Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
210
– Menga qara, traktir erta bilan soat nechada 
ochiladi? – deb so‘radi, boyagi kishi polovoydan.
– Kun chiqishi bilan.
– Juda soz. Erta bilan soat beshda biz choy 
ichgani kelamiz. Ovqat tayyorlab qo‘y, lekin 
pashshasi bo‘lmasin. Ertaga erta bilan qanday 
voqea ro‘y berishidan xabaring bormi? – deb 
so‘radi u, ko‘zini qisib.
– Yo‘g‘-a.
– Unday bo‘lsa, ertaga erta bilan hayron 
qolarkansanlar!
Bu gapi bilan odamlarni qo‘rqitib, o‘zining 
ajnabiysiga kulib bir nima dedi-da, ikkovi trak-
tirdan chiqdi. Ular Marfa Yegorovna degan es-
li-hushli bir bevanikida qo‘nishgan edi, ammo 
u ayolning sira gunohi yo‘q; ular bilan til birik-
tirmagan ham. Endi u qamalarkanman deb, 
xum  bo‘lib  yig‘lab  yuripti.  Uning  to‘g‘ri  fikrli 
ayol ekanligiga, uning gunohsizligiga biz gu-
voh. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, uyiga ijarachilarni 
qo‘yganda, ularning kimligini va ularning fikri-
ni qaydan bilardi, deysiz?
Ertasi kuni ertalab naq soat beshda boyagi 
kishilar traktirda hozir edilar. Bu safar ularning 
qo‘llarida portfel, kitoblar, g‘alati-g‘alati qutilar 
bor edi. Ularning gaplaridan, yurish-turishlari-
dan qandaydir hayajonlanish va shoshqaloq-
lik sezilardi. Unisi, ya’ni ajnabiydan boshqasi, 
bunday dedi:
– Shimol-sharq tomondan bulut bosib kel-
moqda. Ishimizni buzmasaydi.
Bir stakan choy ichib, traktir egasini o‘z oldi-
ga chaqirtirdi-da, traktir oldidagi sahnga bir 


Buqalamun
211
stol bilan ikki kursi chiqarib qo‘yishni buyurdi. 
Traktirning egasi nodon odam, ammo bironta 
noto‘g‘ri ish bo‘lishidan gumondor bo‘lsa-da, bu 
buyruqni bajardi. Boyagi kishilar, keltirgan nar-
salarini ko‘tarib, traktirdan chiqib, stol yonidagi 
kursiga o‘tirishdi. Butun xaloyiqning ko‘z oldida, 
ochiq maydonda bemalol joylashib olish di. Ten-
taklikni qarang! Ikkovi bir-biri bilan gaplashib, 
stol ustiga qog‘ozlarini, chizmalarini, qop-qora 
oynalar va qandaydir trubkalarni yo yib qo‘yish-
di. Traktir egasi botinar-botinmas stol yoniga 
borib engashib qaragan edi, boyagi kishi, ya’ni 
gavhartosh taqqani, uni qo‘li bilan itarib:
 – Nari tur, o‘zing bilmagan ishga burningni 
suqma, – dedi.
Keyin soatiga qaradi, ajnabiyga bir nima-
lar dedi-da, qop-qora oynakdan kunga qaradi. 
Ajnabiy ham qo‘liga bir trubkani olib, u ham 
osmonga qaradi... Ana shundan keyin shu ma-
halgacha olamda bo‘lmagan dahshatli baxt-
sizlik boshlanib ketdi. Birdan osmon va yer-
ni qorong‘ilik bosayotganini fahmlab qoldik, 
go‘yo birdan momaqaldiroq bo‘ladiganday edi. 
Ajnabiy qo‘lidagi trubkani stolga endi qo‘yib, 
qog‘ozga shosha-pisha bir narsa yozib, qo‘liga 
qora oyna olgan edi, bir kishi:
– Xaloyiq, kun kuya boshladi! – deb baqirib 
qoldi. 
Darhaqiqat, yog‘log‘iga o‘xshagan qop-qo-
ra bir narsa oftobning ustiga bosib kelib, uni 
berkita boshladi. Kunning yarmi ko‘rinmay qol-
ganini va boyagi noma’lum kishilarning g‘ala-
ti harakatlarini davom ettirishlarini ko‘rgan 


Anton Chexov
212
kishilar, Vlasov degan nozirga murojaat qil-
ishib:
– Nozir, nega bunday tartibsizliklarga yo‘l 
qo‘yasan? – deyishgan edi, u:
– Quyosh mening dahamga qaramaydi, – deb 
javob berdi.
Shahar ma’murlarining mana shunday 
beg‘amliklari orqasida ko‘p o‘tmay quyosh bu-
tunlay yo‘qoldi. Birdan tun kirdi, kunduzning 
qayoqqa yo‘qolgani hech kimga ma’lum bo‘lmay 
qoldi. Osmonda yulduzlar ko‘rindi. Tunning 
bevaqt boshlanishidan shahrimizda quyidagi 
hodisalar yuz berdi. Hammamiz juda qo‘rqib, 
dovdirab qoldik. Nima qilishimizni bilmay, may-
donning u boshidan-bu boshiga yuguri 
shib, 
bir-birimizni turtib, «Nozir! Hoy nozir!» deb qich-
qiraverdik. Otlar, sigirlar va ho‘kizlar (shu kun-
larda shaharda qoramol yarmarkasi ochilgan 
edi) dumlarini xoda qilib, ma’raganlaricha sha-
harda yugurib yurib, aholini qo‘rqitar edi. Itlar 
uvilladi. Musofirxonaning xonalaridagi barcha 
qandalalar endi tun kirdi, jon kirdi deb sevinib, 
uya-uyalaridan chiqib, uxlab yotganlarni zo‘r 
berib chaqdi. Shu paytda o‘z polizidan bodring 
ortib kelayotgan dehqon Fantasmagorskiyning 
yuragi chiqib ketganidan, aravadan o‘zini tash-
lab, ko‘prik tagiga berkinib oldi, oti esa aravani 
birovning qo‘rasiga sudrab kirgan edi, aravada-
gi hamma bodringlarni cho‘chqalar yeb qo‘ydi. 
Lstetsov degan bir amaldor shu kecha uyida 
emas, qo‘shni hovlidagi bir xotinnikida yotgan 
edi (haqiqat ozor topmasligi uchun bu tafsilotni 
berkitib ketaolmaymiz), ko‘chaga ko‘ylakchan 


Buqalamun
213
yugurib chiqib, xaloyiq orasiga kirib, dahshatli 
tovush bilan:
– Qochganing qochib qol! – deb qichqirdi.
Shovqin-surondan uyg‘ongan ko‘p xonimlar 
hatto boshmoqlarini kiymay ko‘chaga oyoq-
yalang qochib chiqishdi. Yana ko‘p voqealar 
ro‘y berdiki, ularni faqat yashirincha aytish 
mumkin. Faqat o‘t o‘chiruvchilar qo‘rqmasdan 
bemalol yotishdi, chunki ular qotib uxlar edi-
lar, biz bunga guvohmiz. Bu voqealarning ham-
masi 7 avgust kuni erta bilan bo‘lib o‘tdi.
Noma’lum kishilar esa qiladiganini qilib, 
qog‘oz-daftarlarini yig‘ishtirib, yana kun chiqi-
shi bilan izvoshga o‘tirib, noma’lum tomonga 
qarab jo‘nab ketishdi. Ularning kimligini biz hali 
ham bilmaymiz. Ularning alomatlarini bildi-
ramiz: ana unisi, ya’ni ko‘kragiga gavhartosh 
taqqani – o‘rta bo‘yli, toza yuzli, engagi o‘rtacha, 
peshonasi tirishgan, ajnabiysi – o‘rta bo‘yli, 
gav dasi to‘ladan kelgan, soqol-mo‘ylovi qirilgan, 
yuzi top-toza, engagi o‘rtacha; uzoq dan qaralsa, 
zamindor Karasevichga o‘xshaydi; ko‘zlari ojiz 
bo‘lsa kerak, ko‘zoynak taqib yuradi.
Avstriyadan kelgan josuslar emasmikin?



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish