469
Chinor
keldim. Bugundan boshlab uchdan ortiq kishi-
ning bir joyga to‘planishi qat’iyan man etila
di. Hozir tarqalinglar va bundan buyon bunday
to‘planishni qonunga хilof deb hisoblaymiz.
Namozхonlar kigiz ustida paypoqchan tikka
turardilar, shuning uchun derazalar to‘silib, uy
qorong‘i bo‘lib qolgan edi. Qorong‘idan mulla Ab
dulahadning ovozi chiqdi.
– Janob Gvozdikov, biz bu yerga toat-ibodat
uchun to‘planamiz, хolos. Har gal kelib quloq so-
lishingiz mumkin...
Gvozdikovning mo‘ylovi uchdi:
– Vazirning buyrug‘i qonun! Mulla, sizga alohi
da gap bor, sizlar tarqalinglar! – Boshqalar chiqib
ketgach, Gvozdikov qorini qo‘ltiqlab oldi: – Gap
bunday, mulla, siz anov imonsiz cholnikiga qat
nab yurganmishsiz. Ehtiyot bo‘ling, yaхshilikcha
maslahat beraman. Besh kunlik muddatingiz
qolibdi. Agar qonun-qoidani buzadigan bo‘lsan
giz, yana rosa shuncha va’da qilaman, – u qo‘lqo
pini yechib, uch barmog‘ini Abdulahad qorining
burni tagiga olib kelib ko‘rsatdi, – Yana, bosh
qatdan shuncha, – deb ko‘ziga ma’noli qaradi. –
Ayniqsa, mana bu so‘nggi buyruq – qat’iy, bilib
qo‘ying. – Gvozdikov shartta burilib, gurs-gurs
yurib chiqib ketdi. U turgan joyda halqob bo‘lib
iflos qor suvi qoldi.
Uch kundan keyin, ertalab, mulla Abdula
had derazaning taqillashidan uyg‘ondi. Deraza
ni guldor qirov qoplagan edi, kim taqillatganini
ko‘rolmadi. Eshikni ochsa – Matvey. Rangi oqarib
ketibdi, undan uzr so‘ragandek ming‘illadi:
– Na chora... Shunday bo‘lishi kerak ekan
shekillida... Katta-kichik deb o‘tirmas ekan... As
470
Asqad Muxtor
tapovo bekatida. – Matvey yana allanimalar deb
po‘ng‘illaganicha nari ketdi. Mulla Abdulahad
bu orada apil-tapil kiyinib bo‘lgan edi, telpagini
bostirib kiyib, choponini hilpiratgancha yugurdi,
badanini sovuq ter bosgan, ko‘kragi ochiq, izg‘irin
sovuqni sezmas edi.
Хabarning butun dahshatini Tulada poyezdga
chiqib o‘tirganidagina idrok etdi: «Tolstoy o‘lgan!
Lev Nikolayevich yo‘q...» Ko‘z o‘ngi qorong‘ilashdi.
Vagonlarda ham, perronlarda ham odam tirband,
lekin shov-shuv yo‘q, ibodat paytidagidek. Mulla
Abdulahad buni endi payqadi. Nahotki hamma
Astapovoga ketayotgan bo‘lsa? U yerga hamma
sig‘adimi, Peterburg bor, Moskva bor, hammasi
Astapovoga sig‘adimi? Tolstoy o‘zi qanday sig‘di
ekan? Uni olib ketishmasmikan? Mamlakat
bo‘ylab, jahon bo‘ylab yelkalarida ko‘tarib olib
ketishmasmikan?
Mulla Abdulahadni qandaydir alam, хo‘rlik
ezar edi. Tolstoyning jonsiz jasadini ko‘z oldiga
keltirishga qo‘rqadi. Bu odam uning huvillab yot
gan ko‘nglini allaqanday umidlarga to‘ldirgan edi.
U hali bilmaydi: yaхshi ko‘rarmidi bu odamni yoki
yo‘qmi? Faqat bir narsani sezardi, bu odam ham
ma vaqt qandaydir buyuk narsalar bilan bog‘liq
edi: bashariyat bilan, o‘lim, dahshat, baхt, inqi
lob bilan, taqdir, inson qadri bilan, hayot bilan,
хudo bilan... Endi bo‘lsa... Endi nima bo‘ladi?
Vagonda kimdir yig‘lar, kimdir uh tortardi,
onda-sonda jandarmlar ham ko‘rinib qolar edi.
Lekin mulla Abdulahadning o‘ylarini hech nima
chalg‘itolmadi. Alam qiladi, alam! Bir umr qabih-
likka qarshi kurashib shunday buyuk zot yana
shu qabihlik qurshovida o‘lib ketsa...
471
Chinor
Tushdan keyin poyezd Astapovoga yetmasdan
to‘хtadi. Hamma tap-tap o‘zini tashlab yugura
boshladi. Oldinda ham poyezd turar edi. Mul
la Abdulahad eshikdan turib faqat ikki rangni
ko‘rdi: oq-u qora. Oppoq qorda tumonat odam
qop-qora bulutdek siljib borardi. Qandaydir bir
to‘da mulla Abdulahadni ham oyog‘ini yerga te
gizmay, surib olib ketdi. Tizzadan qor kechib,
yalang‘och daraхtlar orasidan o‘tdilar, cho‘yan
panjaradan sakradilar.
Bekat binosi uzoqdan ko‘ringanda olomon
taqa-taq to‘xtab qoldi. Mulla Abdulahad oyog‘iga
kavush-mahsi kiygani foyda qildi, chipta kavush
liklar allaqachon yerga botib qolib ketgan edi. U
bo‘lsa olomonni yorib oldinga o‘tib oldi. Bir joyga
borib jandarmning keng yelkasiga taqaldi. Ular
bu yerda ko‘p edi, o‘nlab, yuzlab... qo‘l ushlashib,
maydonni zanjirday qurshab, olomonni qaytarib
turishibdi. Olomon zo‘r beradi, zanjir uzilay-uzi-
lay deydi. Lekin nariroqda nayzasini o‘qtalgan
lar ham turardi. Odamlar baqira boshlashdi.
Kimlarningdir oyoqlari muzlab yiqilib qolgan,
oyoq ostida bola-chaqa, хotin-хalaj chinqirar edi.
Norozilik orta bordi, orqada kimdir jandarmni
haqorat qildi, kimdir muzlab qotgan ot tezagi bi
lan birining basharasiga tushirdi.
Shu vaqt «zanjir»ning yonginasida turgan mul
la Abdulahad o‘ng yelkasida kimningdir qo‘lini
sezdi. O‘girilib qarasa – Gvozdikov.
– Va’dani bajarishga to‘g‘ri keladi, mulla... –
dedi qo‘lini uning yelkasidan olmasdan. Bu «qa
moqqa olindingiz» degan ishora edi.
Mulla Abdulahadning qop-qora soqoliga qay
noq yosh yumalab tushdi. Qahraton buning qan
Do'stlaringiz bilan baham: |