Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
MUSHTIPAR
Kistunovning kechasi bod kasali tutib, 
asablari qo‘zg‘ab, nari borib, beri kelgan bo‘lsa 
ham ertalab ishga bordi-da, arizachilar va bank 
mijozlarini o‘z vaqtida qabul qila boshladi. U 
charchagan va azob chekkan kishiday ko‘rinar, 
xuddi jon berayotgan bemorday, zo‘rg‘a nafas 
olib gapirardi.
– Xo‘sh, xizmat? – dedi u, ustiga daqqiyunus-
dan qolgan libos kiygan, orqasidan xuddi go‘ng 
qo‘ng‘izga o‘xshagan ayolga qarab.
– Mening arzimga quloq soling, janobi oliy-
lari, – deb gap boshladi arz qilib kelgan xotin, 
cha kagi chakagiga tegmay. – Erim zaxiradagi 
harbiy Shchukin besh oy betob yotib qoldi. Men 
sizga aytsam, erim shu besh oy kasal bo‘lib, 
shifolanib yotganida, hech qanday vajsiz uni 
ishdan bekor qilib qo‘yishipti. Oyligini olgani 
borsam oyligidan 24 so‘m-u 36 tiyinini bosib 
qolishibdi. «Nima vajdan endi?» deb so‘rasam, 
«eringiz o‘zaro yordam kassasidan qarz olgan 
edi,  boshqa  amaldorlar  unga  kafil  bo‘lishgan» 
deyishdi. Bu qanday bo‘ldi? Mendan ruxsat 
olmasdan turib sirayam pul olmasdi. Bunday 
bo‘lishi mumkin emas, janobi oliylari! Nega 


Anton Chexov
190
bunday qilishadi endi? Men bir bechora ayol 
bo‘lsam, faqat ijarachilarimdan tushadigan 
pul bilan kun ko‘rsam... O‘zim bir mushtipar 
ayolman, yo‘qlaydiganim yo‘q... Hamma meni 
xo‘rlaydi, hech kimdan yaxshi gap eshitmay-
man...
Arz qilib kelgan xotin kipriklarini pir-pir 
uchirdi-da, cho‘ntagidan dastro‘mol chiqarib, 
ko‘ziga tutdi. 
Kistunov uning arizasini olib, o‘qiy boshladi.
– Kechirasiz, gapingizga tushunolmay qoldim, 
– dedi Kistunov kiftini uchirib. – Siz bu yerga 
adashib kelib qolgansiz, nazarimda, xonim. Ari-
zangizning bizga sira daxli yo‘q. Eringiz xizmat 
qilgan mahkamaga borib arz qilishingiz kerak...
– Yo‘g‘-ey, baraka topkur! – dedi Shchukina. 
– Besh joyga borib arz qildim, arizamni hech 
kim qo‘liga ham olib ko‘rmadi. Kuyovim baraka 
topkur Boris Matveyevich sizni aytmasa, nima 
qilarimni ham bilmay qolgan edim. «Siz Kistu-
nov degan janobga murojaat qiling, uning qo‘li 
baland, aytganingizni qilib beradi», dedi. Yor-
damingizni ayamang, janobi oliylari!
– Shchukina xonim, bizning qo‘limizdan hech 
narsa kelmaydi... Axir, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, 
mening bilishimcha, eringiz harbiy-tibbiy idora-
da xizmat qilgan, bizning mahkamamiz esa mut-
laqo xususiy idora, tijorat idorasi, bu yer bank 
deb ataladi! Shunga ham tushunmaysizmi?
Kistunov «hayronman» deganday yana 
yelkasini qisdi-da, harbiycha kiyingan va lunji-
ni bog‘lagan kishiga o‘girildi.


Buqalamun
191
– Janobi oliylari, – dedi yana Shchukina, 
mungli bir tovush bilan, – erimning kasal yot-
ganligiga haqida ma’lumotnomam ham bor. 
Mana, o‘zingiz bir qarang.
– Juda soz, gapingizga ishonaman, – dedi 
Kistunov, ranjigan holda. – Ammo yana takror 
aytamanki, buning bizga hech daxli yo‘q. Aja-
bo, nahotki qayerga arz qilishni eringizning o‘zi 
bilmasa?
– U noshud, hech narsani bilmaydi, ja-
nobi oliylari! «Bu sening ishing emas! Ara-
lashma»dan boshqa hech narsani bilmaydi... 
Mening ishim bo‘lmasa, kimning ishi bo‘ladi? 
Axir, barisi mening ustimga chiqib olishgan! 
Mening ustimga!
Kistunov yana Shchukinaga o‘girilib, har-
biy-tibbiy mahkama bilan xususiy bank o‘rta-
sidagi tafovutni tushuntirishga kirishdi. Xotin 
uning gapini diqqat bilan tinglab, tushundim 
deganday boshini egdi-da, keyin:
– Durust, durust. Tushundim, inim, tushun-
dim, – dedi. – Unday bo‘lsa, janobi oliylari, 
odamlaringizga buyuring, juda bo‘lmasa 15 
so‘mini berishsin! Qolganini keyin olsam ham 
mayli.
– Uh, – dedi Kistunov, shiftga qarab. – Faro-
sat bormi o‘zi? Bunday arz bilan bizga muro-
jaat etish eringizdan ajralish to‘g‘risida dorixo-
naga yoki shisha zavodiga arz qilish bilan bara-
var, tushundingizmi endi? Eringizning pulidan 
bosib qolishgan ekan, bizga nima?
– Janobi oliylari, bo‘yingizdan o‘rgilay, 
o‘la-o‘lgunimcha sizni duo qilib yuray, – dedi 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish