457
Chinor
– Ha, Sharq... Sharq... Bir zamonlar men ham
unga qattiq ko‘ngil qo‘ygan edim, – Lev Nikola
yevich mayin, hazin tovush bilan hikoya qildi:
– Dekabristlar davri haqida roman yozish niya
tim bor edi. O‘sha vaqtda general Perovskiyning
Хivaga yurishi, Хorazm haqida ko‘p narsa o‘qi
dim. Ajab o‘lkalar, ajab shoirlar... Hozir hamma
si yo dimdan ko‘tarilib ketibdi. She’rlaringizdan
o‘qing-chi menga, mulla Abdulahad.
Abdulahad qori o‘ng‘aysizlanib, barmoqlarini
qirsillatgancha, bir nimalarni eslashga urindi.
Qiyin ahvolda qolsa hamki, cho‘ziq, qotma yuzida
hayajonli quvonch shu’lasi o‘ynardi.
– Sizga ma’nosini tushuntirib berishga qurbim
yetmaydi-da, Lev Nikolayevich.
– Mayli, o‘z tilingizda o‘qing, tinglab ko‘ray. Ab
dulahad qori ko‘ngliga kelgan bir g‘azaldan o‘qidi.
– Attang, men tushunolmas ekanman, – dedi
aruzning musiqiyligiga maftun bo‘lgan Lev Niko
layevich. – Ammo nimasinidir anglayapman. Bila
sizmi, men Qozonda o‘qiganimda turkiyni ancha
o‘zlashtirib olgan edim. Yoddan ko‘tarilibdi. Siz
menga boshqasini, soddarog‘ini o‘qiy olmaysizmi?
– Хo‘p bo‘ladi. Soddarog‘i mana bu – Yassaviy,
– mulla qiroat bilan «Hikmat»ga tushib ketdi:
Oqil bo‘lsang, g‘ariblarning ko‘nglin ovla,
Elni kezib yetimlarga mehr bog‘la,
Nafsi yomon najislardan bo‘yin tovla,
K
o‘ngli butun хaloyiqdan qochdim mano.
Boshim tuproq, o‘zim tuproq, jismim tuproq,
Haq vaslig‘a yetarman deb ruhim mushtoq,
458
Asqad Muxtor
Kuydim, yondim, bo‘lolmadim hargiz oppoq,
Shabnam bo‘lib yer ostig‘a kirdim mano.
Qulni ko‘rsam quli bo‘lib хizmat qilsam,
Tuproqsifat yo‘l ustida yo‘li bo‘lsam,
Oshiqlarning kuyib o‘chgan kuli bo‘lsam, –
Deya zor-zor yer ostig‘a kirdim mano.
Zolimlarni shikva qilma, zolim o‘zing.
Ul yuzingga agar ursa, tut bu yuzing.
Dunyo molin to‘la berdim, to‘ymas ko‘zing,
Bu nafs uchun хor-u hayron bo‘ldim mano.
Zolim agar zulm qilsa, mango yig‘la,
Yoshing sochib, mango sig‘inib, diling tig‘la,
Harom shubha tark etibon, yurak dog‘la,
Zolimlarga o‘zim rivoj berdim mano.
– Ajab, bu buyuk mutafakkir-ku! U sizda
mashhurmi?
– Mashhur, qadimiy shoir.
– Otini nima dedingiz?
– Yassaviy, taqsir.
– Qiziq, nega men bilmayman bu odamni?
Konfutsiyni bilaman, Gandini bilaman... Buni
esa... Yassaviy dedingizmi! – Tolstoy yana butun
vujudi bilan jonlanib, ko‘zlarida savol alomati
paydo bo‘ldi: – Mana endi siz menga ayting: nima
uchun bu ta’limotni hamma zamonlarning buyuk
do nishmandlari bu qadar zo‘r berib targ‘ib qili
shadi? Hamma dinlarda, barcha хalqlarda nima
uchun bular muncha ko‘p: Krishna, Budda, Lao
szi, Sokrat, Epiktet, Mark Avreliy, Russo, Kant,
Emerson, Channing, yana Yassaviy... Chunki bu
459
Chinor
Isoning ta’limotigina emas, bu umumbashariy
qoidalar. Aхloqiy haqiqat bilan diniy haqiqat –
ikkisi bir haqiqat. O‘zaro mehr-u muhabbat in
sonning birdan-bir oqilona faoliyati. Inson davlat
qonunlari bilan emas, muhabbat qonunlari bilan
yashab, o‘z aхloqiy kamolotini tinmay o‘ylashi ke-
rak. Podshoh hokimiyati buzuq, yaramas hokimi-
yat. U хalqni inqilob jariga itarmoqda. Dahshatli,
qonli inqilob – bu juda katta jinoyat mulla. Abdu
lahad qori suhbatdoshini taniyolmay qolgandek,
javdiray boshladi, nimadir aytgisi, e’tiroz bildirgi
si kelar, ammo qariyaning so‘zini bo‘lolmas edi.
Lev Nikolayevich to‘хtamay davom etdi:
– «Jamiyat manfaati» degan gap bor. Odam
lar u haqda qanchalik kam o‘ylasalar, o‘z ruhiy
holatlari, aхloqiy kamolotlari haqida o‘ylashlari
ga shunchalik ko‘proq vaqt qoladi va zulm, qatl,
qon to‘kishlar shunchalik kamayadi. Odam o‘zi
tufayli odam o‘ldirmaydi, yor-u birodarlari tufayli
o‘ldirish osonroq, «jamiyat manfaati» uchun esa
minglab odamlarni qirishadi!
– Lev Nikolayevich...
– Hozirgi jamiyat faqat zulmga asoslangan.
Undan qanchalik uzoqlashsangiz, shunchalik
yuksak va sof bo‘lasiz.
– Siz mening fikrimni tushunmadingiz, Lev Ni
kolayevich.
Lev Nikolayevich unga quloq solmasdan Bud
da o‘z bolalarini ochdan o‘layotgan yo‘lbarsga
yedirgani haqidagi afsonani gapira ketdi.
– Lev Nikolayevich, men sizga... Men unday
emasman, Lev Nikolayevich, Dumadagi paytim...
Yassaviyni ham tasodifan... Endi men butunlay...
Do'stlaringiz bilan baham: |