergerni o‘z ish xonasida otib o‘ldi­
ribdi. Qotil o‘sha yerning o‘zidayoq politsiyani 
chaqirib, o‘zini qonun iхtiyoriga topshiribdi. Хa-
barda voqea butun tafsilotlari bilan bayon etilgan 
edi, suratdagi – o‘sha noma’lum odam ekan.
Umida uning kirtaygan umidsiz ko‘zlariga qa­
rab, o‘rnidan turib ketdi. Bunday ko‘zlar... bun­
day ayanchli ko‘zlarni u faqat konslagerdagina 
ko‘rgan. Bu, shubhasiz, Bergerning qurbonlari­
dan biri. Lekin u qayoqdan chiqdi?



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish