Chigʻatoy ulusi — Mo'g'il imperiyasidan son'g 1266-yilda Oʻrta Osiyoda tashkil topgan moʻgʻil davlati. 1340 yilda ikki qismga boʻlinib ketgan. Chingizxonning oʻgʻli Chigʻatoy nomiga atalgan. Chigʻatoy ulusining rasmiy diniga Islom dini aylangan.
Chingizxon tomonidan 2-oʻgʻli Chigʻatoy va uning merosxoʻrlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chigʻatoy ulusiQashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan.
Koʻchmanchilik bilan shugʻullanuvchi moʻgʻullarning oʻtroq aholini boshqarish tajribasi yoʻqligi bois Chigʻatoyxon oʻziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, soʻngra uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238—89) topshiradi. Oʻzi esa umrining oxirigacha ukasi Oʻqtoy qoonsaroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat koʻrsatadi. Chigʻatoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Qoraqurumga joʻnatilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qoʻshinxarajatlari yoʻlida sarf qilish huquqiga ega boʻlgan. Chigʻatoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan moʻgʻullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat moʻgʻul bosqoqlari, dorugʻalari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan.
Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud boʻlgan soliqlardan tashqari moʻgʻullar joriy qilgan yangi soliq va oʻlponlarni toʻlashga majbur edi. Oxir oqibat Chigʻatoy ulusining qishloq va shaharlarida moʻgʻullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (qarang Maxmud Torobiy qoʻzgʻoloni). Chigʻatoy vafotidan soʻng Manguqoon va Botuxon Chigʻatoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Joʻjivorislari oʻrtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxtiQoraqurumda boʻlib oʻtgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chigʻatoy xonzodalarning koʻpchiligi Oʻktoy qoonavlodlari qatori qatl qilingan.
Chigʻatoy ulusini Mangu qoon va Botuxon boʻlishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram boʻlib qolgan. 13-asrning 60- yillarida Chigʻatoyning 6farzandi Baydarning oʻgʻli Olgʻu (1261—65) chigʻatoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olgʻu vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda boʻlish maqsadida musulmondinini qabul qilganlar.
. 1266 yil Chigʻatoy ulusi xoniqarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga koʻchiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu koʻrsatmasiga muvofiq Masʼudbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Fargʻona vodiysida yangi shahar — Andijongaasos solinadi. Kebakxon (1318—26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga koʻchiriladi, qad. Nasaf yaqinida Qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi maʼmuriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Fargʻona va Qashqarda — oʻrchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga oʻtiladi
Ammo moʻgʻul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida oʻtkazilgan maʼmuriy va moliyaviyislohotlarsiyosiy tarqoklikka barham berishga qodir emas edi. 14-asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi Movarounnahr va Moʻgʻulistonta boʻlinib ketgan. 1370 yil Movarounnahrda Amir Temursaltanatining oʻrnatilishi chigʻatoiylar hokimiyatiga barham berdi.м