Abdulla Qahhor
tarjimasi
SARLAVHASIZ
V asrda ham hozirgidek har kuni ertalab
quyosh chiqar va kechqurun uxlagani yotar edi.
Ertalab quyoshning dastlabki nurlari shudring
bilan o‘pishganda yer jonlanar, havo quvonch,
shodlik va umid tovushlariga to‘lar, kechqurun
esa shu yer tek qolar va shafqatsiz qorong‘ilik-
ka cho‘mardi.
Kun kunga, tun tunga o‘xshaydi. Har zamon
ko‘kda qora bulutlar paydo bo‘lib, jahl bilan
momaqaldiroq qaldirardi, yoki yulduz uchar-
di, yo bo‘lmasa, rangi o‘chgan rohib zohidlar-
ning oldiga yugurib kelib, monastirga yaqin
bir yerda yo‘lbars ko‘rganini aytardi, vassalom,
so‘ngra yana kun kunga, tun tunga o‘xshardi.
Rohiblar ishlar va ibodat qilar, ularning
boshliqlari bo‘lgan chol organ chalar, lotincha
she’rlar hamda notalar yozardi. Bu ajoyib chol
favqulodda qobiliyat egasi edi. U organni shun-
day ustalik bilan chalar ediki, hatto umrining
oxirida musiqiy zavqi bir tarziroq bo‘lib qolgan
eng qari rohiblar ham, uning hujrasidan organ
tovushi kelganda o‘zlarini yig‘idan to‘xtatol-
masdilar. U hatto eng oddiy narsalar to‘g‘risi-
da, masalan, daraxt, yirtqich hayvonlar yoki
Anton Chexov
224
dengiz haqida so‘zlaganda ham kishi yo kular
yo ko‘ziga yosh olar, xuddi uning qal bida organ
torlariday torlar sado berayotganday tuyilardi.
Uning achchig‘i kelsa yoki juda quvonib ketsa,
yo bo‘lmasa biron dahshatli, zo‘r narsa to‘g‘risi-
da gapirsa, ehtirosli ilhomga tolar, chaqnab
turgan ko‘zlari yoshlanar, yuzi qizarar, to-
vushi momaqaldiroqday guldirar edi. Rohiblar,
uning so‘ziga quloq berar ekanlar, uning ilhomi
o‘z qalblarini band qilayotganini sezar edilar.
Mana shunday soz va ajoyib damlarda uning
hukmronligi cheksiz bo‘lar, agar u zohidlariga
daryoga o‘zlarini tashlashni buyursa hammasi
shodlik bilan bu amrni ijro etgani shoshilardi.
Uning musiqasi, tovushi, Xudo, yer va os-
monni madh etgan she’rlari rohiblarga doi-
miy xursandlik manbayi edi. Umrguzaronlik
bir xilda bo‘lavergandan keyin ba’zan daraxt,
gullar, bahor, kuz ularning me’dasiga tegar,
dengizning shovillashi toliqtirar, qushlar ning
sayrashi yoq
mas, ammo cholning iste’dodi
ularga nondek har kuni kerak edi.
O‘n yillar o‘tdi, hamon kun kunga, tun tun-
ga o‘xshardi. Monastir atrofida yovvoyi qush va
yirtqich hayvonlardan bo‘lak jon egasi ko‘rin-
mas edi. Odam turadigan eng yaqin yer mo-
nastirga yuz chaqirim kelar va yuz chaqirim
yo‘l nuqul cho‘ldan borardi. Bu cho‘ldan o‘tish-
ga hayotga tahqir ko‘zi bilan qarovchi, hayot-
ni tark etib, monastirga kirishni qabrga kirish,
deb biluvchi kishilargina jur’at qila olardi.
Shuning uchun bir kuni kechasi birov mo-
nastirning eshigini taqillatganda rohiblar juda
Buqalamun
225
hayron qolishdi. Eshikni taqillatgan kishi sha-
harlik bir odam bo‘lib, hayotni sevuvchi odd-
iy bir osiy ummat ekan. Bu odam rohiblar
boshlig‘i duosini olish va ibodat qilish o‘rniga
avval vino bilan ovqat talab qildi. Nima bo‘lib
cho‘lga chiqib qolganligini so‘ralganda u, uzun-
dan-uzoq so‘zlab, ovga chiqqani, ko‘proq ichib
qo‘yib adashganini aytdi. Monastirga kirib, qi-
yomatning g‘amini yegin, degan taklifga, kulib:
«Men sizlarga o‘rtoq emasman» deb javob berdi.
Yeb, ichib to‘yganidan so‘ng, xizmatini qilib
turgan rohiblarga bir-bir qaradi-da, bosh chay-
qab ta’na bilan dedi:
– Bekor o‘tirasizlar, rohiblar. Yeyish-ichish-
dan boshqani bilmaysizlar. Qiyomatning g‘ami-
ni shu xilda yeydimi kishi? O‘ylab ko‘ringlar:
sizlar bu yerda tinchgina yeb-ichib saodat
xayolida o‘tirgan choqlarda, yaqin kishila-
ring halok bo‘lib, jonlari do‘zaxga ketmoqda!
Bir qaranglar-chi, shaharda nimalar bo‘lmoq-
da! Biri ochdan o‘lmoqda, boshqasi o‘z oltini-
ni qayerga qo‘yishini bilmasdan buzuqlikka
g‘arq bo‘lmoqda va asalga botgan pashshaday
halok bo‘lmoq da. Kishilarning qalbida na imon
bor, na haqiqat. Bularni qutqarish kimning
ishi, axir? Va’z-nasihatni kim qiladi? Ertadan
kech gacha mast bo‘lib yuradigan odam – men
qilaymi? Nahot Xudo, ezg‘u ruh, sevuvchi qalb
va imonni sizlarga to‘rt devor orasida o‘tirish
uchun bergan bo‘lsa?
Shaharlikning mastlik bilan aytgan so‘zlari
qattiq va odob doirasidan tashqari edi, ammo
Do'stlaringiz bilan baham: |