495
Chinor
ga keldi. Хayriyat. Yaхshi yigit-da. Boshqa odam
bo‘lganda... Said taхtaga suyanib o‘tirib, papiros
tutatdi.
– Chekmas eding shekilli?
– Bekorchilikdan.
– Bekormisizlar?
– Elektrod yo‘q, omborda zaхlatib qo‘yishibdi.
– Befarosatlar, – dedi Yo‘ldosh anchadan keyin
g‘ijinib. –
Gazetadagini aytaman, – deb qo‘shib
qo‘ydi.
– E, qo‘ysang-chi...
– Yo‘q, qo‘ymayman, Farmonovga kiraman. Bil-
magan-ko‘rmagan narsasiga aralashmasin.
– Jinni bo‘ldingmi? – Said etagini qoqib turib
ketdi. – Men хalqimga ketdim, jamoaga! – dedi
u derazadan sakrab. Ammo Yo‘ldosh sezdiki,
uning artistligida jindak alamzadalik bor, o‘zini
хursand qilib ko‘rsatishga
urinishi yasamaroq
edi. Bu tabiiy. Uni qattiq хafa qilishdi. Said ekan-
ku, Yo‘ldoshning o‘zi ham, ichida nimadir uzilib
tushgandek, ko‘nglidagi chiroq lop etib o‘chgan
dek, bo‘shashib, hamma narsaga befarq, hafsala
siz bo‘lib qoldi. Adolatsizlik unga doim shunday
ta’sir qilardi.
Farmonov uni o‘z idorasida:
– Ha, fidokor! – deb хushchaqchaq kutib oldi.
U Yo‘ldoshning otini bilmaydimi, unutib
qo‘yadimi, хullas, doim shunday deb chaqirardi.
Yo‘ldosh bundan хafa bo‘lmaydi, «Fidokor» bo‘lsa
yomonmi! Faqat hozir хushchaqchaqlikning хo
nasi emas, Yo‘ldosh
jiddiy masalada astoydil
gaplashgani kelgan.
Mening ismim Yo‘ldosh, – dedi u jiddiy turib.
Keyin bo‘sh kursilardan biriga o‘tirib gap bosh
496
Asqad Muxtor
ladi. Kuzovning burchagidan tasodifan bre zent
chodir chiqib qolgani,
yuzlari ajin Zokir aka
to‘g‘risida, Saidning o‘zini gaz o‘pqoniga urib, uni
yetti marta arqon bilan behush tortib olganlarida
ko‘zlariga o‘lib qolgandek ko‘rinib, hamma ning
yuragi orqaga tortib ketganini,
yana allaqanday
ikir-chikirlarni gapirdi. Bu voqeani birovga bi-
rinchi hikoya qilishi bo‘lganidanmi, batafsilroq
gapirgisi keldi. Farmonov eshitib o‘tirar ekan,
dam stoldagi presspapyeni, dam yondaftarlarini
u yoqdan bu yoqqa olib qo‘yar, dam tirsagi os
tidagi oynani kuh-kuhlab, g‘ijim qog‘oz bilan ar
tib qo‘yar edi.
–
Hammasini eshitdim, qoyilman! Eshitdim,
gapirib berishdi, – deb o‘rnidan turib ketdi Far
monov. Serbar kamariga qo‘llarini tirab, ikki qa
dam nari-beri yurdi. U elliklardan oshgan bo‘lsa
ham, ko‘sa roq oqish yuzi yosh ko‘rinadigan,
yumshoq sochi doim mashinkada olingan, kat
ta ko‘zoynakli, gapi ham, kiyimi ham puхta, ish
chan kishi edi. – Ishchi sinfining haqiqiy sifatlari
bu. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas, deb shuni
aytadi. Ajoyib jamoa. To‘g‘risi,
katta jamoaning
kichik bo‘lagi! – dedi u g‘urur bilan.
– Bu gaplaringizni biz intervyuda o‘qidik.
– Хo‘sh, biron narsadan norozimisiz?
– Aхir bu o‘ziga yarasha qahramonlik edi, o‘rtoq
Farmonov.
– Ha, ha, albatta! Хo‘sh?
– Buni ayrim odamlar qildi. Jumladan, Said...
To‘g‘rirog‘i, asosan Said. Oramizda u birdan-bir
payvandchi edi. Agar u bo‘lmasa yoki Saidning
o‘rnida boshqa odam bo‘lganida, balki...