Anton Chexov
184
– Hozir Miss Arabella chiqadi. Undan keyin
sizning navbatingiz, – dedi.
Xo‘jayin indamadi. U stol tagidan kichkina
bir jomadonni tortib oldi-da, stulga o‘tirib kuta
boshladi. Qo‘li va lablarining harakatidan ha-
yajonlanayotgani sezilib turardi. Tyotka uning
nafas olishi bejo ekanini eshitdi.
– Mister Jorj, marhamat! – deb qichqirdi al-
lakim eshik orqasidan.
Xo‘jayin o‘rnidan turdi, uch marta cho‘qindi,
keyin stul tagidan mushukni olib jomadoniga
soldi.
– Tyotka, bu yoqqa kel! – dedi u sekin.
Tyotka hech narsaga tushunmasdan uning
yoniga keldi; xo‘jayin uning boshidan o‘pdi va
Fedor Timofeichning yoniga solib qo‘ydi. Ke-
yin hamma yoq qorong‘i bo‘lib qoldi... Tyot-
ka mushukning ustida tipirchilar, jomadon-
ning devorini timdalardi, qo‘rqqanidan ovozi
chiqmas edi.
Jomadon esa xuddi to‘lqinda chayqalayot-
ganday bo‘lar va titrardi...
– Mana, men ham kelib qoldim! – deb qich-
qirdi xo‘jayin. – Mana, men ham keldim!
Tyotka bu so‘zdan keyin jomadon allaqanday
qattiq narsaga tekkanini va chayqalmay qol-
ganini payqadi. Qattiq va kuchli o‘kirish eshitil-
di: allakimni olqishlashar, ana o‘sha allakim esa
o‘kirar va shu qadar qattiq qah-qah urardiki,
jomadonning qulfi jingillab ketdi. Bu haligi bur-
ni o‘rnidan dum o‘sib chiqqan badbashara max-
luq bo‘lsa kerak. Bu o‘kirishga javoban xo‘ja yini
chiyillagan ovoz bilan kulib yubordi. U uyda
hech qachon bunday ovoz bilan kulmas edi.
Buqalamun
185
– Ha! – dedi u qichqirib, o‘kirgan tovushni
bostirib yuborish uchun. – Muhtaram xaloyiq!
Men hozir to‘ppa-to‘g‘ri vokzaldan kelyapman!
Buvim o‘lib, menga meros qoldirib ketdi! Joma-
don juda og‘ir – ichida tilla bo‘lsa kerak... Ha-
ha! Birdan ichidan million so‘m tilla chiqsa-ya!
Hozir ochib qaraymiz...
Jomadonning qulfi shiqilladi. Ravshan nur
Tyotkaning ko‘zini qamashtirdi; u jomadondan
sakrab chiqdi va guldiragan ovozlardan qulog‘i
batang bo‘lib, xo‘jayinining atrofida gir aylanib
qattiq vovulladi.
– Ha! – deb qichqirdi xo‘jayin. – Fedor Timo-
feich, tog‘a! Qimmatli ammajon, mehribon qa-
rindoshlar, sizlarni qaranglar-a!
U qumga qorni bilan yiqilib mushuk bilan
Tyotkani ushlab olib quchoqlay boshladi. Tyot-
ka xo‘jayinning quchog‘ida turib, taqdir o‘zini
surib keltirgan yangi bir olamga ko‘z yugur-
tirib chiqdi, bu olamning hashamatini ko‘rib,
avval hayrat va zavq ichida qotib qoldi, keyin
esa egasining qo‘ynidan otilib chiqib, taassu-
rotning zo‘rligidan pildiroq singari gir-gir ayla-
na boshladi. Bu yangi olam juda hashamatli va
juda yorug‘ edi; qayerga qarama, hamma yoq-
da, yerdan tortib to shiftgacha faqat odamlar-
ning yuzi, yuzi, yuzi, boshqa hech narsa yo‘q.
– Ammajon, marhamat, o‘tiring! – deb qich-
qirdi xo‘jayin.
Tyotka bu gapning ma’nosini esladi-da,
irg‘ib stulga chiqib o‘tirdi. Keyin egasiga qarab
qo‘ydi. Uning ko‘zi hamma vaqtdagidek jiddiy
va muloyim boqardi, ammo basharasi, ayniqsa
Anton Chexov
186
og‘zi va tishlari harakatsiz tabassumdan qiy-
shaygan edi. O‘zi bo‘lsa qah-qah urib, sakrar,
kaftini qoqar va minglab kishilar to‘lgan bu
yerda vaqti chog‘ ekanni ko‘rsatmoqchi bo‘lar-
di. Tyotka uning quvonchiga chippa-chin
ishondi, birdan o‘sha minglab odamlarning
o‘ziga qarab turganini butun vujudi bilan his
qildi-da, tulki tumshug‘ini osmonga ko‘tarib,
shodlik bilan ulidi.
– Ammajon, siz o‘tira turing, – dedi unga
egasi, – biz tog‘am bilan o‘yin tushamiz.
Fedor Timofeich noma’qulchilik qilishni qa-
chon buyurisharkan, deb kutib turar va bepar-
volik bilan atrofiga qarab qo‘yardi. Uning dumi
va mo‘ylabidan, bo‘shashib, qovog‘ini solib, pa-
la-partish o‘ynashidan, harakatlaridan to‘plan-
gan xaloyiqqa ham, ravshan nurga ham, egasi-
ga ham, hatto o‘ziga ham tahqir ko‘zi bilan qa-
rayotgani bilinib turardi... O‘z hissasini o‘ynab
bo‘lgach, u esnadi va o‘tirdi.
– Xo‘-o‘sh, ammajon, – dedi xo‘jayin, – av-
val biz qo‘shiq aytamiz, keyin o‘yin tushamiz.
Xo‘pmi?
U cho‘ntagidan surnaycha chiqarib chala-
boshladi. Tyotka chiyillashga chiday olmay
betoqatlik bilan stulda tipirchiladi va ulidi.
G‘ovur va guldiros ko‘tarildi. Xo‘jayin ta’zim
qildi va guldiros tingach, yana chala boshladi.
Musiqa avjiga chiqqanda yuqorida o‘tirganlar-
dan allakimning «voy» degani eshitildi.
– Dada! – deb qichqirdi bir bola. – Bu Kashtan-
ka-ku!
Buqalamun
187
– Ha, Kashtankaning o‘zginasi! – deb tas-
diqladi mastning g‘uldiragan ovozi. – Kashtan-
ka! Fedyushka, Xudo ursin agar Kashtanka-
ning o‘zginasi. Ma, ma!
Allakim galereyadan turib hushtak chaldi,
bir yosh bola va bir katta kishi baravariga:
– Kashtanka! Kashtanka! – deb chaqirdi.
Tyotka cho‘chib tushdi va o‘sha ovoz ke-
layotgan tomonga qaradi. Soqol bosgan va ilja-
yib turgan mast basharaga, do‘mboqqina, qizil
yuzini qo‘rquv bosgan bolaga ko‘zi tushib boya
yorug‘ shu’laga duch kelgandagi kabi ko‘zi qa-
mashdi... U birdan o‘tmishini esladi, stuldan
sakrab tushib, qumda pitirlab qolgach, quvon-
chidan vangillaganicha o‘shalar tomonga otildi.
G‘ovur va gulduros ko‘tarildi. Ora-sira hushtak
tovushi va bolaning:
– Kashtanka! Kashtanka! – deb qichqirishi
eshitilib turardi.
Tyotka g‘ovdan sakrab o‘tdi, keyin allakim-
ning yelkasidan oshib o‘tdi-da, lojaga chiqib
qoldi: keyingi yarusga o‘tish uchun baland
devordan oshish kerak edi; Tyotka bir sakradi,
oshib o‘tolmay devordan sirg‘anib tushdi. Ke-
yin u qo‘ldan-qo‘lga o‘tdi, allakimlarning qo‘li
va yuzini yalab, tobora yuqoriga ko‘tarilardi.
Nihoyat, manzilga yetdi...
Oradan yarim soat o‘tgach, Kashtanka yelim
va bo‘yoq hidi keladigan kishilar ketidan ko‘cha-
da borardi. Luka Aleksandrovich chayqalar va
tajribada ko‘rib-bilib qolgani uchun ariqlardan
nariroqda yurishga harakat qilardi.
Anton Chexov
188
– Gunohga botgan bandangman... Kashtan-
ka, sen bilan odam orasida, duradgor bilan
romsoz orasida qancha farq bo‘lsa shuncha
farq bor, – deb g‘uldirardi u.
Uning yonida otasining shapkasini kiyib ol-
gan Fedyushka, Kashtanka ularning orqasidan
qarar, nazarida ularning ketidan ko‘pdan beri
ketayotgandek, ulardan hech qachon ajralma-
gandek quvonch bilan borardi.
U devorga yopishtirilgan qog‘ozlari kir bo‘lib
ketgan uyni, g‘ozni, Fedor Timofeichni, maza-
li ovqatlarni, ta’limni, sirkni eslar, lekin endi
bularning hammasi uzundan-uzoq, chalkash
tashvishli tushdek tuyilardi...
Do'stlaringiz bilan baham: |