I.Razzoqov
tarjimasi
G‘ILOF BANDASI
Kech qolgan ovchilar tunash uchun qish-
loqning bir chetidagi oqsoqol Prokofiyning sa-
royiga tushdilar. Ular ikki kishi bo‘lib, bittasi
veterinariya vrachi Ivan Ivanovich, ikkinchisi
esa gimnaziya muallimi Burkin edi. Ivan Iva-
novichning qo‘shaloq va qiziqqina bir familiyasi
bo‘lib, o‘ziga yarashmagan bu familiya Chim-
sha-Gimalayskiy edi. Shuning uchun ham uni
butun gubernada oti va otasining nomi bilan
atashardi. U shaharga yaqin bir joyda ot zavo-
dida yashar va toza havoda nafas olmoq uchun
ovga chiqqan edi. Gimnaziya muallimi Burkin
bo‘lsa, har yoz graf P.larnikida mehmon bo‘lar
va ko‘pdan beri bu yerning o‘z kishisi bo‘lib ket-
gan edi.
Ular kechasi uxlamay chiqdilar. Novcha, oriq
va uzun mo‘ylovli chol – Ivan Ivanovich tashqa-
rida, eshik oldida, oy yorug‘ida o‘tirib trubka
chekar, Burkin bo‘lsa, ichkarida pichan ustida
yotar va qorong‘ida ko‘rinmas edi.
Turli voqealarni gapirdilar. So‘z orasida oqso-
qolning xotini Mavraning baquvvat va eslikki-
na xotin ekani, butun umrida o‘z qishlog‘idan
tashqariga chiqmagani, hech qachon shahar
Anton Chexov
234
ham, temir yo‘lni ham ko‘rmagani, so‘nggi o‘n
yil ichida pechka oldidan siljimasdan kechalari-
gina ko‘chaga chiqishini ham so‘zladilar.
– Buning hayron qoladigan nimasi bor?! –
dedi Burkin. – Bu dunyoda tabiatlari bir xil
bo‘lgan va qisqichbaqa yoki shilliq qurt kabi
berkinib, o‘z po‘stlari ichiga kirib yotishni sev-
gan kishilar oz emas. Balki bu bir atavizm
1
ho-
disasidir, ya’ni odam bolalarining katta bobo-
lari hali ijtimoiy hayvon bo‘lmagan va yakka
o‘zi o‘z inida yashagan zamonlarga qaytishdir;
balki odam bolasining xarakteridagi turli-tu-
manlikning bir ko‘rinishi shudir – kim biladi
deysiz? Men tabiatshunos emasman va bu xil
masalalarga aralashish mening ishim emas,
men faqat shuni aytmoqchimanki, Mavra sin-
gari kishilarning uchrashi siyrak hodisa emas.
Uzoqdan izlamaylik, mana, ikki oycha ilgari
shaharimizda, grek tili muallimi Belikov degan
bir o‘rtog‘im o‘ldi. Siz uning to‘g‘risida eshitgan
chiqarsiz, albatta. U, odam shu bilan tanilgan
ediki, doim, hatto obi havo juda yaxshi paytda
ham, kalish kiyib, soyabon tutib va, albatta, is-
siq paxtali palto kiyib yurardi. Uning soyaboni
ham g‘ilofda, soati ham kulrang charm g‘ilofda,
qalam ochish uchun yonidan qalamtaroshini
olganda, qalamtaroshning ham qinda ekani-
ni ko‘rardingiz; yuzi ham g‘ilofga tushganday
ko‘rinardi; chunki u, hamma vaqt yoqasini
baland ko‘tarib yuzini yoqasi bilan berkitardi.
U qora ko‘zoynak taqar va fufayka kiyar, qu-
log‘iga paxta tiqib yurar va izvoshga tushgani-
1
Atavizm – uzoq nasliga qaytib o‘xshash xususiyati.
Buqalamun
235
da soyabonni ko‘tarib qo‘yishni buyurardi.
Xullas, bu kishida o‘zini bir g‘ilof ichiga olish,
o‘zining yolg‘izligini ta’minlaydigan va tashqi
ta’sirlardan qo‘riydigan bir g‘ilof yaratish yo‘li-
da doimiy va bo‘shashmas bir harakat borligi
sezilib turardi. Voqelik uning g‘ashini keltirar,
qo‘rqitar va doim tashvishga solardi; u o‘zining
shu yuraksizligini, hozirgi holga bo‘lgan nafra-
tini oqlash uchun bo‘lsa kerak, hamisha o‘tgan
zamonni va hech bir sodir bo‘lmagan narsalar-
ni maqtardi. Uning o‘qitadigan qadimgi tillari
ham, to‘g‘risini aytganda, unga hozirgi hayot-
dan berkinish uchun kalish va soyabon vazi-
fasini o‘tardi. U totli bir ifoda bilan:
– O, grek tili naqadar ohangdor va chiroy-
li! – der va go‘yo o‘z so‘zlarining rostligini is-
bot etmoq uchun, ko‘zlarini tuzib, barmoqlarini
ko‘tarib turib: – Antropos!
1
– deb qo‘yardi.
Belikov fikrlarini ham g‘ilof ichiga yashirish-
ga tirishardi. U, biron narsani man qilib yozil-
gan farmoyishlar va gazeta maqolalarinigina
ochiq anglardi. Farmoyishda maktab bolalari-
ga kechasi soat to‘qqizdan so‘ng ko‘chaga chi-
qish man etilgan bo‘lsa, yoki birorta maqola-
da jismoniy sevgi taqiqlangan bo‘lsa, bu narsa
unga oppa-ochiq va ravshan anglashilib turar-
di; man qilinganmi – bo‘ldi. Ijozatda esa uning
uchun doim shubhali, chala aytilgan va chuch-
mal bir narsa yashirinib yotardi. Shaharda te-
atr to‘garagi yoki qiroatxona, yo bo‘lmasa bufet
ochishga ruxsat berilsa, u boshini tebratib tu-
rib astagina:
1
Antropos – odam (grek.).
Do'stlaringiz bilan baham: |