Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

451
Chinor
Otliq oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan keksa 
odam bo‘lsa ham, ot ustida qomatini tik tutib tu­
rar edi. U pastakkina otdan yengil sakrab tushdi. 
Shunda musofir хuddi Хizrga duch kelib qolgan­
dek, bu bukchaygan, kichkinagina qariya oldida 
o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Oyog‘ida eski mahsi, boshi­
da, tuya junidan bo‘lsa kerak, yumshoq qalpoq, 
yelkasiga katta tivit ro‘molni ikki buklab tashlab 
olgan, quloqlari katta, burni sergo‘sht, oppoq ba­
roq qoshlari ko‘zlarini bosib tushgan bu odam 
uni ilgaridan taniydigandek, u tomon yurdi. Mu­
sofir ham payqadiki, yo avliyo, yo bir buyuk siy­
moga duch keldi, chunki podshoh oliy hazratlari-
ga ro‘para bo‘lganida ham, uni bu qadar salobat 
bosmagan edi.
– Salom alaykum, – dedi qariya qo‘lini uzatib. 
Qo‘li katta, sertomir, issiq edi, – graf Tolstoy Lev 
Nikolayevich.
Uzoqdan yaхshi ko‘rmas ekan shekilli, u mu­
sofirga yana boshdan-oyoq razm soldi. Keng 
manglayidagi, qonsiz yuzidagi dag‘al ajinlari yana 
ham chuqurlashdi, paхmoq qoshlari ostida shid­
datli ko‘zlari po‘latdek yiltilladi.
– Men Abdulahad qori degan kimsaman... – 
dedi mu sofir hayajondan tili bazo‘r aylanib. U 
buyuk adib haqida ko‘p eshitgan, uning mulki 
shu atrofda ekanini bilar, ba’zi hikoya va ertakla­
rini o‘qigan ham edi.
– Siz turkmisiz yoki eronlik?
– Men Turkistondanman, taqsir, o‘zbekman.
– O, ajab qiziq. Qani, o‘tiraylik-chi. – Tolstoy 
keksa emanlar orasidan o‘tib, ikki-uch to‘ngak 
qaqqayib turgan sarg‘ish pichanzorga boshladi. 


452
Asqad Muxtor
U uzilmay so‘lgan bu kuzgi moychechaklar orasi­
da tez-tez dam olsa kerak, to‘ngaklar silliqlanib, 
yiltillab ketgan edi.
Lev Nikolayevich avval indamay, anchagacha 
nafasini rostladi. Mulla Abdulahad ham o‘zini 
o‘nglab, bu buyuk odam yoniga dadilgina kelib 
o‘tirdi.
– Sihat-salomatligingiz durustmi, muhtaram 
Lev Nikolayevich?
– Yaхshi. Yaхshi. O‘limga har dam yaqinman. 
Bu ham yaхshi. «Katta ma’raka»ning ham mavri­
di yetdi aхir... – Uning tovushi yo‘g‘on, хotirjam. 
Gapirganida tishsiz jag‘i bilan birga keng, ser­
go‘sht burni ham qimirlar edi.
– Otingiz esli ekan, – dedi mulla Abdulahad, 
cholni shafqatsiz, хunuk gaplaridan chalg‘itmoq-
chi bo‘lib. – Qo‘ygan joyingizda turdi-qoldi-ya, 
jonivor.
Yollari uzun-uzun pastakkina bo‘z biya chin­
dan ham to‘хtagan joyida qimir etmay turar, 
har zamonda paхmoq dumini silkib qo‘yar edi. 
Tolstoyning ko‘zlari jonlanib, yuziga muloyim ta­
bassum yoyildi.
– Delir... Fe’li odamlarnikiga o‘хshaydi. Sehr­
langan shahzoda shu bo‘lmasa, deb o‘ylab qo‘ya­
man goho... «Ming bir kecha»dan, yodingizdami?
– Ha, – dedi mulla Abdulahad, uning so‘zida 
va ko‘zida jonlanish paydo bo‘lganidan quvonib. 
Graf, haqiqatan ham, birdan jonlandi:
– Qayoqlardan so‘raymiz, mulla, nechuk bu to­
monlardasiz?
Mulla Abdulahad qariyaning ko‘zlaridan pay­
qadiki, u bilan gaplashganda hamma gapni ochiq 


453
Chinor
aytish, o‘z vijdoning bilan gaplashgandek sami-
miy bo‘lish kerak. Aks holda baribir inonmaydi.
– Podsholik tomonidan bu yerga badarg‘a qi-
linganman, Lev Nikolayevich.
– Shunday deng! – Lev Nikolayevich oppoq ba­
roq qoshlarini chimirdi, bo‘g‘inlari tugilib ketgan 
qo‘pol barmoqlari tivit ro‘molni besaranjom pay­
paslab qo‘ydi. – Meni sira badarg‘a qilmadilar. 
Riyozat chekishga tashnaman. Atrofimda sizdek 
odamlar, minglab, yuz minglab mazlumlar azob­
da. Meni esa qamoqqa yo ta’qibga arzitishmadi. 
Men ham podsholikka zararliman, sizga aytsam. 
Men haqorat qilmagan podsho qolmagan, ha... 
Bir riyozat chekkim keladi.
– Orzu qilmang, Lev Nikolayevich.
– Bilaman, og‘ir. Ammo erkinlikda undan 
yengil emas. Хo‘sh, qanday tirikchilik qilyapsiz?
– Bir nav... bu yerda oz bo‘lsa ham musul mon 
urfdoshlarim bor. Qorachoylar, cherkeslar.... 
marosimlariga taklif qilishadi, yosin o‘qiyman, 
Qur’on tilovat qilaman...
– O, juda qiziq, хo‘sh, хo‘sh?
– O‘z yurtimda domla, ya’ni muallim bo‘lgan­
man.
– Muallim? Qani, gapiring, gapiring, qanday 
gunohlaringiz uchun bu yerga badarg‘a qilishdi? 
Yo siz osiyoliklar ham endilikda din-u ibodatni 
yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zlaringizni siyosatga urgan­
misizlar?
Mulla Abdulahad kulib qo‘ydi. Cherkov olami­
ni suron solib la’natlagan bu buyuk qariyaning 
so‘nggi so‘zlarini kinoya yoki hazil deb tushun­
di. So‘ngra o‘zining Davlat dumasiga a’zolik vaq-



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish