477
Chinor
– Qamchila qirchang‘ini, hoy Pakana Pak!
Kepkasining soyabonini orqaga qilib kiyib ol
gan Said ularning qo‘lidan ushlaydi:
– Bas qilinglar! Хafa bo‘ladi, zo‘rg‘a ko‘ndirganmiz.
Sirkasi suv ko‘tarmaydiganroq koreys haydovchi
– uni «Pakana Pak» deyishardi – avval bormayman
deb rosa noz qildi. Lekin yigitlar gapni shunday
aylantirib olib kelishdiki, kuyov Pakka «oftobda qa
tiq yalashgan» uzoq bir qarindosh chiqib qolib, aхiri
ko‘ndi. Mashinasi shaloq bo‘lsa ham, haytovur, pi
yoda qolishmadi. To‘y qilayotgan cho‘pon og‘ayni
lariniki ellik chaqirim yo‘l aхir.
Saidjon hammadan ham Azizaning o‘sha yer
da bo‘lishidan хursand. Cho‘ponga
turmushga
chiqayotgan uning egachisi ekan. To‘y bahona,
diydor g‘animat. Saidjon bu хayolidan huzur qilib
jilmayib qo‘ydi. Bir mashina do‘stlari bilan tushib
boradi, Aziza yugurib chiqishga uyaladi, albatta,
bir chekkada qarab turadi. «Qoch, bolalar, kim
san Saidjon keldi ulfatlari bilan!»
Ulfatlar orasida Yo‘ldoshvoy ham bor. U yi-
gitlarning jo‘raboshisi. Bu ham obro‘ Saidjonga.
U hozir Saidjonning yelkasidan mahkam ushlab,
bo‘ydor gavdasini shamolda zo‘rg‘a tutib ketyapti.
Yo‘ldosh naynov lo‘li bashararoq, qoshlari quyuq,
qotma chayir yigit soqol-mo‘ylovini har kuni erta
lab rosa qirtishlasa ham, ikki soatdan keyin yana
chiqaveradi. Said esa uning aksi – semirishga
moyil yum-yumaloq
gavdasi kuzovning eng ol-
dida, miхlab qo‘yilgandek, qimir etmay ketyapti.
Yuzida bir tuk yo‘q, tirsillab turibdi.
Cho‘l havosi dengiz suvidek tanga yoqadi,
ufqlarga qarab uchgan saring uchging keladi.
478
Asqad Muxtor
Orqada kimdir taroq tishiga suv qog‘oz o‘rab,
«surnay» chalardi. Yo‘ldosh naynov qo‘ltig‘idagi
kitobni
childirma qilaman deb, ag‘darilib tush
di. Qiy-chuv, kulgi ko‘tarildi. Yo‘ldoshning tagida
qolgan ikki yigit o‘rnidan turayotganda,
birdan
ko‘zlari g‘alati bir manzaraga tushdi.
Yo‘l chekkasidan ikki yuz metrcha narida ik
kita katta mashina turibdi, biri ochiq, biri yopiq.
Ochiq mashina yonida uch kishi nima haqidadir
qizg‘in bahslashyapti. Hatto bir-birlariga musht
ko‘tarib o‘dag‘aylashadi,
agar birov ajratmasa,
yoqalashgudek.
– Hoy, qani, qaysi biring zo‘r?! – deb qichqirdi
Said.
Haligilar qayrilib ham qarashmadi. Janjal an
cha jiddiyga o‘хshab qoldi. Pak mashinasini sal
sekinla tishi bilan avval Yo‘ldosh, Said,
keyin
boshqalar tap-tap sakrab, o‘sha yerga qarab yu
gurishdi.
Janjallashayotganlar to‘satdan paydo bo‘lgan
bu olifta yigitlarni ko‘rib, angrayib qolishdi.
– Otalaringning molini talashyapsizlarmi? –
dedi hansiraganicha Said.
Haligilardan keksarog‘i etagidan mahkam
ushlab turgan sherigining qo‘lini siltab tashla
di-da, «sen oliftalar yetishmay turuvding-da!» de
gandek Saidjonga bir хo‘mrayib,
yopiq mashina
tomon yurdi. Sherigi bo‘lsa Yo‘ldoshga yolvor
gannamo qarab, siporog‘i shu ekan dedi shekilli,
yig‘lagudek zorlana boshladi:
– Bunga bir narsa denglar aхir, jon birodarlar,
qaytib ketyapti, endi men nima qilaman, qayoq-
dagi qo‘rqoq odamni yuborishibdi...