Anton Chexov
204
– Qarzini uzsin deydi. Tortib bersin deb jav-
dari eltgan edim, qaytarib bergani yo‘q deydi.
– Birovning ishiga aralashmang, ona, sizning
ishingiz emas bu, – deb po‘ng‘irladi tegirmon-
chi. – Namozingizdan qolmang.
– Namozni ham o‘qib
turaman-u, bilmadim,
Xudo dargohiga qabul qilmayapti. Vasiliy qash-
shoq, o‘zim ham gadoychilik qilaman, ustim-
dagi mursak ham birovniki, sen bo‘lsang ba-
davlatsan, bilmadim, yuraging qanaqa ekan!
Qizg‘anchiqlik seni odamgarchilikdan chiqar-
di, bolam! O‘zing tuppa-tuzuk odamsan: aq-
li-hushing joyida, kelishgan
yigitsan, ammo
haqiqiy odamga o‘xshamaysan! Keling, oyi,
demaysan, chiroyingni ochib gapirmaysan,
xuddi yovvoyiday, baxil, berahmsan... Afting-
ga qaragan kishi qo‘rqadi... Odamlar orasida
duv-duv gap... Ana, rohiblardan ham so‘rab
ko‘r! Odamlarning qonini so‘rarmishsan, jabr
qilarmishsan, qaroqchi-xizmatkoring bilan
birga kechalari yo‘lovchilarni talarmishsan, ot
o‘g‘irlarmishsan... Tegirmoning xuddi balo-qa-
zoning makoni... Qizlar bilan yigitlar qo‘rqib,
yaqin yo‘lashmaydi, sendan hamma o‘zini chet-
ga tortib yuradi. Kain bilan Iroddan farqing qol-
mapti...
– Nodonsiz ona!
– Sen qadam bosgan yerda o‘t ko‘karmas, na-
fas olgan joyingdan pashsha uchmas odamsan.
«Qani endi, tezroq uni birov bo‘g‘ib o‘ldirsa, yoki
sud qilib kesdirib yuborsa!»
deb hamma orzu
qiladi. Ona bo‘lib shunday gaplarga men qan-
Buqalamun
205
day chiday? Sen mening o‘z o‘g‘limsan, mening
qonimsan...
– Men ketay endi, – dedi tegirmonchi, o‘rni-
dan turib. – Xayr, ona, yaxshi boring!
Tegirmonchi bostirmadan arava g‘ildiratib
chiqdi, keyin ot yetaklab chiqdi-da,
xuddi itni
qo‘shganday aravaga qo‘shdi. Kampir uning
atrofida yurib, namli ko‘zlari bilan o‘g‘lining
yuziga termilib qarar edi.
O‘g‘li, ustiga kaftanini jadal kiyayotganda:
– Xayr, bolam! Yaxshi qol, bizlarni yo‘qlab
tur, – dedi kampir, ovozini pastlatib. – Shosh-
ma, senga atab sovg‘a olib keluvdim. – Kampir
tugunchani yechdi.
– Kecha ma’rakaga borib edim, – dastur-
xonga qo‘yishgan ekan... Bittasini senga deb
berkitib qo‘ygan edim...
Kampir o‘g‘liga uzatgan
narsa bitta kichkina
shirin kulcha edi...
– Nari tursangiz-chi! – deb o‘shqirdi tegir-
monchi, kampirning qo‘lini siltab tashlab.
Kampir xijolat bo‘lib, qo‘lidagi kulchasini yer-
ga tushirib yubordi va sekin-sekin yurib to‘g‘on
tomonga ketdi. Bu voqea hammaga qattiq ta’sir
qildi. Nihoyatda hayratda qolib, g‘azablangan
rohiblar u yoqda tursin, hatto g‘irt mast Yevsey
ham bu voqeani ko‘rib, toshday qotib qolgan va
xo‘jayinidan ko‘zini uzmay o‘tirardi. Rohiblar-
ning va o‘z xizmatkorining vajohatlarini payqa-
dimi, yo ko‘kragida allaqachonlar so‘ngan o‘g‘il-
lik hissi uyg‘ondimi,
har holda tegirmonchining
yuzida ham qo‘rquvga o‘xshash bir narsa aks
etdi...
Anton Chexov
206
– Ona! – deb chaqirdi u.
Kampir bir seskanib, qayrilib qaradi. Tegirmon-
chi shoshib-pishib cho‘ntagidan katak charm
hamyonini chiqardi... Hamyonidan bir siqim
qog‘oz va tanga pul olib, kampirga uzatdi va:
– Mana, bu sizga, oling, – dedi.
U, qo‘lidagi pullarni g‘ijimlab ko‘rdi, nima
uchundir rohiblarga bir qarab qo‘ydi, ke-
yin yana g‘ijimladi. Qog‘oz pullar va kumush
tangalar barmoq
oralaridan birin-ketin yana
hamyonga tushib ketdi, qo‘lida faqat bir tanga
qoldi... Tegirmonchi chaqaga bir qaradi, bar-
moqlari bilan artdi-da, yuzi qip-qizargani hol-
da, onasiga uzatdi.