Anton Chexov
182
zamonoq jahl bilan irillab, yana tortib oldi.
Turli-tuman bahaybat maxluqlar bilan to‘lgan
xiragina yoritilgan kattakon uyni ko‘rganday
bo‘ldi; uyning ikki tomoniga tortib qo‘yilgan
to‘siq va panjaralardan badbashara kallalar: ot
kallalari, shoxli, shalpangquloq kallalar ko‘rin-
di; yana burun o‘rniga dum va og‘zi yonidan
uzun ikkita tozalangan suyak chiqib turgan
semiz va bahaybat bosh ko‘rindi.
Tyotkaning oyog‘i ostida mushuk bo‘g‘iq ovoz
bilan miyovladi, lekin shu vaqt xo‘jayin po‘stini-
ni yozib: «Xo‘p-pa!» degan edi, Fedor Timofeich
bilan Tyotka sakrab yerga tushdi. Ular kulrang
taxta devorli
kichik bir uyda turishardi; bu yer-
da oynali stol, stul va burchaklarga ilib qo‘yil-
gan latta-luttalardan boshqa hech qanday jihoz
yo‘q edi; lampa yoki sham o‘rniga, trubkaga
ulab devorga qoqib qo‘yilgan, yelpig‘ichsimon,
yorug‘ narsa nur sochib turardi. Fedor Timo-
feich Tyotkaning oyog‘i ostida g‘ijim bo‘lgan
po‘stinini yaladi-da, stulning tagiga borib yotdi.
Xo‘jayin hamon hayajonlanar va qo‘llari-
ni ishqab yechina boshladi... U uyida o‘rinda
momiq ko‘rpasiga kirib
yotadigan vaqtdagidek
yechindi, ya’ni ichki kiyimlaridan boshqa ham-
ma narsani yechdi. Keyin stulga o‘tirdi-da,
oynaga qarab basharasini g‘alati bir qiyofaga
solaboshladi. Eng avval boshiga farqi ochilgan,
ikkita kokili shoxga o‘xshab dikkayib turgan
kiyma soch kiydi. Keyin yuziga allaqanday oq
narsa surdi, oppoq bo‘yoqning ustidan qosh
qo‘ydi, mo‘ylab chizdi va ikki betiga qizil surdi.
Shu bilan u kifoyalanmadi. Yuzini va bo‘ynini
Buqalamun
183
bo‘yagach allaqanaqa kiyimlarni kiya boshla-
di. Tyotka bunaqa
kiyimlarni ilgari uyda ham,
ko‘chada ham hech qachon ko‘rmagan edi.
Hunarmandlarning uyida deraza pardalari
yoki mebelga qoplash uchun ishlatiladigan
parcha gulli chitdan tikilgan haddan tashqa-
ri keng, qo‘ltig‘idan tugmalanadigan cholvorni
tasavvur qiling; cholvorning bir pochasi jigar-
rang chitdan bo‘lsa, ikkinchi pochasi ochsariq.
Xo‘jayin cholvorni kiyib bo‘lgach,
kattakon
kungira yoqali, orqasiga haldan yulduz rasmi
tushirilgan chit kamzilni ildi, oyog‘iga ikki turli
paypoq bilan zangori kovush kiydi...
Tyotkaning ko‘zi qamashib, taraddudla-
nib qoldi.
Oppoq yuzli, qo‘pol gavdali odam-
dan xo‘jayinning isi kelardi, ovozi ham tanish
– xo‘jayinning ovozi, lekin ba’zan Tyotka ik-
kilanar, ana shunday paytlarda, chipor odam-
dan qochmoqchi
va unga qarab vovullamoq-
chi bo‘lardi. Yangi joy, yelpig‘ichsimon nur va
bu islar, xo‘jayinida yuz bergan bu o‘zgarish
– mana shularning hammasi uning yuragiga
g‘ulg‘ula solardi. Nazarida burun o‘rnida dum
o‘sgan badbashara maxluqqa o‘xshagan biron
narsa bilan to‘qnash keladiganday tuyilardi.
Buning ustiga devorning narigi tomonidan yo-
qimsiz
bir musiqa sadosi kelar, vaqti-vaqti bi-
lan allaqanday guvullagan tovush eshitilardi.
Unga faqat bir narsa tasalli berardi – u ham
Fedor Timo feichning beparvoligi edi. Mushuk
stulning tagida pinagini buzmay yotar, hatto
stul surilganda ham ko‘zini ochmas edi.
Frak va oq jilet kiygan bir kishi eshikni ochib
qaradi va: