Bajardi : Bazarbayev Suhrob Tekshirdi : Alimqulov Nusrat Mavzu : Yer yuzi litosfera plitalari ,Materiklar , Qit’alar, Orollar , Yarim orollar , Okeanlar, Dengizlar , Qòltiqlar ,Bòģizlar haqida umumiy tushuncha Mundarija - Kirish
- Asosiy qism
- Yer usti litosfera plitalari
- Materiklar va Qit’alar
- Orollar va yarimorollar
- Okean va uning qismlari haqida tushuncha .
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Yer yuzida yashaydigan kishilar hayoti tabiatga juda bog‘langan. Inson o‘ziga kerakli bo‘lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Odamlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan narsalarni tabiatdan olish uchun mehnat qilishadi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida Yer yuzi tabiatida o‘zgarishlar, ba’zan zararli o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiat ifloslanadi. Bularning oldini olish uchun Yer yuzining turli joylarida va butun geografik qobiqda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish kerak. Yer usti litosfera plitalari Litosfera plitalari tektonikasi. 1968- yilda amerikalik bir guruh olimlar (L. R. Sayks, J. Oliver va b.) yangi mobilizm, ya’ni „litosfera plitalari tektonikasi“ giðotezasini e’lon qilishdi. Bu Beruniy, Vegener g‘oyalari asosida yaratilgan eng so‘nggi, mukammal giðotezadir. Okean tubi tadqiqotlari, kosmik tasvirlar tahlili, aniq geodezik o‘lchovlar va boshqa manbalardan olingan yangi ma’lumotlar natijasida litosfera plitalarining turli tomonga, har xil tezlikda harakatlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga yuqori mantiya va astenosfera qatlamlaridagi moddalarning uyurmali harakati sababdir Materiklar va qit’alar Materik — tektonik tuzilishiga ko‘ra bir butun yirik quruqlikdir. Yer yuzida oltita materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya. Materiklarni o‘rganish Afrikadan boshlanadi. Chunki u tabiatining barcha xususiyatlariga ko‘ra takrorlanmas hamda o‘ziga xos bo‘lgan materikdir. So‘ng Avstraliya, Antarktida, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyo ketma-ket o‘rganiladi.Shuningdek, Yer yuzi oltita qit’a — Afrika, Avstraliya, Antarktida, Amerika, Yevropa va Osiyoga ajratilgan. Qit’a — kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-madaniy tushunchadir. Qitʼa quruqlikning katta va yaxlit qismidir. "Qitʼa" tushunchasining yagona tarʼifi mavjud emas, shuning uchun Yer sayyorasidagi qitʼalar soni turli taʼriflarga koʻra turlichadir. Eng keng tarqalgan kelishuvga koʻra Yerda yetti qitʼa mavjud: Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida, Yevropa hamda Avstraliya. - Qitʼa quruqlikning katta va yaxlit qismidir. "Qitʼa" tushunchasining yagona tarʼifi mavjud emas, shuning uchun Yer sayyorasidagi qitʼalar soni turli taʼriflarga koʻra turlichadir. Eng keng tarqalgan kelishuvga koʻra Yerda yetti qitʼa mavjud: Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida, Yevropa hamda Avstraliya.
Orollar va yarimorollar - Orol suv bilan oʻralgan subkontinental yer boʻlagidir. Orollar okean, dengiz, koʻl, daryolarda boʻladi. Geografik yoki geologik aloqador orollar guruhiga arxipelag deyiladi. Qitʼalardan tashqarida joylashgan orol okeanik orol deyiladi. Shuningdek sunʼiy orollar ham mavjud.
- Yarim orol — uch tomoni suv bilan oʻralgan va faqat bir tomondan materik yoki orolga tutashgan quruklik yer. Koʻpincha Yarim orol geologik jihatdan materik bilan bir butunni tashkil etadi.
Okean va uning qismlari - Dunyo okeanining materiklar oralig‘idagi qismlari okean deyiladi.
- Dunyo okeani to‘rt qismga bo‘linadi:
- Tinch okean (180 mln kv km),
- Atlantika okeani (91 mln kv km),
- Hind okeani (76 mln kv km)
- Shimoliy Muz okeani (14 mln kv km).
- Olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar.
- Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar okeanlarning kichik qismlaridir.
Xulosa
Materiklar
Yevrosiyo
Shimoliy Amerika
Janubiy Amerika
Antarktida
Afrika
Avstraliya
Foydalanilgan adabiyotlar - 1. Baratov P, Sultanova N. “Umumiy yer bilimi “ ,Òquv qòllanma T; Info Capital Group ,2019
- 2. Vaxobov X, Abdulqosimov A, Alimqulov N. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi ,T; “Nodirabegim” 2021
- 3. Vlasova T.Materiklar tabiiy geografiyasi
- Internet sahifalari
- www.wikipedia.uz
- www.geoolam.uz
- www.ziyo.net
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |