11-mavzu: Movarounnahr CHig‘atoy ulusi tarkibida.
Reja:
1.CHingiziylar davlatining tashkil topishi va Movarounnahr CHig‘atoy ulusi tarkibida.
2.CHig‘atoy ulusi-ma’muriy tuzilishi va boshqaruvi
3.CHig‘atoy ulusida iktisodiy munosabatlar.
Adabiyotlar
1. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. – T.: SHarq, 2000.
2. Sagdullaev A., Aminov B.B., Mavlonov O‘.M., Norqulov N. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.
3 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari / Mas’ul muharrirlar: D.A. Alimova, E.V.Rtveladze. – T.: SHarq, 2001.
4. Rtveladze E. Sivilizvsii, gosudarstvo, kulturы Sentralnoy Azii.
– Tashkent, 2005.
5. Sagdullaev A., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.– Toshkent: Akademiya, 2006
6. Klyukova O.YU. Istoriya mongolov. – M., 2008.
6. .Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana: V 3-x t. / Otv. red. E.V. Rtveladze, D.A. Alimova. – T.: Uzbekistan, 2009.
7. Boboev H,Xidirov Z va b, O‘zbek davlatchiligi tarixi ( I-II)kitob.T.,”Fan va texnologiya” 2009.
8. The Modern State: Theories and Ideologies. – Edinburgh University Press, 2007.
9.Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.- T.; YAngi asr avlodi, 2012.
10. Vohidov SH., Qodirov A. SHarqning mashhur sulolalari. – T.: Akademnashr, 2013.
11. Karaev O. CHagatayskiy ulus. Gosudarstvo Xaydu. – Bishkek: Kыrgыzstan, 1995.
12. Biran M. Qaidu and the Rise of the Independent Mongol State in Central Asia. – Great Britain: Curzon Press, 1997
13. B. Eshov O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi 1-kitob .Toshkent 2019, 363-377 betlar
14..A. Sagdullayev O’zbekiston tarixi 1-kitob .Toshkent 2019, 548-558 betlar
15..A. Sagdullayev O’zbekiston tarixi 1-kitob .Toshkent 2021, 535-545 betlar
O‘rta asrlarning manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mug‘ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo‘lib o‘tadi. YOzma manbalarda mug‘ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908 y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mug‘ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog‘lanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Temuchin 1155 yilda tug‘ilgan bo‘lib, boy mug‘ul zodagoni Esugay Bahodirning o‘g‘lidir XII asr o‘rtalariga kelib Baykal ko‘li atrofi, hozirgi Mug‘uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko‘pchiligi Esugay Bahodir ta’siriga o‘ta boshlaydilar. Egusay tatar va markit qabilalariga qarshi urushlar paytida 1185 yilda xoinona o‘ldirilgandan so‘ng tashabbus uning o‘g‘li Temuchin qo‘liga o‘tadi. Temuchin 1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib faqat mug‘ullarnigina emas, ular bilan qo‘shni bo‘lgan tatar, markit, kerayit, jaloyir, nayman, uyg‘ur, qorluq kabi ko‘plab qabilalarni o‘z qo‘li ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi
1206 yilning bahorida Mug‘ulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida o‘z hokimiyatining to‘liq mustahkamlab olgan Temuchin mug‘ullarning umum qurultoyini chaqiradi
Temuchinning tarafdorlari – mug‘ul zodagonlari to‘plangan bu qurultoyda u oliy mug‘ul hukmdori – xon deb tantanali e’lon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga “CHingizxon” degan faxriy nom beradi (“CHingizxon” – kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi).
Qurultoyda CHingizxon o‘z tug‘i – bayrog‘ini ko‘tarib, o‘nta lavozimni joriy etadi va uni o‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti qilib belgilanadi. YAngi mug‘ul davlati – Eke Mung‘ol ulus ( Buyuk mug‘ul davlati ) deb atalib uning boshqaruvi “Altan urug” (Oltin urug‘) qo‘liga o‘tdi.
O‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan CHingizxon o‘z harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshladi. U 1209 yilda tang‘utlarni, 1211 yilda uyg‘urlarni, 1215 yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt CHjundu (Pekin) shahri bilan birgalikda o‘ziga tobe qilib oldi.
XIII asr o‘ninchi yillari oxiriga kelib SHarqda ikkita yirik davlat – Xorazmshoh – Anushteginlar va CHingizxon davlatlari mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar edi. CHingizxon 1219 yilda o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshladi. Bu kuchlar o‘sha yili yozni Irtish daryosi bo‘yiga o‘tkazib, sentyabr oyida chegaradan o‘tadi. CHegaradan o‘tgan CHingizxon o‘z qo‘shini bilan janubiy qozoq cho‘llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O‘tror shahri yaqiniga to‘plab uni to‘rt qismga bo‘ladi. CHig‘atoy bilan O‘qtoy qo‘shinning bir qismi bilan O‘trorni qamal qilib egallash uchun qoldiradi. Ikkinchi qism esa Jo‘ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, YAngikent, Borchilig‘kent, Sig‘noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi. Uchinchi qismga Uloq nuyon va Suketu CHerbu bosh bo‘lib O‘trordan janubga, Xo‘jand va Banokatni egallash topshiriladi. CHingizxonning o‘zi bosh bo‘lgan asosiy to‘rtinchi qism yirik shaharlar-Samarqand va Buxoroni egallash uchun yo‘l oladi.
Bu yurishlar natijasida 1219 yilda O‘tror, Jand, YAngikent, Borchilig‘kent, 1220 yilda Xo‘jand, Buxoro, Samarqand, 1221 yilda Termiz va Urganch shaharlari mug‘ullar tomonidan bosib olinadi. Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va “Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, “Qubbatul Islom” nomini olgan Buxoro, “Sayqali ro‘yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi shaharlar talon-taroj qilindi
Ba’zi shaharlar, masalan, O‘rtor, Sig‘noq, Borchilig‘kent kabilar uzoq vaqtlargacha dashtu-biyobonlarga aylanib qoldi. SHu davrda yashagan arab tarixchisi ibn al-Asirjug‘ul (1160-1244 yy.) mug‘ul bochqini dahshatlarini shunday ta’riflagan: “Ular (mug‘ullar) hech kimga shafqat qilmadilar, aksincha, xotinlar, bolalar, erkaklarni o‘ldirdilar, homilador xotinlarning qorinlarini yorib, tug‘ilmagan go‘daklarni nobud qildilar.
Bu musibat to‘lqinlari turli tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy bo‘lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg‘ar va Balasag‘un kabi viloyatlarni vayron etib, qirg‘in qilib, talon-taroj qilib egalladi.
SHunday qilib talon-tarojlik urushlari natijasida XIII asr 20-yillari o‘rtalariga kelib CHingizxon SHarqda SHimoliy Xitoydan G‘arbda Amudaryogacha bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1227 yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang‘utlar ustiga yurish paytida CHingizxon vafot etadi. CHingiziylarning harbiy yurishlari natijasida 1260 yilda tarixdagi ko‘chmanchilarning yirik davlatlaridan biri – SHarqda Amurdan Sariq dengizgacha, G‘arbda Dunaydan Evfratgacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi.1203 yildayoq mug‘ullar davlatida hali bir tizimga ega bo‘lmagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihatlar) larni jamlagan edi. “Buyuk yasoqlar” yoki CHingizxon yasoqlari (mug‘ullar – zasoq, yosun) “qoida”, “qonun” degan ma’noni anglatadi. YAsoqlar to‘la holatida 1206 yilgi mug‘ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va 1225 yilda so‘nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy ma’lumotlariga ko‘ra, yasoqlar uyg‘ur yozuvida tumorlarga (o‘rog‘li qog‘ozlarga) yozilgan bo‘lib, “YAsoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”) deb nomlangan. Bu qog‘oz o‘ramlari nisbatan obro‘li bo‘lgan shahzodalarda saqlangan. YAsoqlarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. Uning ayrim qismlari qisqartirilgan holda Juvayniy, Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi.
“YAsoq”qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quydagicha bo‘lgan:
1. Hukmdor (xon) “yasoq”qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi
va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bo‘lsa, xonni umrbod qamash
mumkin bo‘ladi.
2. CHingizxon mug‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun
barchaga to‘la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod
etiladi.
3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‘lganliklari uchun ham, urush vaqtida
ularning gunohlari kechirilishi lozim.
4. Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash
5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqatkilmaslik
O‘rta asrlar tarixi tadqiqotchilarning ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, CHingizxon qonunlarining asosiy maqsadi feodallashayotgan davlat talablariga javob beradigan huquqning yangi tizimini tashkil etish edi.
YAsoqlarga rioya qilish nafaqat davlatdagi har bir fuqaroning, balki xonlarning ham majburiyati edi. Ta’kidlash joizki, YAsoqlar asosan ko‘chmanchi hayot turmush tarzini ifoda etgan.
Mug‘ullar tomonidan bosib olingan ko‘pgina hududlar, xususan, qadimdan o‘zining huquqiy an’analariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqdarini yangi qonunlarga bo‘ysundirish nihoyatda og‘ir edi. CHunki, asrlar davomida o‘troq madaniy hayot kechirgan xalqlar ko‘chmanchilar an’analarini qabul qila olmas edilar.
YAsoqlarda ijtimoiy-xo‘jalik va madaniy hayotning ko‘pgina tomonlari o‘z aksini topmagan, ayrim qoidalar esa musulmon diniy huquqlari va mahalliy aholi an’analarni inkor etar edi. SHuning uchun ham YAsoq tarafdorlari va mahalliy aholi o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar bo‘lib turgan.
Mug‘ul bosqini, umuman olganda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy tuzimni o‘zgartira olmagan bo‘lsa-da, ko‘p hollarda dasht an’analarining jonlanishiga yo‘l ochib berdi va ko‘pchilik bo‘ysungan xalqlarning siyosiy va xo‘jalik hayotiga yangi yo‘nalishlarni olib keldi.
Mug‘ullar tomonidan barpo etilgan imperiyaning davlat boshqaruvi borasida imperiya xon urug‘ining xususiy mulki, degan prinsip hukmron edi. Davlat boshqaruvidagi bu o‘ziga xoslikni o‘z vaqtida Juvayniy shunday ta’riflagan edi: “Tashqaridan qaraganda boshqaruv va mamlakat bitta shaxsga ishonib topshirilgan bo‘lsa-da, aslida o‘sha shaxsning barcha ota tomonidagi qarindoshlarni (erkaklar) erlarga va umumiy boylikka birgalikda egalik qiladilar”.
O‘rta asrlar manbalarida mug‘ul jamiyatidagi xon hokimiyati umumiy ko‘rinishda qo‘yidagicha beriladi: ona o‘z bolasiga g‘amxo‘rlik qilgani kabi, xon ham o‘z qaramog‘idagilarga va qo‘shinlarga g‘amxo‘rlik qilishga majbur. Uning qaramog‘idagilar va qo‘shinlar esa, hukmdorni o‘z otasi deb hisoblaydilar.
SHuningdek ular hukmdorga sidqidildan buysunishlari, xoinlik qilmasdan xizmat qilishlari hamda uning hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z jonlarini qurbon qilishga rozi bo‘lishlari lozim
Mug‘ullar davlatida xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor edi:
1.Xon hukmdor urug‘ining boshlig‘i va qaram vassallar hukmdori sifatida butun mamlakat, uluslarga tegishli hududlar ustidan oliy huquqqa ega bo‘lib, uning asosiy vazifasi – mamlakatni tashqi dushmanlardan qurolli himoya qilish edi.
2.Xon urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqiga ega bo‘lib, mamlakat qo‘shinlarining oliy boshlig‘i edi.
3.Xon boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarini ham boshqargan.
4.Xon o‘z qaramog‘idagilarni qatl etish va omon qoldirish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatdagi bosh qozi vazifasini ham bajargan.
5.Xon qonunlar chiqarish hamda jamiyatning barcha a’zolari bajarishi lozim bo‘lgan farmonlar chiqarish huquqiga ega bo‘lib, jamoat tizimi va tartibni saqlash vazifasini bajargan.
Boshqaruvning qadimgi mug‘ul an’analariga ko‘ra, davlatdagi oliy hokimiyat xon qo‘lida bo‘lgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona manba – oltin urug‘ (Altan urug) hohishi bo‘lib, oltin urug‘ o‘z xohish – istagini shahzoda va aslzodalarning Qurultoyida ifoda etgan.
Oltin urug‘ning har qanday a’zosi o‘z fazilatlari bilan shahzodalar va oliy aristokratiya tomonidan xon bo‘lishga lozim topilsa, xon bo‘lib saylangan. Mug‘ul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman unvonlar berish ta’qiqlangan.
Abul Faraj va Juvayniyning “YAsoq”larni sharhlashiga ko‘ra, “podsho taxtiga o‘tirgan kishiga faqat bitta xon yoki qoon unvoni beriladi. Uning aka-uka va qarindoshlari faqat o‘zining nomi bilan ataladi.”
“YAsoq”larning bu qismiga juda qattiq rioya qilingan bo‘lishiga qaramay, XIV asrning o‘rtalaridan boshlab Jo‘ji va CHig‘atoy uluslarida sulton unvoni ishlatila boshlandi.
Mug‘ul an’analariga ko‘ra, yangi hukmdorni saylaydigan butun mug‘ul qurultoyi chingiziylar urug‘ining yoshi eng ulug‘i yoki vaqtincha hukmdor tomonidan chaqirilgan. Qurultoy vaqti oldindan belgilangan va choparlar orqali barcha uluslarga xabar berilgan.
Belgilangan vaqt va aniqlangan joyda ulkan imperiyaning barcha uluslaridan shahzodalar va ularning qarindosh-urug‘lari, malikalar, kuyov-ko‘ragonlar, obro‘li no‘yonlar, amirlar, amaldorlar, shuningdek, mug‘ullarga bo‘ysungan hukmdorlar o‘zlarining qimmatbaho hadya va tortiqlari bilan etib kelganlar.
Qurultoy bir necha hafta davom etgan (mas., 1229 yilda 40 kun, 1246 yilda 4 hafta va hok.)
Mug‘ullarda hukmdor xon davlat boshqaruvidagi oliy hukmdor bo‘lib, an’anaga ko‘ra, xon hokimiyati umumiy manfaatlar, jamiyatdagi barqarorlik va adolatlilik kafolati bo‘lgan.
Hukmdor xonadonining har bir voyaga etgan a’zosiga, jumladan hukmdorning beva qolgan xotiniga imperiyaning umumiy hududidan ma’lum sondagi hunarmandlar va dehqonchilik tumanlari berilgan. Ulardan kelgan foyda mulk egasining saroyi va qo‘shinlari ehtiyojini qondirishga sarflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |