Buqalamun
175
otmasdan u uyga kirib bo‘lmaydi – bu yerning
tartibi shunday. Tyotka tezroq uyquga ketish
niyatida ko‘zini yumdi, chunki qanchalik tez
uxlasa shunchalik tez tong otishini u tajriba-
da bilardi. Lekin shu vaqt undan sal nariroq-
da g‘alati bir tovush eshitildi. Tyotka seskanib
ketdi va irg‘ib o‘rnidan turdi. Bu Ivan Ivanich-
ning tovushi edi. Lekin bu tovush odatdagidek
ezma va ishonarli bo‘lmay, eshikning g‘ijillashi-
ga o‘xshash g‘ayritabiiy, juda vahshiyona chin-
qiriq edi.
Tyotka qorong‘ida hech narsani ko‘rmadi
ham, tushunmadi ham. Shuning uchun ham
boyagidan battar qo‘rqib ketdi-da, g‘o‘ldirab:
– Rrrrr... – deb qo‘ydi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi, yaxshi bir suyakni
tozalashga lozim bo‘lgancha vaqt o‘tdi; qichqiriq
takrorlanmadi. Tyotka asta-sekin tinchlandi
va mudrab ketdi. Tushida soni va yonboshi-
da bulturgidan qolgan yunglari osilib turgan
ikkita katta qora itni ko‘rdi; ular oppoq bug‘i
osmonga ko‘tarilayotgan va juda mazali is ke-
layotgan katta tog‘oradagi yuvindini ochko‘zlik
bilan yeyishardi; ular ba’zi-ba’zida Tyotkaga
qarar va tishlarini irjaytirib: «Senga bermay-
miz!» deb g‘uldirashardi. Lekin uydan po‘stin
kiygan kishi chiqdi-da, ularni qamchi bilan
urib haydab yubordi; shundan keyin Tyotka
tog‘ora yoniga bordi-da, yeya boshladi, boya-
gi kishi darvozadan chiqib ketishi bilan haligi
qora itlar o‘kirishib unga tashlandi. Shu vaqt
yana qig‘illagan tovush eshitildi.
Anton Chexov
176
– Q-g‘o‘! Q-g‘e-g‘e! – deb qichqirdi Ivan Iva-
nich. Tyotka uyg‘ondi, irg‘ib o‘rnidan turdi-da,
ko‘rpachasidan tushmasdanoq ulib vovulla-
di. Uning nazarida Ivan Ivanich emas, boshqa
birov qichqirayotganday tuyildi. Og‘ilxonadagi
cho‘chqa ham negadir yana xurillab qo‘ydi.
Birdan poyabzalning shipillashi eshitildi va
chopon kiygan, sham ko‘targan xo‘jayin kirib
keldi. Lip-lip etgan nur devorga yopishtirilgan
kir qog‘ozlarni va shiftni yoritib, qorong‘ilikni qu-
vib chiqardi. Tyotka qarasa, uyda begona kimsa
ko‘rinmadi. Ivan Ivanich yerda, uxlamay o‘tirar-
di. Uning qanotlari yoyilgan, tumshug‘i ochil-
gan, juda charchab, suvsab qolganga o‘xshardi.
Qari Fedor Timofeich ham uxlamasdi. Boyagi
tovush uni ham uyg‘otib yuborgan bo‘lsa kerak.
– Ivan Ivanich, senga nima bo‘ldi? – deb
so‘radi xo‘jayin g‘ozdan. – Nega baqirasan? To-
bing yo‘qmi?
G‘oz javob bermadi.
Xo‘jayin uning bo‘ynini ushlab qo‘ydi, orqa-
sini siladi-da:
– Voy, tentakvoy-ey. O‘zing ham uxlamaysan,
boshqalarni ham uxlatmaysan, – deb qo‘ydi.
Xo‘jayin shamni olib chiqib ketgach, uy yana
qorong‘i bo‘lib qoldi. Tyotkani vahima bosdi.
G‘oz qichqirmas, lekin itning nazarida qorong‘i-
likda allakim turganday bo‘lardi. Hammasi-
dan dahshatlisi shu ediki, o‘sha begona ning
o‘zi ko‘rinmagani, shakli bo‘lmagani uchun
qopib ham bo‘lmas edi. Negadir Kashtankaning
nazarida shu kechasi biron yomon hodisa yuz
beradigandek ko‘rinardi. Fedor Timofeich ham
Buqalamun
177
notinch edi. Tyotka uning o‘z ko‘rpachasida
ivirsilayotganini, esnab boshini silkitayotgani-
ni eshitardi.
Ko‘chaning allaqayerida darvoza taqilladi.
Og‘ilxonadagi cho‘chqa xurilladi. Tyotka g‘ing-
shidi, oldingi oyoqlarini cho‘zib ustiga boshini
qo‘ydi. Eshikning taqillashi, negadir uxlamagan
cho‘chqaning xurillashi, qorong‘ida va sukunat
ichida Tyotkaga Ivan Ivanichning qichqirig‘i
singari, juda ham g‘amgin va dahshatli ovoz
eshitildi. Hamma yoq vahima va tashvish ichi-
da edi. Nima bo‘layotgan ekan-a? Ana shu
ko‘rinmagan kim ekan-a? Mana, Tyotkaning
yonida ikkita ko‘k uchqun bir on yiltillab ket-
di. Bu Fedor Timofeich bo‘lib, tanishganlaridan
beri uning yoniga birinchi marta kelishi edi.
Unga nima kerak? Tyotka panjasini yaladi-da,
uning nega kelganini ham so‘ramay, har xil
ovoz chiqarib g‘ingshib qo‘ydi.
– Q-g‘e! – deb qichqirdi Ivan Ivanich. – Q-g‘e-g‘e!
Yana eshik ochildi-da, sham ko‘targan xo‘ja-
yin kirdi.
G‘oz boyagidek tumshug‘ini ochib qanotini
yozib o‘tirardi. Uning ko‘zlari yumuq edi.
– Ivan Ivanich! – deb chaqirdi xo‘jayin.
G‘oz qimir etmadi. Xo‘jayin uning yoniga,
yerga o‘tirib birpas indamay qarab turdi-da:
– Ivan Ivanich, – deb chaqirdi. – Senga nima
bo‘ldi? O‘zi nima gap, o‘layapsanmi? Ha, endi
esimga tushdi! – deb qichqirib yubordi u bir-
dan boshini changallab. – Nega bunaqa bo‘la-
yotganingga tushundim! Bugun seni ot bosib
olgan edi! E, Xudoyim, e, Xudoyim!
Do'stlaringiz bilan baham: |