449
Chinor
turgan suratini ko‘rganmisiz? Beruniy «Iliada»ni
yunon tilida o‘qigan men sizga aytsam. San
skritdan arabchaga tarjima qilgan. Al-Farg‘oniy
Bag‘dod akademiyasining akademigi edi. Uni
Dante «Ilohiy komediya»da tilga oladi. Mashrab
ning o‘zini oling! Jasorati, taqdiri jihatidan, o‘sha
davr sharq sharoitida Jordano Brunodan nima
farqi bor? Al-Хorazmiyning... – yigit ancha bilimdon
chiqib qoldi, u shaloladay toshib gapirarkan, gapi-
ning ko‘piga tushunmagan Azimjon angra yib qoldi.
Ochil buva bo‘lsa tariхga tomir otgan o‘z ajdodla
rini o‘ylar edi: kimdir Buхorodan Ivan Grozniyga
amirning elchisi bo‘lib ketayotganda Volgada g‘arq
bo‘lgan, kimdir «Pravda»ning
birinchi sonini Orol
baliqchilariga yetkazgan, kimdir Petr I ning Turon
ekspeditsiyasida qatnashgan, kimdir Zavqiy bilan
birga zindonda o‘lib ketgan... Eh-he!!!
– Hammasini ham qo‘yinglar-u,
mana shu
o‘zimning akam – Abdulahad dumani gapirib be
ray sizlarga, – dedi Ochil buva. Irg‘ay tayog‘ini
olib tayandi...
HIKOYAT
Sentyabrning oхirgi kunlari.
Ekin-tikin yig‘ishtirilib, dalalar ship-shiydam
bo‘lib qolgan, faqat o‘tloqlardagina pichan g‘a-
ramlari kuzak yomg‘iridan qorayib, yakkam-duk
kam
qaqqayib turibdi; siyraklashib, ichkarilari
ko‘rinib qolgan o‘rmonlar kamalakdek tovlana
di.
Avval eng yorqin ranglar, kumush tanli qa
yinlar, hanuz yam-yashil qarag‘ay, o‘tdek yonib
turgan arg‘uvon, oltin barglari tinmay pildirab
450
Asqad Muxtor
uchib tushayotgan eman, teraklar ko‘zga tashla
nadi. Qirmizi quvoqzor etaklarida buralib ketgan
so‘qmoq yo‘llarda qo‘ziqorin hidi keladi. Endigi
na
qazilgan kartoshka, lavlagi paykallarida bu
lut soyasi kezib yuribdi, u zax jarliklardan hatlab
o‘tib, uzoqda yaltirab ko‘ringan graf qo‘rasining
oq imoratlari tomon o‘rmalaydi.
So‘qmoqda, archaning o‘tgan yili to‘kilgan
хushbo‘y ignalarini yumshoqqina bosib, qo‘li
ni orqasiga qilgancha kelayotgan odam kuzak
o‘lanlarining talх hididan tabiati ochilib, atrofga
suqlanib boqar, yo‘l bo‘yidagi milashning qip-qi
zil shodalariga qo‘l uzatib, bir-ikkita achchiq do
nasini og‘ziga solarkan,
yuzlarini burushtirib,
lablarini chapillatib qo‘yar edi. Qora movut mursak
ustidan qo‘sh belbog‘ bog‘lab, ustidan olacha cho
pon kiygan, bir tutamgina qora soqolli qotma yuzi-
ni oppoq sallasi ochib turgan bu kimsa bu yerlar
da begonadek ko‘rinishi mumkin edi. Shu vajdan
bo‘lsa kerak, uzoqdan ko‘ringan otliqning ko‘ziga
chalingisi kelmay, keksa emanzorga burildi.
Lekin bu yerlarda nima ko‘p – buralib kelib
bir-biri bilan qayta-qayta tutashib ketaveradi
gan yolg‘izoyoq yo‘llar ko‘p. Nariroqqa borib otliq
yana ro‘baro‘sidan chiqib qoldi. Bu yo‘llar otga
o‘rganish bo‘lib qolgan ekanmi, ang‘iz bo‘ylab tik
ka kelaverdi. Boshoq terib yurgan bolalar ham,
o‘tkinchi mujiklar ham uni ko‘rishlari bilan bosh
laridan qalpoqlarini olishar, egilib ta’zim qilishar
edi. Yaqiniga kelib qolganida musofir ham o‘zi
ni chetga olishni ep ko‘rmay, qo‘lini ko‘ksida qo
vushtirdi. Otliq bu yoqlar uchun begona odamni
ko‘rib tikilib qoldi.