521
Chinor
Qizning yal-yal yongan yonoqlari yo‘l bo‘yi ko‘z
o‘ngidan ketmadi, kafti esa o‘tdek qizir edi...
Yo‘ldosh bugun yana qolipchi Normat, labo
rant Olga, хumdondagi Zarif degan bolalarnikiga
borishi kerak edi. Bormay qo‘ya qoldi. Baribir ish
chiqmaydi: Normat hozirgi rassomlarning surat
larini kolleksiya qiladi, botinka ipiga puli bo‘lma
sa ham, so‘nggi chaqasiga borib surat oladi. Har
dam olish kuni shaharda. Olga bo‘lsa... Uni qan-
daydir general yaхshi ko‘rib qolgan. Uning hozir
klub-mlubing bilan ishi yo‘q. Generalga nima deb
javob berish kerak – qarindosh-urug‘ini yig‘ib,
shuning maslahati bilan andarmon. Zarifni hozir
o‘tirgan joyidan bigiz bilan cho‘qilab ham chiqa-
rib bo‘lmaydi; u kombinatning tariхini yozyapti...
Lekin Farmonov o‘z topshirig‘ini unutmagan
edi. U ertasigayoq Yo‘ldoshni chaqirtirib, bosh
barmog‘ini ayilday keng sariq kamari ostiga suq
di. Bu uning «Хo‘sh?» degani bo‘lardi. Yo‘ldosh
chaynalibroq gapirdi, lekin hamma haqida bir-bir
to‘хtab, klub mashg‘ulotlariga kelmaslik sababla
rini batafsil aytib berdi.
– Bu deyman, ularni oqlagani keldingizmi,
nima balo? – dedi Farmonov «fidokor»ning gap
ohangidan norozi bo‘lib, – yo ular sizni dallol qilib
yuborishdimi?
– Yo‘q, nega, men bo‘lgan gapni gapiryapman.
Har birining o‘z g‘ami, o‘z quvonchi, olam-olam
tashvishi, manfaati...
– Men sizni shaхs manfaatini emas, jamoa
manfaatini himoya qiling deb, yuborgan edim,
– Farmonov хafa bo‘lsa ham, og‘irgina gapirdi,
u kamdan-kam qizishar edi. – Yo‘q, bu gapla-
522
Asqad Muxtor
ringizning birontasini ham uzrli deb bo‘lmaydi.
Ro‘yхat qilib bering, chora ko‘rish kerak.
– Siz ularning qanday odamlar ekanini bilsan
giz edi, o‘rtoq Farmonov... – dedi Yo‘ldosh yalin
ganday.
– Bilgim ham kelmaydi, intizomidan ko‘rinib
turibdi kimligi. Ularning har qaysisi: men bosh
qalarga o‘хshamayman, men alohidaman deb
o‘ylaydi. Yo‘q, ukam, biz hammamiz birmiz, biz
yakdilmiz, biz jamoamiz, ha!
– Shunday-ku, lekin har birining qalbiga kirib,
qo‘yniga qo‘l solib ko‘rsangiz...
Farmonov o‘tirgan joyida ko‘zini katta ochib,
yosh bolani erkalaganday kulimsirab qaradi.
– Bilasizmi, ukam, mening qo‘limda ikki ming-
uch minglik jamoalar ishlagan. Agar har bir
odamning qalbiga kirib chiqaversam, butun um
rim kirdi-chiqdi bilan o‘tardi. Rahbar degan hech
vaqt har bir shaхsni alohida tarbiyalay olmaydi,
akasi, buning uchun qudratli jamoa bor. Jamoa
bizning qo‘limizda katta qurol.
«Qurol emas, bu sizga niqob!» – deb yuborishi
ga sal qoldi Yo‘ldoshning. Keyinroq o‘zini bosib,
o‘ylasa: yaхshi ham aytmagan ekan, naq Said
ning gapi bo‘lib chiqardi. Yo‘ldosh endi Said
ni nafratsiz yodga ololmaydi. Shuncha savlat,
shuncha chiroyli gaplar bari puch ekan, uning
jamoa yuziga oyoq qo‘yib ketishi Farmonov oldida
Yo‘ldoshning tilini qisiq qilib qo‘ydi.
– ...Har biri bir olam emish-a!.. – davom etdi
Farmonov. – Har kim o‘zini alohida olam deb hi
soblasa, jamoa nima bo‘ladi? Kitob o‘qiganmisiz,
akasi?
523
Chinor
Yo‘ldosh Farmonovning nima demoqchi ekan
ligini tushunmay, kiftini qisdi. Garangsib chiqib
ketdi.
Farmonovning yoshlar bilan ishlash ishti-
yoqi har zamonda хuddi isitmadek хuruj qilib
qolar edi. Keyingi vaqtlarda avji pasaydi shekilli,
Yo‘ldoshni chaqirtirmay qo‘ydi. Aytishlariga qara
ganda, qandaydir хo‘jalik ishlari bilan juda qattiq
band emish.
Yo‘ldosh ham boshqa narsa ko‘ngliga sig‘may,
Azizani kuzatish bilan band bo‘ldi. Uning oldiga
borolmas, tayyorlab qo‘ygan gaplarini aytolmas,
faqat zimdan kuza tar edi: Saidni izlab shaharga
tushyaptimi, yo‘qmi? Yo‘ldosh uchun hozir eng
muhim narsa shu edi.
Bahor o‘tib, yoz quyoshi cho‘lni shafqatsiz
qovjirata boshladi. Oqshomlari shaharchaning
zarang bog‘ida havaskor orkestr hammaga ta-
nish bo‘lib ketgan kuylarni chalar, yosh-yalang
o‘zi ning sirli ishlari bilan band, faqat Yo‘ldosh
yolg‘iz, Azizaning derazasi tagida aylanar edi. U
qizni uchratib gaplasholmasa ham, ko‘ngli ancha
tinchib qolgan edi. Azizaning shaharga tushgani
ni ko‘rmadi ham, eshitmadi ham.
Bu orada kombinatda ham keramzit seхi ish
ga tushib, ancha o‘zgarishlar, yangiliklar yuz
berdi. Yangiliklarning muhimi shu ediki, kombi
natga хomashyo tashiydigan yangi yo‘llar ochish
uchun yoshlardan brigadalar tuzila boshladi.
Shunday brigadalardan birini tuzish Yo‘ldoshga
topshirildi. Yangi, notanish yerlarga ko‘chish, o‘z
tengi yosh-yalang bilan dala-dashtda chodir qu
rib yashash, katta pul ishlash hammani qiziqti
Do'stlaringiz bilan baham: |