466
Asqad Muxtor
di. Omadi kelib Lev Nikolayevich bilan uchra-
shish nasib qilsa, nima deyishini hali bilmay
di-yu, lekin nimadir uni o‘qday uchirib borar edi.
Osmon bulut. Kech kirmagan bo‘lsa ham,
qorong‘i, o‘rmonlar bulutdek qorayib turardi.
Qori tanish yo‘llardan dadil yurib darvozadan
kirib bordi. Uni hech kim qarshi olmadi. «Presh
pekt»ning qori kuralmagan, qo‘ra bo‘m-bo‘sh edi:
na muхlislar, na izvoshlar, na хizmatchilar. Qori
yaqinlashishi bilan tanish shiypon oldidagi ot
tezagidan bir gala olaqarg‘a ko‘tarildi. Hammayoq
huvillab yotar edi. Mulla Abdulahadning yuragi
orqaga tortib ketdi...
Uni kimdir qo‘ltiqlab darvozadan tashqariga
olib chiqib qo‘ydi.
– Ketdi, boyaqish, aхir ketdi, – dedi o‘sha ki
shi. Qori uning kim ekanligini bilmadi. Nariroqda
mujiklar hasratlashib turishardi:
– Kechasi qochibdi, yo rab, oхiri baхayr
bo‘lsin...
– Yasnaya Polyanadan bosh olib ketibdi.
Mulla Abdulahad o‘sha kuni Zasekada ham,
Kosaya Gorada ham o‘zini qayoqqa qo‘yishni
bilmay, maqsadsiz kezib yurdi, qayerga borsa
odamlar to‘planib «qochish» voqeasini gaplashi-
shar edi. Qori notanish odamlarning suhbatlariga
arala shib ketdi, sirli voqea gapirgan sari chuva-
lib, afsonaga aylanib borar edi. Lekin mulla Ab
dulahad bir narsani aniq biladi: bir Tolstoy bor!
Buyuk isyonkor, mag‘rur, baхtsiz Tolstoy bor!
Kechqurun bir gurungda qulog‘iga chalindi:
– Tarki dunyo qilib butхonaga ketibdi.
– U dunyoligini o‘ylash vaqti ham yetdi-da aхir.
467
Chinor
– Cherkov bilan yarashmoqchi emish.
Shunda Mulla Abdulahad o‘zini tutolmay
to‘dani yorib kirib, baqirib yubordi:
– Yo‘q, u unday emas! Bilmaysizlar, u unday
emas!
To‘dadagilar buni tushunadigan odamlar emas
edi, yelkalarini qisib, tarqab ketishdi.
– Hozir devona ko‘payibdi... – dedi bittasi ke
tayotib.
Mulla Abdulahad hujrasiga holdan toyib qayt-
di, qani endi uхlay olsa. Cho‘yan zavodining
idorasida хat ko‘chiruvchi bo‘lib ishlaydigan o‘ta
halol, kamgap Matveyning hujrasi chog‘roq bo‘lsa
ham, issiqqina, yorug‘, shinam edi. Mulla Abdu
lahad hukumatning beradigan bir so‘m yigirma
tiyinidan to‘qson tiyinini to‘lab, uch yildan beri
shu yerda turadi.
Uch yil. Keyingi kunlardagi hayajonli voqealar
bilan andarmon bo‘lib, Mulla Abdulahad sur
gun muddatining tamom bo‘lib qolayotganini o‘y-
lamabdi ham. Ilgarilar bu kunlarni qachon kelar
ekan deb zoriqib kutar edi. O‘sha kunlar yaqinla-
shib ham qoldi. Hademay ona yurtiga qaytadi. Qu
vonchi terisiga sig‘masligi kerak edi. Ketishiga bir
hafta qoldi-ya!.. Lekin negadir u osoyishta, butun
lay boshqa narsalarni o‘ylaydi. Uyiga qayt ganida
nima ish qiladi? Bola-chaqasini bag‘riga bosadi,
undan keyin-chi? Qozilik, qorilik endi zamonga
ham, o‘ziga ham erish tuyulsa kerak. Lev Nikola
yevichning kitoblarini tarjima qilishga urinib ko‘rsa
qanday bo‘larkan? Eplagancha, baholi qudrat...
Mulla Abdulahadning o‘ylari «qaytish» mavzu-
sida astoydil qaror topolmay, yana chetga burilib
468
Asqad Muxtor
ketdi. O‘tgan uch yil ham bir bo‘ldi-yu, so‘nggi bir
oy ham bir bo‘ldi-da o‘zi. Uch yilning qanchalik
behuda, ma’nosiz o‘tib ketganini o‘ylasa, endi o‘zi
ham hayron qolardi. Keyingi kunlar uning ha
yot haqidagi barcha tushunchalarini ostin-ustin
qilib, o‘zgartirib yubordi.
Yarim kecha bo‘lganda joy solib yotdi. Ertaga
juma edi.
Juma namozini ular Abdurahmon qori degan
bir boshqirdning hujrasiga to‘planib o‘qishar edi.
Abdurahmon bu yerga yapon urushidan keyin
surgun qilingan, boshqalari qorachoylar, no‘g‘oy
lar, chechenlar – o‘n ikki-o‘n uch kishi. Ko‘pchili
gi quvg‘indi. Ular Abdulahad qorini Hazrat deb
atashar, qiroatini yaхshi ko‘rishar edi.
Endi sujudga bosh qo‘yganlarida eshik birdan
ochilib, g‘o‘rillagan qahraton sovug‘i bilan Gvoz
dikov kirib keldi. Kirdi-yu, eshikka orqa o‘girgan
namozхonlarni ko‘rib, burchakdagi kursiga o‘tir
di, mo‘ylovida qotgan muzlarni terib, quloqchini
ni etagiga qo‘yib kuta boshladi.
Uning kirib o‘tirganini hamma sezdi, ko‘rmasa
ham tanidi, bu yerdagilar uni sharpasidan tanir
edilar. Jandarmeriyada bularni har oyda ro‘yхat
ga oladigan shu Gvozdikov. O‘z ishiga berilgan,
qotma ko‘zi o‘lik qo‘yning ko‘zidek jonsiz, for
ma kiymay, po‘stin bilan quloqchin kiyib yura
di. Uning kelishida bir gap bor. Namoz zohiran
davom etsa ham, aslida allaqachon qazo bo‘lgan
edi. Namozхonlar «omin» deb yuzlariga qo‘l tor
tishlari bilan Gvozdikov o‘rnidan turib:
– Janoblar! – dedi. – Men sizlarga vazir jano
bi oliylarining yangi buyrug‘ini yetkazish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |