- DARS TURI:YANGI BILIM BERUVCHI DARS USLUBI:INTERFAOL DARS JIHOZI:4-SINF ONA TILI DARSLIGI
- MAVZUGA DOIR RASMLAR,DIDAKTIK TARQATMALAR,MAVZUIY KO’RGAZMALAR,
- 1. TASHKILIY LAHZA-3min
- 3. O`TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH- 5 min
- 4. “O’YLAB YOZING” O’YINI- 5min
- 5. YANGI MAVZU BAYONI- 5min
- 6. DARSLIK ASOSIDA ISHLASH- 10 min
- 7. DAM OLISH DAQIQASI- 2min
- 8. “LOLA SAYLI” O’YINI-3min
- 9. “O`YLA, IZLA, TOP” O’YINI- 3min
- 10. “QUSHLARGA G’AMXO’RLIK ” O’YINI-3min
- 11.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH- 3min
- 12. O’QUVCHILARNI BAHOLASH-2min
- 13. UYGA VAZIFA BERISH -1min
- Dars kichik guruhlarda ishlash tarzida olib boriladi.O’quvchilar davomati aniqlanadi.
- O`quvchilar bilan psixologik iqlim yaratish maqsadida quyidagicha savol- javob o`tkaziladi.
- O’qituvchi: Hozir o’lkamizda qaysi fasl?
- Hozir o’lkamizda bahor fasli. Mart ,aprel,
- may bahor oylari hisoblanadi.
- O’qituvchi:Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?
- Bahor faslida kunlar isiy boshlaydi.
- Tez-tez yomg’ir yog’adi. Gullar ochiladi. Qushlar uchib keladi.
- Daraxtlar kurtak chiqarib gullaydi.
- O`quvchilar sizlar bilan savol- javob o`tkazib olamiz
- 1)Kishilik olmoshlarini ayting?
- Men,sen,u,biz,siz,ular kishilik olmoshlaridir.
- 2) Kishilik olmoshlari qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
- Kishilik olmoshlari kim?,kimlar? so`roqlariga javob bo`ladi
- 3) Kishilik olmoshlari nimani bildiradi?
- Men,sen,u olmoshlari bitta shaxsni,biz,siz,ular olmoshlari ko’p shaxsni bildiradi.
“O’ylab yozing”o’yini -
- I-guruh o’quvchilari: Men,Sen olmoshlariga qaratqich, tushum kelishigi qo’shimchalarini qo’shib yozing.
- II-guruh: Biz,Siz olmoshlariga jo’nalish,kelishigining qo’shimchalarini qo’shib yozing
- III-guruh:U, Ular olmoshlariga o’rin-payt,chiqish kelishigi qo’shimchalarini qo’shib yozing
-
- YANGI MAVZU BAYONI
- O’quvchilar ushbu rasmlar asosida bolalar qanday harakatlarni bajarayotganliklarini topamiz.
- Bolalar nima qilishyapti?-Bolalar cho’milishyapti.
- Akbar nima qilyapti?- Akbar rubob chalyapti.
- Otabek nima qildi?-Otabek yugurdi.
Fe’l –so’z turkumi - Shaxs-narsa harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’llar nima qildi?,nima qilyapti?,nima qiladi? so’roqlariga javob bo’ladi.Fe’llar gapda kesim vazifasida keladi. Fe’llarning tagiga ikki to’g’ri chiziq chiziladi.
- 368- mashq
- Matnni o’qish.Ajratilgan so’zlarni ko’chirib,qavs ichida so’rog’ini yozish.
- Yashashardi (nima qilishardi?),
- yig’ladi (nima qildi),
- og’riyapti (nima qilyapti?),
- tepdi (nima qildi?),
- achindi (nima qildi?), yirtildi (nima qildi?), qiynayverdi (nima qildi?),
- qochishdi (nima qilishdi?).
-
- 369-mashq
- Matnni o’qish.Soroqlar yordamida fe’llarni aniqlash.Fe’llarni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chirish.
- Akamning oldiga(nima qildim?)bordim. Uyimiz(nima bo’ladi?) buziladi.
- Teatr(nima qilinadi?) quriladi.
- Akam(nima qildi?) ko’chib ketdi. Akam(nima qildi?) berdi.
- Suratini(nima qildim?) ko’rib qoldim
- Odamimni(nima qildim?) topdim.
- “LOLA SAYLI” o’yini O`quvchilar lolalarning piyoziga ziyon yetkazmasdan uzish o`yini tarzida berilgan fe’llar ishtirokida gap tuzish topshirig’ini bajaring
- Namuna: o’qidi- Anvar kitob o’qidi.
- Fe’llar: yogyapti, o’ynadi, yozmoqda,adashdi, kuylamoqchi,ekyapti,arraladi,sayrayapti,bormoqchi.
“Oyla,izla,top”o’yini - O`quvchilar berilgan bo’lishli fe’llarni bo’lishsiz shakldagi fe’llarga aylantirib yozish topshirig’ini bajaring
- Namuna:aytdi-aytmadi
- Foydalanish uchun so’zlar:
- Keldi,boryapti,kuyladi
- o’ynayapti,yozdi,yugurdi,
- supurdi,tozalayapti…
- “Qushlarga g’amxo’rlik” o`yini
- O`quvchilar berilgan otlarga mos keluvchi fe’llarni tanlab, gaplarni to`ldirib yozing.
- O’quvchi (nima qildi?)-……………
- Qushlar (nima qilyapti?)-……………
- Shifokor(nima qiladi?)-………………..
-
-
- Mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish:
- 1) Fe’l deb nimaga aytiladi?
- 2) Fe’llar qaysi so`roqlarga javob bo`ladi?
- 3) Gapda qaysi bo`lak vazifasini bajaradi?
- 4) Fe’llar qaysi paytdagi ish harakatni bildiradi?
- Uyga vazifa:
- 370-mashqni bajarish
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |