2-SINF
I. Dars mavzusi: So'z va bo'g'in.
II. Darsning maqsadi:
a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarda so'z va bo'g'in to'g'risidagi tushunchalarni shakllantirish, so'zlarni bo'g'inga to'g'ri ajratishga o'rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni vatanga, tabiatga, oilaga bo'lgan muhabbat ruhida tarbiyalash, she'rlar orqali tinchlikni qadrlashga o'rgatish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, nutqini rivojlantirish, og'zaki va yozma savodxonligini oshirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: so'z, bo'g'in, unli tovush.
IV. O'quvchilar egallashi lozim bo'kgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- so'z haqida bilish;
- bo'g'in haqida bilish;
- bo'g'inni qayedan hosil bo'lishini bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- so'zlarni bo'g'inga ajrata olish;
- so'zda nechta bo'g'in borligini topa olish;
- gaplardagi so'zlarni bo'g'inga ajrata olish.
V. Darsning metodi: Aqliy hujum, "Qarsaklar" metodi, "So'zda nechta bo'g'in bor" o'yini.
VI. Dars shakli: amaliy mashg'ulot,suhbat
VII.Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo'llaniladigan vositalar: 2-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar.
IX. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: Nutq. Matn. Gap mavzusi.
Aqliy hujum: Nutq insonlarga nima uchun kerak?
X. Yangi mavzu bayoni.
A) o'quvchilarga avvalo "So'z" va " Bo'g'in" to'g'risida ma'lumot berish.
O’qituvchi: Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig'indisi bo'g'in deyiladi.
B) 96 - mashq. So'zlardan gap tuzish va bo'g'inlardan so'z tuzish va yozish.
Paxta - bizning boyligimiz. Dala, Aziza, paxta ( da - la, A - zi - za, pax - ta).
C) Har bir bo'g'inda unli tovush bo'ladi.So'zda nechta unli tovush bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'lsa shuncha bo’g’in bo’ladi.
D) 97-mashqdagi she’rning ahamiyati haqida bolalarga so’zlab berish. 98-mashqni bajarish.
E) 99-mashqdagi she’rni o’qish.
O’zbekiston ona yurt
Dunyoda durdona yurt
Xalqi tanti, mehnatkash
Do’stlikda yagona yurt.
So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib, chiziqcha bilan ajratib yozish, uch bo’g’inli so’zlarning tagiga chizish.
XI. Mustahkamlash uchun metodlar: “Qarsaklar” metodi. Ushbu metod o’quvchilarga so’zni bo’g’inga ajratishda birmuncha qulayliklar tug’diradi, ya’ni o’qituvchi bir so’zni aytib, unda nechta bo’g’in borligini qarsak yordamida aniqlaydi. Shundan so’ng mashqni o’quvchilar takrorlaydilar.
Masalan: O’z – be – kis – ton. 4 ta qarsak.
“So’zda nechta bo’g’in bor “ o’yini.
Bu o’yin xattaxtada yozma ravishda bajariladi. Oldingi qatordagi partaga turli raqamlar yozilgan varaqalar teskari qilib terib q’yiladi. O’quvchilar 5-6 kishilik guruhlarga bo’linib, birin-ketin varaqalarni olishib, unda ko’rsatilgan raqamlar bo’yicha shuncha bo’g’inli so’zlarni xattaxtaga yozib boradilar.
2 – daftar
3 – Karima
4 – navbatchilik
5 – sabzavotchilik va hokazo tarzida.
XII. Uyga vazifa: Mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |