Mundarija
Kirish..........................................................…...................................3
I BOB. O’quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish va ularni o’rganishga mantiqiy yondashish.….…………………………….……………6
1-§.Tushunchalarni shakllantirish asoslari..............................................6
2-§.Matematik tushunchalarni ta’riflash................................................13
II BOB. Umumiy o’rta ta’lim maktablari geometriya kursida to’rtburchaklarga oid mavzularni o’qitish samaradorligini oshirish………..24
1-§.To’rtburchaklar turlarini o’rganish metodikasi...............................24
2-§.To’rtburchak turlari xossalarini o’rganish bo’yicha isbotlashga doir masalalardan namunalar.............................................................................35
Xulosa………....…………………………………………........................44
Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................46
Kirish
Xalq ta’limi rivojlanishidagi hozirgi davr-muhim davrlardan bo’lib, ,,Ta’lim to’g’risida”gi qonun ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish va singdirishdan iboratdir. Bu hujjatlar ta’lim sohasida jamiyat ehtiyojini to’la qondirishni nazarda tutadi.
Ma’lumki matematika moddiy dunyoning obyektlarini o’rganadi, lekin boshqa fanlardan farqli o’laroq, uning shakllari asosiy obyekt sifatida qaraladi.
Matematika o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol topishida o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’nalganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantirib boradi.
O’quvchi yoshlarni hozirgi zamon talablariga to’la javob bera oladigan, o’tkir zehnli, qobiliyatli kishilar qilib yetishtirish maktablarimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir.
Mavzuning dolzarbligi. Fikrlash madaniyatini o’stirishda maktablarimizda matematika fani, xususan geometriyani o’qitish katta ahamiyatga ega. Ammo maktablarda geometriya sistematik kursini o’qitish shu kursning talablariga javob bera olmaydi.
Ayniqsa, ko’pchilik o’quvchilar mustaqil mantiqiy fikr yuritishda juda ham qiynaladilar, geometrik tushunchalarning ta’riflarini to’g’ri ifodalay olmaydilar. Isbotlashning mohiyatini, isbotni izlash yo’llarini aniq tasavvur eta olmaydilar. Geometrik jumlalar va ularning tarkibiy qismlari orasidagi bog’lanishni ro’yobga chiqara olmaydilar. O’quvchilarning matematik nutqlari talabga javob bermaydi.
Bunday kamchiliklarni kelib chiqishi ko’p jihatdan geometriya o’qitishning qanday tashkil qilinishiga bog’liq.
Tajribalar geometriya darsini tashkil qilishda odat tusiga kirib qolgan bir qator kamchiliklar mavjudligini ko’rsatmoqda. Jumladan, har bir darsda o’tilgan mavzuni so’rash va baholash bosqichida ,,O’tgan darsda qanday tushunchalarni o’rgandik?” ,,Bu tushunchaning ta’rifini kim aytadi?”, ,,Yana kim takrorlaydi?”, yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida esa ,,Bugun qanday tushunchani o’rgandik?”, ,,Buni kim aytadi?”, ,,Yana kim takrorlaydi?”, uyga vazifa berishda esa ,,…paragrifni o’qib keling”, ,,…nomerli masalalarni yechib keling” degan jumlalar qayta-qayta takrorlanadi. Bu esa o’quvchilarda zerikish uyg’otadi va ko’pincha ularning o’rganayotgan fanni tamomila tushunmasliklariga sabab bo’ladi.
Ushbu Kurs ishi aytib o’tilgan kamchiliklarni tugatishga bag’ishlangan bo’lib, tadqiqot predmeti umumiy o’rta ta’lim maktablari geometriya kursini o’qitishda to’rtburchaklar turlariga oid bilimlarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |